Экономика и социум


Key words: method, folk songs, culture, music, song, feeling, ability, structure,  teacher, national culture



Yüklə 309,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix05.05.2023
ölçüsü309,36 Kb.
#108206
1   2   3   4   5
Kazimov

Key words: method, folk songs, culture, music, song, feeling, ability, structure, 
teacher, national culture. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-
yanvardagi Oliy Majlisga tarixiy Murojaatnomasida pedagogika sohasini 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha ustuvor vazifalar 


________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №4(107) 2023 www.iupr.ru
belgilab berilganidan kelib chiqadi. Ta’lim, kasb-hunar va pedagogik kadrlar 
tayyorlash, o‘qitish va tarbiyalashning zamonaviy uslublari, maktabda kasbga 
yo‘naltirish ishlari, o‘quvchilarning qobiliyatini aniqlash, ta’lim yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy va 
innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish-o‘zaro bog‘liqlikdir. Fan, ta’lim va 
ishlab chiqarish, maktablar bilan aloqa, kadrlar tayyorlashning istiqbolli rejalari va 
boshqa birdek muhim vazifalardan biridir. 
Yosh avlodning musiqiy iste’dodi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida 
mamlakatimizning har bir shahar va tumanida musiqa va san’at maktablarining 
faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilgan.Bunday imkoniyatlarning yaratilishi, 
birinchidan, bolalarda kuy-qo‘shiqqa, san’atga muhabbat uyg‘otib, ularda 
cholg‘uchilik, ijrochilik kabi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi. 
Ikkinchidan, musiqa san’ati asosida o‘quvchi shaxsining ma’naviy, axloqiy 
madaniyatini, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshiradi. Ijodiy 
mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stiradi, fikrlash darajasini kengaytiradi. 
Uchinchidan, musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida 
kamol topishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 
mustaqillikning birinchi yillaridanoq mamlakatimizda musiqa san’atini keng 
rivojlantirishga alohida ahamiyat berildi. Ayniqsa, mumtoz musiqiy merosimizni 
asrab-avaylash va o‘rganish, uni yosh avlodlarga bezavol yetkazish davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarildi. Buning natijasida nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari, «Sharq 
taronalari» muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Shuni aloxida e’tirof etish 
lozimki, yoshlar ta’lim-tarbiyasi sifati va samaradorligi ustida qanchalik harakat 
qilmaylik, hali hanuz ijtimoiy hayotimizda g‘arb musiqasiga xos bo‘lgan «Rep», 
«Gok» kabi jazavaga tushish ruhiyatini qo‘zg‘atadigan kuy va qo‘shiqlar kirib 
kelmoqda. Bunday qo‘shiqlar yana «ommaviy madaniyat» g‘oyasi ostida qabul 
qilinmoqda. Bugungi kunda ana shunday yengil-yelpi, ma’nosiz va to‘mtoq 
qo‘shiqlar bilan bizning milliy mentalitetimizga xos bo‘lmagan odatlarni 
yoshlarimiz tabiatiga singdirish uchun harakatlar qilinmoqda. Biz buni noodatiy va 
«ommaviy madaniyat» unsurlaridan ularni asrab qolishimiz zarur. 



Yüklə 309,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin