________________________________________________________________ "Экономика и социум" №4(107) 2023 www.iupr.ru O‘zbek xalqi tarixida shakllangan va rivojlangan Buxoro musiqa folklori
istiqlol yillarida sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Milliy musiqa san’ati
yutuqlarini o‘rganish bo‘yicha katta imkoniyatlar ochildi. Bu soha rivojiga
ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor natijasida yosh iste’dodlarning o‘zini namoyon etish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Yosh avlodning musiqiy iste’dodi va
madaniyatini yuksaltirish maqsadida mamlakatimizning har bir shahar va
tumanlarida umumta’lim maktablaridagi musiqa to’garaklari, bundan tashqari
musiqa va san’at maktablarining faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilgan. Ayniqsa,
mumtoz musiqiy merosimizni asrab-avaylash va o‘rganish, uni yosh avlodlarga
bezavol yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Buning natijasida nufuzli
xalqaro musiqa anjumanlari, «Sharq taronalari», «Shashmaqom festivali», «Ipak va
ziravorlar» muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Shuni aloxida e’tirof etish lozimki, yoshlar ta’lim-tarbiyasi sifati va
samaradorligi ustida qanchalik harakat qilmaylik, hali hanuz ijtimoiy hayotimizda
g‘arb musiqasiga xos bo‘lgan «Rep», «Gok» kabi jazavaga tushish ruhiyatini
qo‘zg‘atadigan kuy va qo‘shiqlar kirib kelmoqda. Bunday qo‘shiqlar yana
«ommaviy madaniyat» g‘oyasi ostida qabul qilinmoqda. Bugungi kunda ana
shunday yengil-yelpi, ma’nosiz va to‘mtoq qo‘shiqlar bilan bizning milliy
mentalitetimizga xos bo‘lmagan odatlarni yoshlarimiz tabiatiga singdirish uchun
harakatlar qilinmoqda. Biz buni noodatiy va «ommaviy madaniyat» unsurlaridan
ularni asrab qolishimiz zarur. O‘zbek xalqi tarixida shakllangan va rivojlangan
Buxoro musiqa folklori istiqlol yillarida sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Milliy musiqa san’ati yutuqlarini o‘rganish bo‘yicha katta imkoniyatlar ochildi. Bu
soha rivojiga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor natijasida yosh iste’dodlarning o‘zini
namoyon etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
O‘zbek musiqa folklori asosida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash dolzarb
muammolardan biriga aylandi. Chunki, o‘zbek musiqa folklori, jumladan, Buxoro
musiqa folklori millatning ma’naviy-musiqiy boyligi hisoblanishi bilan birga uning
mazmunida milliy urf-odat va an’analar, milliy mentalitet o‘z ifodasini topgan.
Buxoro musiqa folklori o‘zining o‘ynoqiligi va jo‘shqinligiga ko‘ra o‘quvchilarni