Key words: method, folk songs, culture, music, song, feeling, ability, structure,
teacher, national culture.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-
yanvardagi Oliy Majlisga tarixiy Murojaatnomasida pedagogika sohasini
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha ustuvor vazifalar
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №4(107) 2023 www.iupr.ru
belgilab berilganidan kelib chiqadi. Ta’lim, kasb-hunar va pedagogik kadrlar
tayyorlash, o‘qitish va tarbiyalashning zamonaviy uslublari, maktabda kasbga
yo‘naltirish ishlari, o‘quvchilarning qobiliyatini aniqlash, ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy va
innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish-o‘zaro bog‘liqlikdir. Fan, ta’lim va
ishlab chiqarish, maktablar bilan aloqa, kadrlar tayyorlashning istiqbolli rejalari va
boshqa birdek muhim vazifalardan biridir.
Yosh avlodning musiqiy iste’dodi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida
mamlakatimizning har bir shahar va tumanida musiqa va san’at maktablarining
faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilgan.Bunday imkoniyatlarning yaratilishi,
birinchidan, bolalarda kuy-qo‘shiqqa, san’atga muhabbat uyg‘otib, ularda
cholg‘uchilik, ijrochilik kabi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi.
Ikkinchidan, musiqa san’ati asosida o‘quvchi shaxsining ma’naviy, axloqiy
madaniyatini, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshiradi. Ijodiy
mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stiradi, fikrlash darajasini kengaytiradi.
Uchinchidan, musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida
kamol topishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,
mustaqillikning birinchi yillaridanoq mamlakatimizda musiqa san’atini keng
rivojlantirishga alohida ahamiyat berildi. Ayniqsa, mumtoz musiqiy merosimizni
asrab-avaylash va o‘rganish, uni yosh avlodlarga bezavol yetkazish davlat siyosati
darajasiga ko‘tarildi. Buning natijasida nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari, «Sharq
taronalari» muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Shuni aloxida e’tirof etish
lozimki, yoshlar ta’lim-tarbiyasi sifati va samaradorligi ustida qanchalik harakat
qilmaylik, hali hanuz ijtimoiy hayotimizda g‘arb musiqasiga xos bo‘lgan «Rep»,
«Gok» kabi jazavaga tushish ruhiyatini qo‘zg‘atadigan kuy va qo‘shiqlar kirib
kelmoqda. Bunday qo‘shiqlar yana «ommaviy madaniyat» g‘oyasi ostida qabul
qilinmoqda. Bugungi kunda ana shunday yengil-yelpi, ma’nosiz va to‘mtoq
qo‘shiqlar bilan bizning milliy mentalitetimizga xos bo‘lmagan odatlarni
yoshlarimiz tabiatiga singdirish uchun harakatlar qilinmoqda. Biz buni noodatiy va
«ommaviy madaniyat» unsurlaridan ularni asrab qolishimiz zarur.
|