Birinchi holda standartlashtirish deganda qo’llanmani, tadqiqot varaqalarini unifikatsiyalash(bir
xil qilish) o’tkazish jarayonini, natijalarni qayd qilish usullarini, tadqiqot o’tkazish sharoitlarini,
sinaluvchilar sonini aniq belgilash nazarda tutiladi. Tadqiqot o’tkazishda ketma-ketlikka rioya
qilish tadqiqot natijalarini baholash uchun test normalarini aniqlash va testning ishonchliligini
ta`minlashda asosiy sharoit hisoblanadi.
Ikkinchi holda standartlashtirish deganda normal (yoki sun`iy normallashtirilgan) baholash
shkalalarini sinaluvchilar to’plamida nisbiy taqsimlanish joyiga emas, balki o’rganilayotgan
ko’rsatkichning miqdoriy empirik natijalariga asoslanilgan yangi shkalalarga o’zgartirish nazarda
tutiladi. Psixometrikada dastlabki baholarni o’zgartirishda o’rta kvadrat tarqoqlik yordamida
normallashtirish yoki markazlashtirish keng tarqalgan.
Standartlashtirish bir qancha mezonlar asosida me`yorga keltirilgan metodikalarga
nisbatan qo’llanilar ekan, bu jarayondagi mezonlarni aniqlashtirish muhimdir. Ular quyidagilar:
1.
Matematik statistik qayta ishlanganlik.
2.
Tanlanma to’plamdagi sinaluvchilarning ko’rsatkichlari.
3.
Ijtimoiy psixologik me`yorlar.
Ekspert bahosi (klinik) metodi o’z sohasini mukammal biladigan ekspertlarning fikriga asoslangan
bo’lib, bunda ishonchli bahoga asoslangan ekspertlarning xulosalari umumlashtiriladi. Ushbu
metodika ko’pincha shaxs psixodiagnostikasida qo’llanilib, bunday metodikalarning asosiy
kamchiligi ekspertlarning sub`ektiv munosabatlari baholash jarayoniga o’z ta`sirini o’tkazishi
mumkin.