Birinchi bosqich 20-yillarning boshidan 30-yillarning o‘rtasigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishida M.S. Bernshteyn, L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, S.G. Gellershteyn, N.D. Levitov, G.I. Rossalimo, P.I. SHpil’reyn va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Olimlar tomonidan ilgari surilgan qator ilg‘or fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar to‘xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy to‘siq vujudga keldi. Psixodiagnostika rivojlanishidagi ikki bosqich50-60 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Rus psizxologi tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni sifatiy tahlil qilish tamoyili qatolr vazifalarni hal qilishda o‘z mahsuldorligini namoyon qildi va ko‘pgina tadqiqotlarda o‘z aksini topdi. Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga M.G. Davletshin, B.R. Jodirov, G‘.B. SHoumarov, e.G‘. G‘oziev, V.A. Tokareva, R.Z. Gaynuttdinov kabi olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Gerbartning fikricha, asosiy psixik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar - xissiyot, iroda, tasavvurlar kombinasiyasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruxiy xolatlar doimo o‘zgarish jarayonsida bo'ladi. Tasavvurlarning bu doimiy o'zgarish va almashish jarayonida ma'lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o‘lchash mumkin. SHuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tadbiq qilish mumkin. Gerbart, garchan psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo‘lsa ham, lekin uning o‘zi bu metoddan foydalanmagan. Veber va Fexner Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo‘yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878 y.) va fizik Fexner (1801-1887 y.)lar amalga oshirdilar. Veber va Fexnerlarning maqsadi tashqi ta'sirotlar (fizik omillar) va ularning muvofiqi - sezgilarning o‘zaro munosabatlari soxasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni kuzgatuvchi ta'sirotlar o’rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo‘zg‘atkich logarifmasiga proporcionaldir degan psixo-fizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexnerlar o‘tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan aloxida fanning paydo bulishiga olib keldi. Veber vaFexner ishlarining aham iyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo‘lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. SHu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan, o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelinayotgan psixologiya endi aniq fanlardagi ob'ektiv metoddan foydalana boshlaydi.