Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə8/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Tayanch iboralar:noeksperimental metodlar,suhbat,metodlar klassifikatsiyasi,induktiv
deduktiv,modellashtirish,statistic metod,savolnima,so’rov metodi,eksperiment metodi
Psixologik tekshirishning nazariy metodlarini sanab o‘tamiz:

  1. Deduktiv - umumiydan xususiyga o ‘tish. Natijasi - nazariya, qonun va boshqaiar.

  2. Induktiv - omillami umumlashtirish, xususiydan umumiyga o‘tish.

  3. Modellashtirish - analogiya metodini aniqlashtirish, «transduksiya», xususiydan xususiyga o’tish. Natija - obekt, ‘, sharoit modeli. Psixologiyaning nazariy metodlarida psixologiyaning aqliy etuklik metodlarini saralash kerak. Aqliy etuklik ilmiy faktlar empirik qonuniyatlarga tayanmay, balki ta’limot muallifining faqat shaxsiy bilimida o‘z o‘rnini topadi.

Modellashtirishning ikkita asosiy turlari bor. Bular: struktura — funksionalli va funksional - strukturali. Birinchi holatda tadqiqotchi alohida tizimning tashqi xulqatvoriga qarab tizimni aniqlab o‘tmoqchi va shuning uchun analog tanlaydi yoki konstruksiya qiladi - boshqa tizimni o‘xshash xulqatvorga bo‘lgan. Bunday xulq-atvor strukturalarning o‘xshashligi haqida mulohaza Yuritishga olib keladi. Modellashtirishning bunday ko‘rinishi psixologik tadqiqotning asosiy metodlaridan hisoblanadi hamda tabiiy ilmiy psixologik tadqiqotda yagona hisoblanadi. Ikkinchi holatda modellar va obrazlar tiziinlari o‘xshashligida tadqiqotchi funksiyalar, tashqi ko‘rinishlarda va boshqalarda qandaydir umumiylikni tahlil qiladi. Bu metod ko‘p fanlarda tarqalgan, ayniqsa, solishtirma anatomiya, paleontologiya va boshqalarda ko‘p uchratish mumkin. labiiyki, bizga boshqa odamning psixik reallik tizimini tushunish qiyin. Ammo har bir narsa xususiy reallikka ega, shuning uchun M.S.Rogovin va G.V.Zalevskiylami germenivtik metodlar qatoriga modellashtirish metodini kiritishga turtki bo‘lgan funksional- strukturani modellashtirish va germenevtik metodlarning o‘xshashligi bor. SHarhlash metodlari butun bir psixologik tadqiqotda muhim rol o‘ynaydi. Bu metodlarning tadqiqotchi tomonidan egallanishi ilmiy dastuming muvaffaqiyatini bclgilab beradi. Psixoiogiyada sharhlash metodining ahamiyati V.A.Ganzen monografiyasida aniqroq ta’riflangan.
Psixologik empirik metodlarning yana bir tasnifini ko‘rib chiqamiz.
Biz tadqiqotchining bilish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan metodlami ikki asosga bo‘lgan edik. Faollik - sustlik, mablag‘laming borligi - muqobillik. Psixologik tadqiqotda obekt faol bolishi mumkin, odam yoki hayvon haqida gap bo‘lishidan qat’iy nazar, odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi faoliyat subekti bo‘ladi. Empirik psixologik metodlarning tasnifida shu narsani hisobga olish kerak. Psixoiogiyada sinaluvchi xulq-atvorining tahlili va tushunilishi katta ahamiyatga ega. Tushunish ‘i qaysidir ma’noda o‘lchash ‘iga qarama-qarshidir. O‘lchashda tadqiqot natijalarini obektlashtirishga harakat qilamiz, tushunishda esa aksincha, sinaluvchining xulq-atvorini xususiy ma’naviy o‘lchamlarida qayta ishlanadi.
Barcha psixologik empirik metodlami ikki o‘lchamli kenglikda joylashtirish qulay, ularning o‘qlari psixologik tadqiqotning ikkita maxsus belgilarini bildiradi.
Birinchisi - sinaluvchi va tadqiqotchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning borligi yoki yo‘qligi yoki bu munosabatlarning jadalligidir. U klinik eksperimentda eng katta va o‘zini-o‘zi kuzatishda eng kam hisoblanadi.
Ikkinchisi - muolajalarning obektlashuvi va subektlashuvidir. Bunda eng chetki variant sifatida test olish va boshqa odamning xulq-atvorini uning xatti-harakatini «sezish», empatiya nazarda tutiladi.
Tadqiqotchi ikkinchi holatda hech qanday narsa ishlatmaydi deb aytish mumkin emas: ular bor, lekin «ichki» - tadqiqotchining shaxsiy malakasi, individual xususiyatlari, sharhlash usullari va boshqalar. Tadqiqotchi o‘lchamda ishlatadigan ashyolarni boshqacha ham atash mumkin.
Birinchisi koordinata o‘qini tashkil qilib, «ikkita subekt - bir subekt» yoki «tashqi» dialog, yoki- «ichki» dialog.
Ikkinchisi «tashqi» ashyolar - «ichki» ashyolar, yoki «o‘lchash sharhlari» o‘qini keltirib chiqaradi. Bu o‘qlar bilan tashkil qilingan.

  1. Eksperimentni o‘tkazish bu eng asosiy jiddiy, javobgarlikni talab etadi. Kuzatuvchi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi zarur. Eng zo‘r g‘oyani ham kuzatuvchi malakasizligi tufayli buzib Yuborishi mumkin. Eksperiment ‘ida kuzatuvchi sinaluvchiga ta’sir ‘ini tashkillashtiradi. Qonun-qoidalar bilan tanishtiradi, kerak bo‘lsa o‘rgatish, tayyorlash ishlarini olib boradi va nihoyat kuzatuvchi eksperimentdan so‘ng sinaluvchi bilan so‘rovnoma o‘tkazadi (posteksperimental intervYu).

  1. eksperimentga tayyorgarlik. Kuzatuvchi eksperimentga xona va jihozlarni tayyorlaydi. Eng asosiy bosqich bu yo‘riqnoma bilan tanishtirish. U qisqacha bo‘lib, 11 so‘zdan oshishi kerak emas;

  2. sinaluvchilarga yo‘riqnoma va motivni etkazish, yo‘riqnoma o‘z ichiga motivni olishi kerak. Sinaluvchi eksperiment ‘ida qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishini bilishi kerak. Ko‘pginahollarda sinaluvchilarga bunday sharoit odatiy bo‘lmaganligi sababli ularda hayajon kuzatiladi. Ularning diqqati bo‘linishi mumkin. Undan tashqari, yo‘riqnomani tez tushunib etish, kognitiv individual xususiyatlarga bog‘liq. SHuning uchun sinaluvchi yo‘riqnomani tushunganligini aniqlab olish juda muhim;

d) eksperiment boshida sinaluvchilarning qobiliyati, sinaluvchi sifatida ishtirok etish xohishiga qarab aniqlanadi. Uning sog‘lig‘i ham tekshiriladi. Eksperimentdan oldin uning oldida xatti-harakat faoliyat rejasi bo‘lishi kerak. Odatda, eksperiment paytida yordamchi assistent ishtirok etadi. U yordamchi ishlami olib boradi. Ko‘p hollarda assistant qaydnomani yozib boradi. Unda sinaluvchining javoblari yozib boriladi. Undan tashqari, u sinaluvchini umumiy kuzatib eksperiment ‘ida Yuzaga keladigan ishlami belgilab boradi. U apparaturalaming ishlab turishiga ham javobgar.

  1. Statistik metodlami qayta ishlash, ular bilan ishlash va natijalarning tahlili - keyingi bosqichdir. Odatda, metodlami qayta

ishlash eksperimentni rejalashtirish bosqichida yoki undan oldin boMib oMadi. Eksperimental faraz statistika ko‘rinishida keladi.

  1. ikki va undan ortiq guruhlaming o‘xshashligi;

  2. mustaqil o‘zgaruvchilarning ta’siri;

  1. tobe va mustaqil o‘zgaruvchilaming statistic aloqasi;

  2. patent o‘zgaruvchilar tuzilishi. Ma’lumotlami matematik qayta ishlash uchun standart paket programma mavjud. Bizga

ma’lum va qulaylari: statistica, stadia, stadgrapnics, Sy Stat, SPSS, SAS, BMDP. Barcha paketlar quvidagi turlarga bolinadi:

  1. Maxsus paket.

  2. Umum foydalanish paketi.

  3. Umum foydalanish uchun toliq bolmagan paket.

Kuzatuvchilarga umumfoydalanish paketi maslahat beriladi.
Barcha programmalar hujjatlar bilan toMdiriladi. Eksperimentatorlaming aytishicha, eng yaxshi variant bu SPSS paketidir.
Mulohaza va natijalar tahlili kuzatuvni yakunlaydi.
Eksperimental kuzatuvlarda faraz tasdiqlanadi yoki rad etiladi:
«Agar A unda D».
Kuzatuvchi o‘z mulohazalarini bildiradi va nihoyat u o‘z xulosasini tahlil qiladi.
Bu kuzatuvning oxirgi bosqichi hisoblanadi; qoMyozma, risola, monografiya, ilmiy jurnal redaksiyasiga xat tayyorlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, eksperimental kuzatuv aniq chizma vositasida amalga oshiriladi. Uni oMkazishning asosiy bosqichi, muammoning tuzilishi va farazni oldinga surish, metodikaning tuzilishi, apparatura tanlash, sinaluvchilarni tanlash, o‘zgaruvchilami nazorat qilish rejasi, eksperiment oMkazish, natijalami qayta ishlash va tahlil qilish, ilmiy hisobotga tayyorgarlik. SHundan so‘ng kuzatuv yakun topgan hisoblanadi. Ilmiy faraz tasdiqlandimi yoki rad etildimi, natija jamoa fikriga tashlanadi.
Kuzatish metodining asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda oMkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslaming odatdagi xulq-atvorlarini o ‘zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir guruh shaxslar ustida ham olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog‘chasi guruhlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalami o‘rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvoming istalgan qiyofada emas, balki anig tadqiqot vazifalari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishigina qiziqtiradi. SHuning uchun
kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o ‘ziga kerakli tarzda namoyon bo‘lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka holda namoyon bo‘lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqiqotchi u yoki bu xususiyatlarning tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin