Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə51/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Bilishga ehtiyoj . XVI asrda bilim faylasufi bo'lishga intilish. M. Montaigne insonning tabiiy va ajralmas ehtiyojiga ega.

  • Estetik ehtiyoj . Yaratguvchi ifodasi va o'ylash istagi, chiroyli yaratish va zavqlanish. Dunyoning go'zalligi qonunlariga muvofiq, uyg'unlik hissi taraqqiyotning ma'naviy nozikligini rivojlantiradi.

  • Yaxshilik qilish kerak . Ma'naviyatga intilgan inson vijdon, diniy sabablar va jamiyatning axloqiy va axloqiy me'yorlarini boshqaradi. Yaxshi ishlarga muhtojlik,alqirizm, inson ruhiy shaxs sifatida rivojlanadi.

    Ehtiyojlar klassifikatsiyasi
    Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo’lib, ularga turli jihatdan yondashish mumkin.Ayrim adabiyotlarda birlamchi - eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi - qondirilishi kechiktirsa bo’ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlarga bo’linadi.
    Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va
    boshqa shunga o’xshash ehtiyojlari hisoblanadi.
    Ikkilamchi ehtiyojlarga insonning ma’naviy, intellectual faoliyati bilan bog’liq bo’lgan bilim olish, san’at, turli ko’ngil ochar tadbirlarga qatnashish ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli.
    Ularhar-bir inson uchun individual bo’lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo’lsa, boshqasi uchun bunday bo’lmasligi mumkin. Birov uchun kiyim-kechakdan ko’ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi uchun ma’naviy ehtiyoj hasham bo’lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj bo’lish mumkin, yoki ma’lum vaqt o’tgach oddiy extiyojlarga aylanishi mumkin.
    Inson ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni har-xil guruhlarga ajratish mumkin:
    1.Ehtiyojlarning sub’ektlariga ko’ra :
    individual, guruhiy, umumjamiyat ehtiyojlariga bo’linadi.

    1. Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, sotsial kontaktda bo’lish, o’zining har tomonlama kamol topishiga bo’lgan extiyojlar va boshqalarini o’z ichiga oladi.

    2. Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uYushmalar) ehtiyojlari bo’lib, birgalikda yashash, faoliyat Yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.

    v) Umum jamiyat ehtiyoji- bu mamlakat miqyosida, qolaversa er shari miqyosida insonlarning bir butun bo’lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o’z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turish uchun zarur ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlariga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo’ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi.
    2.Ehtiyojlar ob’ektiga ko’ra:
    moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma’naviy ehtiyojlarga bo’linadi.
    Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazo kabi qator ehtiyojlardan iborat bo’lib,ularning qondirilishi

    1. Lotinchadan olingan «sub’ekt» so’zi ega, «ob’ekt» esa predmet ma’nosini anglatadi. O’zbek tilining izohli lug’atida ko’rsatilishicha sub’ekt deganda, aql-zakovat, iroda egasi, borliqni bilishga, o’zgartirishga qodir, faollik bilan harakat qiladigan shaxs yoki guruh.

    2. . Ob’ekt esa kishining faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan va o’z faoliyatini shunga qaratgan predmet, hodisa tushuniladi. yashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko’rinishga ega, masalan:

    oziq-ovqatga ehtiyoj, aniq: un, guruch, yog’, go’sht, shakar va boshqalar kabi moddiy shaklga ega.
    Sotsial-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo’lgan ehtiyojlar tarzida Yuzaga chiqadi.O’qituvchi, vrach, san’at arbobi, sport va boshqalar xizmatidan foydalanib,inson axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi. Bu ehtiyojlar yaqqol moddiy ko’rinishga ega emas.

    1. .Faoliyat Yuritish sferasi jihatidan:

    mehnat qilish, muloqatda bo’lish, dam olish, ish
    qobiliyatini tiklash, iqtisodiy faoliyat Yuritishga ehtiyojlarni o’z ichiga oladi.
    Mehnat ehtiyoji insoning o’zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi., chunki mehnatsiz nozu-ne’matlar yaratib bo’lmaydi, mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda mehnat qilish, ijod qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o’z o’rnini topish, o’z qobiliyatini ishga solib, obro’-e’tibor qozonishga harakat qiladi. Inson yashar ekan doimo boshqalar bilan muloqotda bo’lishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham hayotimizda «Yolg’izlik xudoga xos» degan naql bor. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish
    qobiliyatini tiklash uchun dam olishi, turli ko’ngil ochar tadbirlarda qatnashishi zarur.

    1. .Ehtiyojlarniqondirilishi jihati, yakka va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga bo’linadi. Har bir inson o’zining ehtiyojlarini bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o’lcham bilan yondoshib bo’lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko’pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, sotsial- ma’naviy ehtijlar ko’prok birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo’lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo’lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.

    2. Ehtiyojni qondirishdan qanday maqsad ko’zlanganiga qarab, ularni: shaxsiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo’lish mumkin. Boshqacha aytganda iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga ehtiej. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo’lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratilgan. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa inson uchun bilvosita ehtiyojlar bo’dib, uning yordamida inson yashashi kamol topishi uchun zarur bo’lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur investitsion tovarlar yaratiladi. Ehtiyojlar qanday guruhlarga bo’linmasin,qay jihatdan yondashilmasin, ular bir-biri bilan bog’lik, biri ikkinchisini taqozo qiladi, hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi. Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko’rsatadi.

    Ularni umumiy tarzda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

    1. .Aholi soni, yoshi, jinsi.

    2. .Tabiiy-geografik sharoiti.

    3. .Tarixiy milliy an’analar va odatlar.

    4. .Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti.

    5. .Madaniy jihatdan erishilgan daraja.

    Jamiyat har xil odamlardan tarkib topar ekan, albatta ularning har birining ehtiyoji
    shakllanishiga ta’sir etadigan omillar ham mavjud.
    Savollar

    1. Ehtiyojlarning inson hayotidagi ahamiyatlari nimadan iborat?

    2. Ehtiyojlar piramidasi nazariyasi qaysi olimga tegishli?

    3. Ehtiyojlar piramidasidagi o’z o’zini tan oldirishga bo’lgan ehtiyojning mohiyati nimada

    4. Masslau va Murraylarning qarashlaridagi asosiy tafovut nimada bo’lgan?

    5. Ehtiyojni klassifikatsiya qilishda qaysi hususiyatlariga ko’ra toifalanadi?

    Foydalanilgan adabiyotlar.

    Yüklə 1,19 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   159




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin