Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə60/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Adabiyotlar

  1. "Maslowning ehtiyojlar ierarxiyasi": Shunchaki psixologiya. Qabul qilingan sanasi:

2019 yil 17-yanvar kuni Symply Psychology: simplypsychology.com.

  1. "Inson ehtiyojlarining 6 turi" quyidagicha: Cosmons. Qabul qilingan sanasi: 2019

yil 17-yanvar, Cosmons: cosmons.com.

  1. Vikipediyada: "Maslowning ehtiyojlar ierarxiyasi". 2019 yil 17-yanvar kuni

Vikipediyadan olindi: en.wikipedia.org.

  1. "Murrayning psixogen ehtiyojlar nazariyasi": VeryWell Mind. Qabul qilingan kun:

2019 yil 17-yanvar, VeryWell Mind: verywellmind.com.

  1. Vikipediyada "Murrayning ehtiyojlar tizimi". 2019 yil 17-yanvar kuni

Vikipediyadan olindi: en.wikipedia.org
17-mavzu:SHaxsning hissiyotlari ekspremental psixologiyada tadkik etish
Reja:


  1. Hisstiyotning Yuzaga kelishi.

  2. Hissiyot, affektlar.

  3. Tugma, shakllangan va o’zlashtirilgan xamda o’zgaruvan xissiyotlar.

  4. Emotsiyani shaxsga ta’siri. (Tomkins).

  5. Xissiyot va bilish jarayonlari. (Randal, Izard). Xissiyot vazifalari (Klapared E.).

  6. Xissiyot klassifikatsiyasi (J .-P. Sartr, R. U. Liper, P. K. A noxin, va boshkalar.).

  7. Emotsiya dinamikasi (Vundt V.). X issiyotning fiziologik mexanizmlari.

  8. Hissiyot nazariyasi ( Dj emsa i K.G. Lange).

Tayanch iboralar: hislar, affekt, bilishga qiziqish, stenik his, ehtiros, stress, kayfiyat, empatiya, emotsiyalar, affekt,depressiya
Hissiyotning Yuzaga kelishi
Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi.
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat Yuz bergan paytda odamning Yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. 1
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «YUragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
Odamda uchraydigan Yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha Yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip Yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida Yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq .
Hissiyot, affektlar.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin