Eksperimental


Motivatsiyaning Ontogenetik asoslari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə57/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Motivatsiyaning Ontogenetik asoslari.
Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari. Ikki-uch yoshli bolaning motivlari tuzilishi kristallashmagan (amorf)ligi bilan, shuningdek, ularning qat'iy ierarxiyasi yo'qligi bilan tavsiflanishi namoyon bo'ladi. Bola shaxsiga aloqador motivlar tizimi bir qator motivlar yig'indisini ifodalovchi, o'zaro bir-biri bilan tasodifiy o'rin almashib turish xususiyatiga egadir. Motivlarni o'zaro o'rin almashish jarayonida yagona anglashish darajasidagi nazorat tizimiga bo'ysunmaydi. S.L.Rubinshteyn bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif beradi: «Bevosita bolaga ta'sir etuvchi har bir qo'zg'atuvchi (qo'zg'ovchi) ilk bolalik davrida uning o'sishida hukmronlik qiladi. Chunki undagi ichki motivlar hali mustahkam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa qo'zg'atuvchi hukmronligiga tobe bo'lib qolishi mumkin. Shu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib motivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog'liq. Muallif vaziyatning stixiyali ta'siri haqida mulohaza Yuritib, u bolalik beixtiyor intilishining xulq-atvorga ta'sirini ko'rsatib turishini ta'kidlaydi. Nazariy va amaliy ma'lumotlarga asoslanib, ilk bolalik davridagi individning xulq-atvori, birinchidan, impulsivlik bilan, ikkinchidan, vujudga kelgan vaziyat xususiyati bilan tavsiflanadi. Shaxsni boshlang'ich genetik qobig'idagi shakllanish pallasidagi motivining dinamik asosi - xatti-harakati qo'zg'alishini muvaqqat, tor muhitidan tashkil topadi. Chunki bola hali motivlashgan ustanovkalarni uzoq vaqt ushlab tura olmasligi sababli u tez yo'qoladi. Muhim ahamiyat kasb etuvchi qo'zg'alishlarda bola chalg'isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi. Ehtiyoj qondirilishida, affektiv reaktsiyalarda, chalg'ish jarayonida qo'zg'alish berilgan vaqt doirasidan chetlashadi. Inson faoliyatining samaradorligi (mahsuldorligi)ni oshirish haqidagi psixologik usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o'quvchilarida tajriba yo'li bilan dalillab berdi. L.S.Slavina murakkab va uzoq davom etadigan faoliyatlarni tahlil qilish kezida uni nisbatan mustaqil va sodda tarkibiy qismlarga ajratib chiqadi hamda ularning har birini alohida nazorat qilish kerak, binobarin, uni xuddi mustaqil faoliyat
strukturasining takomillashuvi va rivojlanishi natijasidagina motivlar tuzilishining takomillashuvi va rivoji namoyon bo'ladi. Muallifning fikriga qaraganda, xulq-atvorning muayyan maqsadga bo'ysundirilishi kichik maktab yoshining pirovard bosqichida amalga oshirilib, mazkur bosqich ixtiyoriy xulq-atvor shakllanishining boshlang'ich davri bo'lib hisoblanadi
Savollar

  1. Motiv va motivatsiya tushunchalariga ta’rif bering

  2. Motivatsiyaning qanday turlari bor?

  3. Motivatsiya psixoanalitik nazariya namoyondalari tomonidan qanday tadbiq etilgan?

  4. Eksternal motivatsiyalar qanday mohiyatga ega?

  5. Motivatsiya chaqaloqlik davrda qanday namoyon bo’ladi?

  6. Motivatsiya va ehtiyojning bir biriga bog’liqligini ko’rsating

Foydalanilgan adabiyotlar.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin