Affekt va motivlarni psixoanalitik konsepsiyasi Affekt holati boshlanishida shaxs insoniy qadriyatlarningbarchasidan uzoqlashib, o‘z hissiyotining oqibati to‘g‘risida ham o‘ylamaydi, hatto tana o‘zgarishlari, ifodali harakatlar unga bo‘ysunmay boradi. Kuchli zo‘riqish natijasida mayda, kuchsiz harakatlar barham topadi. Tormozlanish miya yarim sharlari po‘stini to‘laegallay boshlaydi, qo‘zg‘olish po‘stloqosti nerv tugunchalarida,oraliq miyada avj oladi,xolos. Buning natijasida shaxs hissiy kechinmasiga(dahshat, g‘azab, nafratlanish, umidsizlik va hokazolar) nisbatan o‘zida kuchli xohish sezadi. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, ko‘pincha hissiyotlar affektiv shaklda o‘tishi tajribalarda sinab ko’rilgan.Jumladan, teatr tomoshabinlarida,
Affektlarvujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o’zini tutishini, o’zini ko’lga olishni uddalash qurbiga ega bo‘ladi. Ularning keyingi bosqichlarida irodaviy nazorat yo‘qotiladi, irodasiz harakatlar amalga oshiriladi, yo’lanmasdan xatti- harakat qilinadi. Affektiv holatlar mas’uliyatsizlik, axloqsizlik, mastlik alomatida sodir bo’ladi, lekin shaxs har bir xatti- harakati uchun javobgardir, chunki u aql- zakovatli insondir. Affektlar o’tib bo’lganidan keyin shaxsning ruhiyatida osoyishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba’zi hollarda holsizlanish, jamiki narsaga loqayd munosabat, harakatsizlik, faollik barham topish, hatto uyquga moyillik Yuzaga keladi. Shu bilan birga affektiv shok (fransuzcha choc zarba degan ma’no anglatadi) holati ham sodir bo’ladi, buning oqibatida organizmning ichki a’zolari funksiyasi buziladi, hatto Yurak xuruji (infarkt-latincha arctus «xavf to’ldirg’ich», miokard Yunoncha mys tomir kardia Yurak degan ma’no bildirib keladi) Yuzaga keladi.Shuni ham unitmaslik kerakki,affektiv qo’zg’olish muayyan davrgacha davom etishi, ba’zan o’qtin-o’qtin kuchayishi yoki susayishi (pasayishi) sodir bo’lib turishi mumkin.