Psixoanalitik kontseptsiyalar negizida motivatsiya ortganlik ravishda inson mayllariga xosdir, dеgan g'oya yotadi. Ularning manbai maylni aks ettiruvchi qaysidir organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi. Z.Freydning kontsеptsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o'rtasida hеch qanday tafovut yo'qdir. Ongsizlik ta'limotining asoschisi Z.Freyd xulq motivalari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotib, motivatsiyaning manbai instinkt, u tur va individning saqlanish shartidir dеb taqdirlaydi. Mazkur holatni muallif individning energetik potеntsiyasi sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbai sifatida «u» tushunchasiga qanday ma'no Yuklamoqchiq Uningcha, «u» tushunchasining mazmuni tug'ma va o'zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq qonunlari va aql darajalari, ko'rsatkichlari unga hech qanday ahamiyat kasb etmaydi Z.Freyd affektiv, impulsiv shakldagi mutlaqlashgan qo'zg'ovchilarni nazarda tutgan bo'lsa ajab emas. Ushbu qo'zg'atuvchilar (turtkilar) ning impulsivlik, taxminiylikning affektiv mohiyati, notanqiydiylik, ongli va irodaviy nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik xususiyatlarini mutlaqlashtirish bo'lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy darajadagi qo'zg'atuvchilar yotadi. Z.Freyd ta'kidlab o'tgan dinamik xususiyatlar va xossalari mohiyatida motivatsiyaning chuqur asosiy manbasini ko'radi. Uning kontseptsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning transformatsiyasi ustuvor o'rin egallaydi. Motiv hissiyot bilan ham bog'liq bo'lib, ular xulq-atvor mohiyatidan tashqarida bo'lmaydi, balki hissiy kechinmalar, motivlashgan omillar tizimi bilan uzviy aloqaga egadir. Hissiyotning eng muhim funktsiyalaridan biri shundan iboratki, unda inson uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun qanchalik zaruriyat ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Hissiyotning bu sohadagi boshqa bir funktsiyasi nisbatan umumiyroq bo'lib, odamning tashqi olamga, shaxslararo munosabatga, his- tuyg'ularga negizlik muammosi hisoblanib, uning uchun ahamiyatli voqea va narsalarga nisbatan bog'lovchilik xususiyatiga ega bo'lgan muloqoti zaif emotsional holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol, barqaror, turg'un jarayonlarni o'z ichiga oladi. Emotsiya va xulk-atvorning aktivatsion nazariyalari Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni, tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning orasida, birinchi navbatda, L. Festingerning kognitivdissonans nazariyasini ta’kidlab o’tish lozim. Uning asosiy tushunchasi dissonansdir. Bu sub’ektning ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo’lgan vaziyatda Yuzaga keladigan salbiy emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional kechinmalar odamda o‘zi kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday ijobiy emotsional holat konsonans sifatida xarakterlanadi, Salbiy hissiyotlar faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans bo‘lganida Yuzaga keladi.[2] S.Shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan emotsional holat qabul qilinadigan rag‘batlar va Yuzaga keladigan jismoniy o‘zgarishlar bilan birga insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv baholashi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va ehtiyojlari asosida shakllanadi. Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar axborot beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H = E (M - A), bunda H - hissiyot, uning kuchi va sifati; E - dolzarb ehtiyoj kattaligi va o’ziga xos xususiyati; M - dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A - ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli axborot.[2] Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (E = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (H = 0); ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan holatda ham, hissiyotlar Yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining sub’ektiv baholanishi Yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda Yuzaga keladi.