EKSPERT SAVOLLARINI ANIQ IFODA ETISHNING UMUMIY TALABLARI
EKSPERT SAVOLLARINI ANIQ IFODA ETISHNING UMUMIY TALABLARI
Reja
1. Sud psixologik ekspertizaga doir savollar turkumi.
2. Daliliy ma’lumotlarning manbalari va ularni yig‘ish qoidalari.
3. Ekspertiza natijalarini rasmiylashtirish va uch bosqichli amalga oshirilishi.
Sud-psixologgik ekspertizasi sohasi rivojlanishining ho-zirgi davirida ushbu doiradagi savollar turkumiga quyi-dagilar kiradi:
1. Asab-psixik zararni boshidan o‘tkazgan va psixik kasallik alomatlariga ega bo‘lgan ekspertlanuvchi shaxening individal-psixologik xususiyatlari va bu xususiyatlarning tergovchi va sudyani qiziqtirayotgan davrdagi ekspertla-nuvchining xulqiga tasirini aniqlashni belgilash.
Umumiy ko‘rinishdagi ekspertlarga ko‘yiladigan savol mana shunday tariflanishi mumkin: ekspertlanuvchi individual-psixologik xususiyatlarga egami yoki yo‘qmi?... (aynan qaysi xususiyatlarga tergovchi yoki sudni qiziqtirishni aytilishi shart); qanday sharoitlarda?... (nuqtai nazar) ko‘rsatilishi kerak, ular ekspertlanuvchining xulqiga tasir ko‘rsatishi ehtimoli mavjud (aynan qaysilari ko‘rsatilishi kerak).
Faqat shundagina savolga aniq javob olish imkoiiyati. vujudga keladi. YOpiq yoki tarqoq holda aniq qo‘yilmagan savol ekspertlarni ashyoviy dalillar asosida javob berish imkoniya-tini yo‘qqa chiqaradi.
Berilayotgan savol moxiyatida ijtimoiy psixologik muhitni aniqlash, psixologik mantiqiy, ijodiy, favqulodsalik mavjudligi tufayli zaruriyatdir.
Mushohadalar,- mulohazalar mohiyati shundan iboratdir, shaxsning individal psixologik xususiyati, uning faqatgina qandaydir bir malum vaziyatida, zarur bo‘lsa aniq bir harakatida ko‘rinadi. Ularni ko‘rsatmasdan turib, ekspertlar o‘z bilimlarini bugunlay, gula qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘la olmaydilar. CHunki o‘zaro fikr almashishi ishonch negizida ko‘rilmas ekan, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi.
2. Psixik kasallik alomatlari bo‘lgan va nevropsixik asoratlarni boshidan o‘tkazgan shaxslarda sud va tergovchini qiziqtirgai vaziyatidagi ortiqcha his-hayajonga berilishining qandayligini belgilash.
Tergovchi sud jarayoonidagi his-hayajonli holatni jinoyat subektining o‘z xatgi-harakatlari ahamiyatini tushuna bilishi va ularni boshqara olish qobiliyatiga tasir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin, degan faraz paydo bo‘lganida, sud-psixologik eksper-tizasini tayinlash zaruriyati tug‘iladi.
Savol shunday ifoda qilinishi mumkin: ayblanuvchi unga qo‘yilayotgan ayblarni amalga oshirayotgan vaqtda, uning xulqiga katta tasir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan fiziologik affektga yoki boshqa janjal sharoiti bilan bog‘liq holatlar tayziqida bo‘lganmi?
Affektiv xarakterga ega bo‘lmagan, ortiqcha his-hayajonga berilish sharoitining xususiyatini ko‘rsatib o‘tish zarur. O‘zbekiston Respublikasi jinoiy protsessual kodeksini 172-moddasiga muvofiq ravishda bunday his-hayajonlarning etarli chuqur tasiri, shuningdek, fiziologik affekt holati, sud tomonidan kuchli psixik his-hayajonlanishining takidlanishi uchun xizmat qiladi.
3. Psixik rivojlanish jihatydan orqada qolishi alomat-lariga ega bo‘lgan, voyaga etmagan ayblanuvchilarning o‘z xarakterlari ahamiyatini bugunlay anglay olish va qay miqdorda ular tomonidan bu harakatlarni boshqara olishi qobiliyatini aniqlashni belgilash.
Ekspertlarga beriladigan savollar umumiy ko‘rinishda shunday bo‘lishi kerak. Voyaga etmaganlarning psixik rivojlani-shida orqada qolishi mumkinmi, agarda shunday bo‘lsa, ular nimalarda ko‘rinadi va ular nimalarga bog‘liq? Agar bunday belgilar bo‘lsa unda o‘z xatti-harakatlarini to‘liq bilish imkoniyati mavjudmi va aniq vaziyatda o‘zini qay darajada boshqarishi mumkin.
Oxirgi tafsilot aqidaviy jihatidan muxim ahamiyatta ega bo‘lib, tatbiqiy xususiyatga ega. SHuni alohida takidlab o‘tish lozimki, voyaga etmaganlarda o‘z xatti-harakatini tushunmaslik va ayniqsa xohish irodasining bo‘shligi kam hollarda ob’ektiv murakkab vaziyatlarda ko‘rinadi va hayotiy tajriba etishmasligi bilan bogliq bo‘lib, shaxe tomonidan tartib imtizomni buzilishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
4. Ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchilarning qobiliyatini aniqlash, shu bilan birga asab-psixik zarar ko‘rganlar va psixik xastalik belgilarning topilishini ish holati, vaziyati uchun to‘g‘ri qabul qilish va ular to‘g‘risida oqilona, odilona va omilkorlik bilan ko‘rsatma berish.
Sud-psixologik ekspertizasi guruhini tayinlash uchun asos bo‘lib, idrok kilishga va malum hodisalarni fikrlashga to‘sqinlikni vujudga keltiruvchi tashqi sharoitlar xizmat qiladi. Bularga jumladan, idrok qilishning murakkabligi sharoiti, kuzatilayotgan hodisaning tez o‘tib ketishi, axborotlar hajmining nihoyatda ko‘pligi va tasir etuvchi qo‘zg‘atuvchi-larning katta va kichikligi kiradi. SHuning uchun ham tegishli savollar quyidagicha ifodalanishi lozim:
Ekspertiza qilinayotgan shaxe jinoiy ish uchun ahamiyatli holatlarni (qandaydir aniq belgilarini ko‘rsatib berish kerak), uning psixik bilish jarayoni dolzarb muammolarni hisobga olgan holda idrok qilishning qandaydir sharoitlarni, shaxsning o‘ziga hos bo‘lgan xususiyatlarini yoki dinamik holatlarni idrok etish mumkinmi?
5. Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha yosh bolalar va voyaga etmaganlar, hamda boshqa jabrlanuvchilarda psixik buzilish belgilarni topish yoki asab psixik zararlarni his qilish
qobiliyatini aniqlash, aybdor harakatining ahamiyati va xarakterining to‘g‘ri tushunishi va qarshilik ko‘rsatishini tushunishdir.
Sud-psixologik ekspertizasini tayinlash uchun ko‘rsatilgan-lardan tashqari nomusiga tegish bosqichida jabrlanuvchining suet harakati sodir etilgan voqeaga uiing befarkligi, ayblayauvchiga nisbatan psixologik tadqiq bo‘lib, ko‘llanilgan ariza ahvolining o‘zgarishi, yani qarshilik ko‘rsatishlari asos bo‘lib hisoblanadi.
Ekspertiza savolining qulay shakli quyidagicha bo‘lishi joiz; jabrlanuvchining o‘zi aqliy va jismoniy rivojlanish darajasida, shu bilan birga voqea sodir etilgan joyidagi psixik holati, ayblanuvchining xatti-harakati ahamiyatini tushunish mumkinmi?
b. O‘z joniga suiqasd qilgan (suitsid) shaxslarni aniqlash uchun ularning psixik holatini turli-tuman metodlar hamda metodikalar yordami bilan tekshirish zarur.
Ekspertlarga berilgan savolni quyidagicha ifodalash mumkin: shaxening o‘limidan oldingi psixik holati uning o‘zini o‘ldirishga sabab bo‘lishi mumkinmi? Agar voqelik to‘g‘ri bo‘lsa, ushbu holat nima bilan ifodalanadi hamda uning qanday sabablari mavjud bo‘lishi ehtimol?
2. Daliliy ma’lumotlarning manbalari va ularni yig‘ish koidalari
Odatda sud-psixollogik ekspertizasidan o‘tadigan malumot-larni ikki usul bilan yig‘ish kuzatiladi:
1. Sud-psixologik ekspertizasida ekspertlanuvchilardan oli-nadigan ko‘rsatmalar, tergov materiallariga tegishli bo‘lgan materiallar, hujjatlar ekspert, prokuror, tergovchi yoki sudya-ning xizmat xonasida olinipsh mumkin.
2. Tergov materiallarini va tekshirilayotgan shaxening psixik holatining xususiyatlarini o‘rganish orqali malumotlar olinadi.
SHunday qilib, ekspert ,tekshiruvining daliliy ahamiyati yuqorida ko‘rsatilgan ikki usul bilan olingan malumotlardan kelib chiqqan holda umumlashtiriladi.
Sud-psixologik ekspertizasining ilmiy asoslangan xulosa-lari shaxening g‘ayriqonuniy harakatlari jarayonidagi psixologik va psixiatrik tekshiruvining natijasiga suyangan holda olinipsh mumkin.
Sud-psixologik ekspertizasini hal qilishga guvoh, jabrla-nuvchi, ayblanuvchi ko‘rsatmalari, tibbiyot xujjatlari, o‘quv, ishlab chiqarish tafsifnomalari, ilgari o‘tkazilgan ekspertiza aktlari, tergov harakatlarining bayonatnomasi va shu holatlarga oid bo‘lgan xat, kundalik, rasmlar, video va audiozapislar hamda videoroliklar qimmatbaho omil bo‘lib hisoblanadi.
Guvohlar, ayblanuvchi va jabrlanuvchining ko‘rsatmalari bilan bir qatorda, daliliy ma’lumotlarning qimmatbaho manbai tariqasida tibbiyot xujjatlari kiradi. Ekspert uchun kasallik tarixining asl nusxalari muhim ahamiyatga ega. Har bir kasallikning tarixi, ayniqsa, psixiatrik, ijtimoiy shakllanish darajasi, subektiv munosabatlar doirasining buzilishi individning rivojlanishiga oid malumotlarni o‘zida aks ettiradi.
3. Ekspertiza natijalarini rasmiylashtirish
Sud-psixologik ekspertizasini yuridik jihatdan faoliyat yuritishida prokuror, tergovchi va sudning ekspertiza tayin qilish haqidagi qarori asos bo‘lib xizmat qiladi. Ekspertiza tayin qilish haqidagi qarorida ish yuritish topshirilgan muassasasi ko‘rsatiladi. Agarda sud psixologik ekspertizasi bir necha muassasalarga topshirilgan taqdirda ham asosiy ish olib boruvchi muassasa ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq1.
Sud-psixologik ekspertizasi quyidagi asoslarga muvaffaq ravishda 3 bosqichda amalga oshiriladi: tayyorlov, teksshruv, xulosa chiqarish.
1. Tayyorlov bosqichida ekspertlar jinoiy ish xujjatlari bilan tanishib, o‘z oldilariga ko‘yilgan savollarni muhokama qiladilar, uning mazmunini aniqlash orqali tekshiruvning ohirgi maqsadi va xususiy masalalarini belgilash, uning umumiy rejasini tuzish, alohida uslublar yordamida har bir ekspertning bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarini yaqqol-lashtiradi.
Tayyorlov bosqichi umumiy tekshiruv dasturi bilan yakun-lanadi.
1 Ruhieva HA,, G‘oziev E.G‘., Muxtorov A. Sud psixologik ekspertizasi. T. 2001.
972. Tekshiruv bosqichi 2 qismdan iborat: dastlabki va asosiy, ekspert psixologlarning u yoki bu qismini bajarishdagi va-zifalari bir-biridan farq qiladi. Tekshiruv boskichining dastlabki qismi, bu bosqichning asosiy mazmunini tekshi-riluvchining psixik munosabati malakasi ayblanuvchida esa uning aqli rasoligini tashkil etishni mujassamlaydi.
Tekshiriluv boskichining asosiy qismi sud-psixologik ekspertizaning oraliq xulosalarini ishlab chiqishdan iborat-dir. Bu esa asosiy tekshiruv maqsadining mazmunidir. Sud-psixologik ekspertizasining bu asosiy bosqichida ekspert — psixologlar ekspertlanuvchilardan olingan ma’lumot va dalillarni analiz va sintez qiladi. Sud-psixologik ekspertizasining bu bosqichida dalillarni tekshirib, baholash ekspert komissiyalarning ish faoliyat yuritish jarayoni davomida o‘tkaziladi.
3. Xulosa bosqichi sud-psixologik ekspertizasining muhim bosqichi bo‘lib, ekspert xulosasini tuzish hisoblanadi.Kirish qismining xulosasida ekspertiza o‘gkazilgan joy va vaqt, ekspert komissiyasi azolari tarkibida ishtirok etgan shaxslar oldida sud-psixologik ekspertizasini o‘tkazishdaga yuridik asoslar ko‘rsatilib, ekspertning tekshiriluv muassasasiga tekshiruvga (ekspertiza o‘tkazishga) kelgan vaqti (kuni. oy, yil), tekshirilgan obektlar moxiyati sanab o‘tiladi. Tekshiruv qismining xulosasi 2 qismdan iborat: Xususiy sintez va umu-miy sintez. Xususiy sintez qismida tekshirilgan obektlar-ning belgilari va sifatlari qayd etiladi. Ekspert psixolog ekspertiza o‘tkazishda foydalangan usul va metodikalar yordami-da olingan malumotlarning manbalarini ifoda qiladi. Umumiy sintez qismida esa olingan malumotlar bo‘yicha xulosa chiqariladi. Ekspert xulosasining keyingi qismi-xulosalar o‘tkazilgan tekshiruv mazmunining daliliy munosabatida juda xam muhim ahamiyatga egadir. Xulosalar sudya, prokuror, tergovchining savollariga javob shaklida mujassamlashadi yoki masalani asosli ravishda echa bilmaslik tariqasida olib boriladi.
Ekspertlarning tashabbusi bilan olib borilgan tekshiruv tadqiqotlar jarayonida ekspertlanuvchilardan olingan ma’lumot va dalillar tahlil qilinib xulosa chiqariladi, hamda ekspertizadan olingan natijalar rasmiylashtiriladi.
Jinoyatni ochishda sud ekspertizalarining ahamiyati katta. Jumladan, sud - psixologik ekspertizasi ham jinoyatlarni ochishga, jinoyatchining ruhiyotini aniqlashga, adolatli jazo tayinlashda katta yordam beradi. Sud-psixologik ekspertizasi quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
O‘limning sabablari va tan jarohatlarining xarakterini aniqlash maqsadida;
Gumondor yoki ayblanuvchilarning jinoiy ish qo‘zg‘atilgan paytda o‘z xatti - harakatlari uchun javob bera olish - olmasligi yoki idora qila olish - olmasligiga, shuningdek, eng asosiysi ruhiy sog‘lomligiga shubha tug‘ilganida, ularning psixik holatlarini aniqlash maqsadida;
Guvoh yoki jabrlanuvchining ishga aloqador shart - sharoitlarini to‘g‘ri idrok qilish hamda ko‘rgazma berish qobiliyatlariga shubha tug‘ilgan kezlarda ularning ruhiy va jismoniy sog‘lomligini aniqlash uchun;
Ish uchun ahamiyatli bo‘lgan, lekin tegishli hujjatlar bo‘lmagan hollarda ayblanuvchi, gumondor va jabrlanuvchining necha yoshga kirganini aniqlash uchun ekspertiza o‘tkazilishi shart bo‘lib hisoblanadi.
Qonunda ekspertizalarni tegishli mutaxassislar – shifokor, psixolog, psixiatrlarni taklif qilib o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.
Ko‘pchilik hollarda ekspertiza o‘tkazish zarurati tergovchining ixtiyori bilan hal etiladi, bu masalani hal qilish uning vakolatiga kiradi.Ekspertiza turlari va ularning imkoniyatlari.
Ekspertizaning quyidagi turlari farqlanadi:
Sud - tibbiy ekspertizasi;
Sud - psixiatriya ekspertizasi;
Sud - psixologiya ekspertizasi;
Kompleks ekspertizalar.
Sud - tibbiy ekspertiz asi jinoyatning barcha turlarida o‘tkaziladi. Jumladan, baxtsiz hodisalar, ehtiyotsizlik oqibatidan kelib chiqadigan jinoyatlar, tasodifiy yoki qasdddan amalga oshiriladigan jinoyatlar kelib chiqqada sud - tibbiy ekspertizasi o‘tkaziladi. Sud - tibbiy ekspertizasi orqali jabrlanuvchining olgan tan jarohatlari, ularning darajasi, kelib chiqadigan oqibatlari aniqlanadi.
Sud - psixiatriya ekspertizasi ham barcha turdagi jinoyatlar kelib chiqqanda o‘tkaziladi. Bunday ekspertiza orqali jinoyatchi, jabrlanuvchilarning jismoniy sog‘lomligi, aqliy jihatdan aqli rasoligi, ko‘rgazma berish uchun o‘z xatti - harakatlarini idora qila olish-qilmasligi, sud zalida o‘zini to‘g‘ri tuta olishi, savollarga to‘g‘ri, adolatli javob bera olishi yoki olmasligi aniqlanadi. Odatda sud - psixiatriya ekspertizasi sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazishdan avval olib boriladi va gumondor, jinoyatchi shaxsiga hatti - harakatlariga javob bera olishi yoki olmasligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
Sud - psixologik ekspertizasi tergov jarayonida jinoyatchining jinoiy hatti - harakatlari aniq bo‘lmagan hollarda, shuningdek, balog‘at yoshidagi o‘smirlar jinoyatga qo‘l urgan paytlarida, kattalarning balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan majburlash, nomusiga tegish, o‘z joniga qasd qilish hollarida o‘tkaziladi.
Sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazishdan asosiy maqsad jinoyatchining psixologik xususiyatlarini, jinoiy hatti - harakatlar qilayotgan paytidagi uning ruhiy holatlari, jumladan, affekt (kuchli qo‘zg‘alish, shuuriy holati), stress holati (kuchli hayajonlanish), suitsid (o‘z joniga qasd qilish) holatlarini aniqlash va jinoyatchiga to‘g‘ri psixologik tashxis qo‘yish, ya’ni uning jinoiy xatti - harakatlar qilayotgan vaqtida ongsizlik holatida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlashdir.
Kompleks ekspertizalarning mazmuni shundan iboratki, bunday ekspertizalarni o‘tkazishda turli mutaxassislar jalb qilinadi. Jumladan, psixolog, shifokor, psixiatr, texnolog, pedagog kabilarning fikrlari jamlanadi. Kompleks ekspertizalar muammolar juda murakkab bo‘lganda o‘tkaziladi.
Sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazish uslublari.
Sud - psixologik ekspertizasini o‘tkazish zarurati avvalo tergovchining ixtiyori bilan hal etiladi, ya’ni bu masalani hal qilish uning vakolatiga kiradi. Sud – psixologik ekspertizasini tayinlash, uni o‘tkazish paytida tergovchi va ekspert o‘rtasidagi psixologik munosabatlar sezilarli rol o‘ynaydi. Ularning munosabatlari o‘zaro hurmat, hamkorlik va ishonch asosiga qurilmog‘i lozim. Agar davlat ekspertizasi muassasasi hududida ekspertiza o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa, tergovchining o‘zi ana shunday muassasa va ekspertni (mutaxassisni) qidirib topadi. Bunday muassasa va ekspertni tanlashda ularning saviyasi, xolisligi, ish natijasidan manfaatdor emasligi hal qiluvchi shartlar bo‘lib hisoblanadi.
Ekspertga biror bir tarzda psixologik tazyiq o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Tergov amaliyotining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ekspertga tergovchi o‘z nuqtai nazarini o‘tkazish, xizmat lavozimidan foydalanib, psixologik tazyiq o‘tkazish, ekspertiza tadqiqotlari muddatini qisqartirishni ko‘zlab, soddaroq metodlar turini qo‘llashni talab qilish ekspertizaga tergovchi tazyiqining yo‘llari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun psixolog - ekspert yoki mutaxassis - psixolog o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda qonun asosida ish ko‘rishi maqsadga muvofiqdir.
Sud – psixologik ekspertizasini tayinlanishi, uning natijalari ayblanuvchiga kuchli psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Natijada u aksar hollarda rostmana ko‘rgazma bera boshlaydi.
Tergov amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, shaxsning hayoti, sog‘ligi, erki, sha’niga nisbatan mulkka, jamoat tartibiga, xavfsizligiga, aholi sog‘ligiga qarshi, voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha sud – psixologik ekspertizasini tayinlash zaruriyati ko‘proq tug‘iladi.
Shuningdek, tergovchida guvoh, jabrlanuvchi yoki ayblanuvchi muayyan sharoitlarni to‘g‘ri idrok qila olishi va ko‘rgazma bera olishiga shubha tug‘ilgan kezlarda ham sud – psixologik ekspertizasini tayinlanadi.
Sud – psixologik ekspertizasini o‘tkazishda psixolog quyidagi bosqichlarda ish olib boradi:
jinoiy ishni ochish uchun to‘plangan barcha ish hujjatlari bilan batafsil tanishib chiqadi;
jinoyatchi, gumonlanuvchi, jabrlanuvchilar bilan individual suhbatlar olib boradi;
ular ustida psixologik test o‘tkazadi;
test natijalari va suhbat, kuzatish uslublari orqali jinoiy hatti -harakatlarni psixologik jihatdan tahlil qiladi;
ekspertiza natijalariga asoslangan holda psixologik ekspertiza xulosasini tayyorlaydi va tergovchiga taqdim etadi;
tayyorlagan xulosasi asosida agar sud jarayonida guvohlik berilishi talab qilinsa sudda qatnashadi.
Psixolog - ekspertning kasbiy fazilatlari.
Sud – psixologik ekspertizasining predmeti ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rgazmalari haqqoniyligini tasdiqlash emas, balki so‘roq qilinayotgan shaxsning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra isbotlanishi zarur faktlarni idrok qilish, xotirasida saqlash hamda bayon eta olish qobiliyati boshidan kechirayotgan ruhiy jarayonlarga aynan muvofiqligini aniqlashdan iboratdir.
Ko‘pincha voyaga yetmagan shaxs psixologik ekspertiza obyektiga aylanadi. Psixologiyaning yordamisiz tergovchi yoki sud voyaga yetmagan shaxs yoki o‘smirning jinoiy-huquqiy ahamiyat kasb etuvchi faoliyatiga yoshiga xos alomatlarning nechog‘lik ta’sir ko‘rsatganini aniqlab ololmaydilar. Affayektiv holat jabrlanuvchining noqonuniy xatti-sharakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, jinoyatning ayrim tuzilishlarini kvalifikatsiyalashda aybni yengillashtiruvchi holatlar ekanligini aniqlash ekspert-psixolog vakolatiga kiradi. Bunday hollarda psixolog-ekspert o‘z kasbining mohir ustasi, tajribali bo‘lishi talab qilinadi. Sud – psixologik ekspertizasini tajribali, kuchli mutaxassis-psixologlar olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday ekspertiza orqasida shaxsning taqdiri turadi.
Affektiv holatning davomiyligi, intensivligi va mexanizminisud-psixologik ekspertiza metodlari bilan tadqiq etish, dastlabki tergov xulosalarining ilmiy asoslangani va dalillanishini ta’minlashda psixolog-ekspertning mahorati, kasb fazilatlari katta rol o‘ynaydi. Jinoyat sodir etilgan paytda shaxs xulq - atvorining alohida xususiyat kasb etishiga sabab bo‘lgan boshqa holatlarni tadqiq qilish ham sud-psixologik ekspertizani vakolatiga kiradi. Affektdan tashqari ularning qatoriga charchoq, qattiq qo‘rquv, og‘ir musibat, (depressiya) tushkunlik kabilarni qo‘shish mumkin.
Tergov va sud amaliyotida tug‘iladigan psixologik masalalarni hal qilish ekspert - psixologga bir qator qo‘shimcha talablarni qo‘yadi. Jumladan, psixolog - ekspert protsessual Qonunning ekspert tadqiqotlariga oid qismini, dastlabki tergov va sud - surishtiruvning maxsus shartlarini bilishi lozim.
Demak, psixolog - ekspertda quyidagi kasbiy fazilatlar shakllangan bo‘lishi jinoyatni ochishda adolatlilik tamoyiliga amal qilishga olib keladi:
psixolog - ekspert adolatli, vijdonli bo‘lishi;
psixolog tergovchiga va ayblanuvchiga nisbatan xushmuomala, madaniyatli bo‘lishi;
psixolog tajribali mutaxassis sifatida kuchli irodali, sabr - toqatli, mulohaza bilan ish yuritishi;
psixolog - ekspert xulosani o‘z vaqtida topshirishi, ya’ni tartibli, mas’uliyatli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Psixolog- ekspert ayblanuvchi bilan shaxs sifatida munosabatda bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi insoniy fazilatlar psixolog - ekspertda shakllangan bo‘lsa jinoyatchiga nisbatan adolatli ish ko‘rish amalga oshiriladi va haqiqat tezroq yuzaga chiqib, qaror topadi.
Sud - psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilish.
Psixolog - ekspert mutaxassis sifatida ayblanuvchi bilan ish olib borishda qu yidagicha tartibda ekspertiza o‘tkazadi:
ayblanuvchi, jabrlanuvchilar bilan individual suhbat o‘tkazadi;
ularning psixologik xususiyatlarini (idroki, diqqati, hissiqti, temperamenti, xarakteri, irodasi kabilarni) aniqlaydi;
kuzatish, suhbat, psixologik test kabi metodikalarni o‘tkazadi;
ayblanuvchiga ochilgan jinoyat ishi bilan batafsil tanishib chiqadi;
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda ekspertiza xulosasi tayyorlaydi.
Sud - psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilishda ayblanuvchining jinoyatni nechanchi marta sodir etganligiga e’tiborini qaratadi. Shuningdek, uning oilaviy psixologik muhitini aniqlashga harakat qiladi. Bundan tashqari, ekspertizaga oid adabiyotlar bilan tanishadi.
Demak, sudga oid psixologik ekspertizaning jinoiy xatti - harakatlarni aniqlashdagi ahamiyati juda katta ekan. Shuning uchun mutaxassis-psixologlar ayblanuvchining psixologik xususiyatlarini, uning jinoiy xatti - harakatlarni sodir etayotgan vaqtdagi ruhiy holatlarini aniqlashda juda katta mas’uliyat bilan ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.