O’zbekiston respublikasi nizomiy nomidagi



Yüklə 73,18 Kb.
səhifə1/7
tarix08.06.2023
ölçüsü73,18 Kb.
#126992
  1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI 2023 (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

“PEDAGOGIKA” KAFEDRASI


Pedagogika va psixologiya fakulteti

203- guruh talabasi Bahodirova Kamolaning


“ Ijtimoiy pedagogika” fanidan
“ O’zbekistonda ko’p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari”
mavzusidagi

KURS ISHI
Bajardi:_______________ K.J. Bahodirova
Ilmiy rahbar:___________________ “Pedagogika” kafedrasi A. Muxsiyeva

TOSHKENT- 2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………….…5

    1. Shaxs ijtimoiylashuvida oilaning oʻrni va ahamiyati……………...….…..6

    2. Jamiyatda oila bajaradigan vazifalarning mohiyati………………...........12

    3. Oilaning ijtimoiy maqomi va uning bola rivojlanishiga ta’siri………….32

    4. Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi, oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari.……………………………………………..……….....45

XULOSA…………………………………………………..………..56
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……............…………….57

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar oilani mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko'ra, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi, u jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, «Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida» 1994-yil 22-avgustda farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami kengaytirildi. Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 1998-yilni «Oila yili» deb eʼlon qildi. Shunga asosan, oila manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻrisida davlat dasturi ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan.
Prezidentimiz: «Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch bo‘lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin!», — deya ta’kidlagan.1 Shuni aytib oʻtish ham lozimki, jamiyatning tinchligi va farovonligi bevosita oila bilan bogʻliq. Oilaning qadr-qimmati va ahamiyatini yosh avlodga tushuntirish va sogʻlom avlodni tarbiyalash uchun, avvalo taʼlim va tarbiya jarayonlariga katta ahamiyat qaratmogʻimiz lozim.
Butun mavjudot orasida eng ulugʻ, eng mukarram etib yaratilgan inson, farzandi uning baxti, kelajagi uchun butun borligʻini, kerak boʻlsa butun umrini bagʻishlaydi. Bu borada bizning millatimizga – oʻzbek xalqiga etadigani kam topilsa kerak. Farzand koʻrish, uni sogʻ-salomat katta qilish, baxtu iqbolini ko‘rish xalqimiz uchun eng ezgu orzu, oliy baxt hisoblanadi. Bu bejiz emas. Chunki har bir oilaning kelajagi shu oilada qanday farzand voyaga etayotganiga bogʻliq. Oila – jamiyatning kichik, lekin gʻoyat muhim boʻgʻini. Demak, butun mamlakatning kelajagi shu yurt farzandlariga bogʻliq. Shuning uchun ham O’zbekiston mustaqillikka erishgan kunlardanoq millat taqdiri, mamlakat kelajagi haqida oʻylash, uning huquqiy asoslarini ishlab chiqish, zarur shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
Darhaqiqat, jismoniy va ma’naviy sogʻlom farzand ota-onaning baxti. Ertasini oʻylagan xalq, farzandlari sogʻligi va tarbiyasiga ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Buni Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan betimsol ishlar va uning ulkan natijalari oynadek ko‘rsatib turibdi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Oʻzbekistonning bu boradagi boy tajribasi ko‘plab davlatlar uchun namuna sifatida tavsiya etilgani ham bejiz emas.
Bugungi zamonaviy oʻzbek oilasi jahonda sodir bo’layotgan barcha ijobiy oʻzgarishu yangiliklardan oʻz vaqtida boxabar boʻlib borayotgan, taraqqiy topgan mamlakatlar oilalari tarbiyasiga aloqador boʻlgan ilg’or tendensiyalar xususida oʻz vaqtida eshitib, anglab tushunib olayotgan oila ekanligini ta’kidlash joiz. Hozirgi zamon aloqa vositalarining oʻta takomillashuvi, aloqa kommunikatsiyalarining haddan ziyod kengayishi natijasida yuksak rivojlanish yo’liga tushib olgan mamlakatlar oilalarining madaniyati, ichki ma’naviy muhiti, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, xorijiy mamlakatlar jamiyatida ayollarning tutgan o’rni va mavqeyiga aloqador muhim fakt, lavha, tadqiqot, kuzatish va safar xotiralari respublikamiz ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda, ular haqidagi fikr-mulohazalar koʻpchilik diqqat-e’tiborini tortmoqda.

Yüklə 73,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin