O’zbekiston respublikasi nizomiy nomidagi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 73,18 Kb.
səhifə2/7
tarix08.06.2023
ölçüsü73,18 Kb.
#126992
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI 2023 (1)

Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Tadqiqot jarayonida muammoning nazariy jihatdan ishlanganlik darajasi, bir guruh psixolog hamda pedagog olimlar tomonidan tadqiq etilganligini ko‘rsatadi. V.Karimova, N.Sogʻinov , I.Karimov, O.Musurmonova, O.Hasanboeva, F.Saidnazarova, A.Munavvarovlar ushbu yo‘nalish bo‘yicha ish olib borganlar.


Tadqiqotning maqsadi. O’zbekistonda ko’p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari va imkoniyatlarini o’rganish.
Tadqiqotning predmeti. Jamiyatda oila bajaradigan vazifalarning mazmunini yoritish va koʻp bolali oilalardagi ijtimoiy muhit mohiyatini o’rganib chiqish.
Tadqiqotning vazifalari:
- oilalarda ijtimoiy muhitning ahamiyatini oʻrganish;
- bolaning ijtimoiylashuvida oilaning oʻrnini aniqlash va tahlil etish;
- bola shaxsi shakllanishida mintaqaviy xususiyatlar ahamiyatini aniqlash.
Tadqiqot metodlari.
- ilmiy – nazariy adabiyotlarni o‘rganish;
- tarixiy, pedagogik - psixologik adabiyotlarni tahlil etish;
Tadqiqotning tarkibi. Kirish qismi, 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan bo’lib, jami 58 sahifadan iborat.

1.1 Shaxs ijtimoiylashuvida oilaning oʻrni va ahamiyati
Har qanday jamiyat oilalardan tarkib topadi. Oila jamiyatning kichik, biroq, eng asosiy bo’g’ini sanaladi. Zero, jamiyatning mavjudligi unda yashovchi kishilarni o’z ichiga olgan oilalarning borligi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra oila va jamiyat o’rtasidagi aloqaning mustahkamligi, bir-birini taqozo etishi nihoyatda muhim. Bu muhimlik jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishi uchun nafaqat ta’lim muassasalarida, balki oilada ham bola (farzand)lar tarbiyasini to’g’ri, samarali tashkil etishni taqozo qilishida aks etadi. Kishilik taraqqiyotining turli bosqichlarida ham oila tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelingan. To’g’ri, ba’zan bu e’tibor bir qadar sustlashgan (sobiq Ittifoq davrida sotsializm g’oyalariga ko’ra shaxsning tarbiyasida oila emas, balki jamiyatning etakchi o’rin tutishi alohida uqtirilar edi). Biroq, shuni alohida atib o’tish lozim, hech bir jamiyat va ijtimoiy tuzumda oilaning shaxs tarbiyasidagi ahamiyati, o’rni va roli butunlay inkor etilmagan. O’zbekiston hududida esa qadim-qadimdan oilaning ijtimoiy-tarbiyaviy kuchga egaligi alohida e’tirof etilib, yuksak baholangan. O’zbekiston mustaqilligi yillarida esa bu bahoning qiymati yanada oshdi. Jumladan, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida oilaning jamiyatda tutgan ijtimoiy mavqei, uning jamiyat taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi, shaxs tarbiyasida g’oyaviy asos bo’luvchi mafkuraviy qarashlarni shakllantirishdagi roliga alohida urg’u beriladi: “Oila – mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki Oila – jamiyat negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo’lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Oiladagi sog’lom muhit – sog’lom mafkurani shakllantirish manbaidir”. Shu bilan birga ushbu risolada “jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligini, o’zaro hurmat va ahillikni ta’minlash” respublika ma’naviy hayotida ustuvor o’rin tutadigan milliy mafkurani shakllantirish, uning maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo’lishi aytib o’tiladi. Darhaqiqat, oila va jamiyat o’zaro yaxlit ekan, o’z-o’zidan ijtimoiy taraqqiyotning negizi uning muhim bo’g’inida tashkil etiladigan tarbiya mazmuni, g’oya va tamoyillari asosida qo’yilishi shubhasiz. Shu sababli O’zbekiston tarixiy taraqqiyotida yangi davr bo’lgan mavjud sharoitda oilada bolalarni tarbiyalash masalasiga ham yangicha yondashuvni qaror toptirish taqozo etilmoqda. Milliy mustaqillikka erishilgach, O’zbekiston Respublikasida pedagogika fani taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Bu bosqichning o’ziga xos xususiyati milliy qadriyatlarni tiklash, asrab-avaylash, boyitish, milliy meros va madaniyat namunalarini chuqur o’rganish yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ijtimoiy harakatga uyg’un ravishda milliy pedagogik ta’limotlarni tadqiq qilish, shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalash borasidagi Sharq va Farb tajribalarini o’zaro muvofiqlashtirish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirishda, tobora jahon ta’limi standartlari darajasiga erishilayotganlikda aks etadi. O’zbekiston mustaqilligi yillarida milliy ta’lim mazmunining asosi bo’lgan –uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’qitiladigan o’quv fanlarini ilmiy-metodologik, g’oyaviy yangilash, ijtimoiy taraqqiyot, ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan eng so’nggi yutuqlar bilan boyitish, ilg’or metodika hamda pedagogik texnologiyalarni o’qitish jarayoniga samarali tatbiq etish yo’lida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jamiyatning mavjud ehtiyojidan kelib chiqib, uzluksiz ta’lim tizimida muayyan o’quv fanlarini o’qitish yo’lga qo’yildi. Mavjud o’quv fanlar mazmuni barkamol shaxs kamolotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega qarashlar, tamoyillar bilan boyitildi. Oila – jamiyatning ajralmas bo’lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo’qki, u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan alohida tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o’z baxti va saodatini, eng avvalo, oilasi bilan bog’laydi, Ya’ni, o’z uyi, oilasida baxtli bo’lgan insongina o’zini to’laqonli baxtiyor his etadi. Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat tarixi qanchalik turfa va murakkab bo’lishiga qaramay, ayniqsa, ushbu maskan o’z tizimi, tarkibi va jamiyat oldidagi majburiyatlarini bajarish nuqtai nazaridan asl mohiyatini saqlanib qolgan ijtimoiy tuzilma sanaladi. Jamiyatning ajralmas bo’lagi bo’lgan oila nafaqat har bir shaxs, balki har bir millat, elat taraqqiyotida ham muhim o’rin tutadi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo’qki, u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har qanday jamiyatning rivoji, millatning taraqqiy etishida oilaning o’rni alohida ekanligini ta’kidlar ekan, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagilarni bayon etgan: “Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas
tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”.2
Oila nikohga yoki a’zolarining ijtimoiy turmush tarzi, o’zaro axloqiy
javobgarligi va o’zaro yordamiga asoslangan qon-qarindoshlarning kichik guruhi.
Insonparvar demokratik huquqiy davlatda mavjud bo’lgan oilaga quyidagicha
ta’rif mavjud: “Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo’g’ini bo’lib, yuridik ma’noda
nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllarda bolalarni doimiy
tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli huquq va majburiyatlar bilan
bog’langan shaxslar doirasidan iborat bo’lgan milliy mustaqillik mafkurasiga,
umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an’analarga asoslangan oilaviy
munosabatlarni rivojlantirib, uni mustahkamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan
iboratdir”.3
Psixolog olimlar oilani kichik bir ijtimoiy guruh sifatida ta’riflaydilar. Oilani
tashkil etuvchi ushbu guruh nikoh orqali hamda yaqin urug’chilik rishtalari bilan
bir-biriga bog’langan bo’lib, ular o’rtasidagi munosabatlarga xos bo’lgan muhim
jihatlar – bu o’zaro mehr-muhabbat, g’amxo’rlik, mas’uliyatlilik va albatta, hayot,
turmush tarzidagi umumiylikdir.
Sotsiologiya oilaga yaxlit ijtimoiy organizmning qismi, jamiyat bo’g’ini,
ijtimoiy tarbiya jamoasi sifatida qaraydi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada sodir
bo’layotgan o’zgarishlar albatta, oilada o’z aksini topadi. Biroq boshqa – ishlab
chiqarish, kasbiy, siyosiy-ijtimoiy birlashmalardan farqli ravishda oila to’g’ridanto’g’ri qayta qurishga uchramaydi. Oilaning axloqiy, psixologik jihatdan yangilanishi uzoq, murakkab, qarama-qarshiliklarga bog’liq jarayondir.
Iqtisodiy o’zgarishlarga nisbatan yangi axloq me’yorlarga asoslangan ijtimoiy
munosabatlar oilada sekin sur’atlarda shakllanadi. Oilaviy o’zgarishlarning amalga
oshishida ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari biologik, psixologik, demografik
omillar ham ishtirok etadi.
Psixologlarning qayd etishicha, shaxs hayotining birdan-bir to’g’ri yo’li – bu
oilaviy hayot sanaladi. Oilaviy hayotning samarasi unda sog’lom muhit qaror
topganligi bilan belgilanadi. Binobarin, “oila sog’lom ekan, jamiyat mustahkam,
jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir”4 .
Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek,
oila muhim tarbiya o’chog’i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar,
momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o’tgan yaxshi
udum, odatlar mavjud. Pedagog olima M.Inomova oilaning quyidagi jihatlarini
alohida ajratib ko’rsatgan:
- oila o’ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega;
- oila bola uchun o’ziga xos “ko’zgu” bo’lib, ota-onaning shaxsiy namunasi,
ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi;
- oila o’ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo’lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy
his-tuyg’ular jamuljam bo’ladi;
- oila sharoitida bolalarda o’zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg’ulari ham
tarbiyalanadi;
- oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning
muhim omili sanaladi;
- oila – er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi. Ota-onaning bir-biriga
bo’lgan muhabbati bolaga ta’sir ko’rsatadigan asosiy tarbiyaviy omillardan biriga
aylanishi mumkin.5
Demak, oila – tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning
vazifasini bajara olmaydi.
Oila hayoti ko’p tomonlamali munosabatlar bilan tavsiflanadi: ijtimoiybiologik, xo’jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik. Oila rivojining har bir bosqichi bir
funktsiyasining tugashi, boshqasining paydo bo’lishi, uning a’zolarining ijtimoiy
faoliyatining o’sib borish ko’lami va tavsifi bilan bog’liq. V.A.Slastenin, I.F.Isaev,
E.N.Isaevlarning fikricha, oila jamiyat va shaxsga munosabati bo’yicha muhim
ijtimoiy ahamiyatga ega funktsiyalarni bajaradi.
Oila har bir shaxs hayotida o’ta muhim ahamiyatga ega. Zero, har bir shaxs
oilada dunyoda keladi, unda qaror topgan muhitda yashaydi, kamolotga erishadi,
tarbiyalanadi. Shaxsning ruhiyati, irsiy, etnik hamda mental xususiyatlari, axloqiy,
jismoniy, irodaviy sifatlari va dunyoqarashining shakllanishida ham oila “yadro”
bo’lib xizmat qiladi.
“O’zbek tilining izohli lug’ati”da “oila” atamasi arab tilidan tarjima qilinganda
“bola-chaqa”, “xonadon”, “urug’”, “avlod” ma’nolarini anglatilishi aytilib, u
bevosita shaxsga dahldorlik nuqtai nazaridan tushuncha sifatida shunday
ta’riflanadi: “Er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan
iborat birga yashovchi kishilar majmui”.
“O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi”da esa oilaning nikoh yoki tug’ishganlikka asoslangan kichik guruh ekanligi ta’kidlanadi. 6
Demak, oila – o’zaro rozilikka asoslangan nikoh va qon-qarindoshlik rishtalari asosida birlashgan kishilar majmui. Oilaning shakllanishi va mavjud bo’lishi negizida ikki jins – er va xotin o’rtasida tuzilgan nikoh yotadi. Nikoh – oila qurish,
farzand ko’rish va ularni tarbiyalash maqsadida ikki jins vakillarining o’zaro
roziligi asosida tuzilgan, huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan ittifoqi. Rasmiy nikoh unga kirishayotgan ikki jins vakili – erkak va ayolga birgalikda kechiriladigan turmushda, shuningdek, tug’iladigan farzandlar oldida ma’lum majburiyat (burch) va huquqlarga ega bo’lish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga oila shakllantirilgandan so’ng farzandlarning tug’ilishi o’z-o’zidan nikohlangan ikki jins vakili – erkak va ayolning ota hamda ona maqomiga ega bo’lishini ta’minlaydi. Ota va ona biologik jihatdan farzandlarga ega bo’lib, ularga ijtimoiyhuquqiy jihatdan vasiylik qilish, keksaygan chog’larida esa ularning
g’amxo’rliklariga munosib bo’lgan erkak va ayol. Farzand (farzandlar) – bitta
ota-onadan dunyoga kelgan o’g’il yoki qiz (lar).7
Oila ota-ona va farzandlardangina iborat bo’lmay, balki keksa avlod (buva, buvi) hamda qarindoshlarni ham o’z ichiga oladi. Buva – ota yoki onaning otasi bo’lsa, buvi – ota yoki onaning onasi sanaladi. Qarindoshlar oilaga qondoshlik nuqtai nazaridan birlashadi. Qarindoshlik – bir avlod-ajdodga mansub bo’lib, bir necha kishidan iborat guruhni qondoshlik asosida muayyan oilaga birlashishini
ifodalovchi biologik-ijtimoiy hodisa.

Yüklə 73,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin