O’zbekiston respublikasi nizomiy nomidagi


Jamiyatda oila bajaradigan vazifalarning mohiyati



Yüklə 73,18 Kb.
səhifə3/7
tarix08.06.2023
ölçüsü73,18 Kb.
#126992
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI 2023 (1)

1.2. Jamiyatda oila bajaradigan vazifalarning mohiyati
O'zbekistonda har yili 520000 dan koʻproq bola tugʻiladi. Demak, ana shu dunyoga kelayotgan farzandlarimizning jismonan, aqlan, ruhan va axloqan sog'lom boʻlishlari haqida g'amxo'rlik qilish har birini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bola tarbiyasi va sog'lig'i haqida u tug'ilmasdan ancha oldin, homiladorlik davridan oldin va homilaning dastlabki kunlaridanoq qayg'urmoq zarur. Butun dunyoda har yili homiladorlik va tug'ruq asoratlaridan 500 000 ga yaqin ayol nobud boʻladi. Shuning uchun oilada homilador ayollarga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, homilani parvarishlashda ajdodlarimiz o'gitlariga tayangan holda tarbiya bermoq zarurdir.
Oilada kelishmovchiliklar, oʻzaro nizolar, ajralishlar soni tobora ko'paymoqda. Buning natijasida hozirgi davrda notoʻliq oilalar soni ortib bormoqda. Sotsiologik ma'lumotlarga qaraganda balog'atga yetmagan jinoyatchilarning 61 foizini notoʻliq oilada o'sgan o'smirlar sodir qilmoqdalar. Buning ham sabablarini aniqlash va bartaraf qilishning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish muhim ilmiy muammo bo'lib qolmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ota-onaning kundalik tirikchilik bilan bandligi bola tarbiyasi uchun bo'sh vaqtning kamligi, buning natijasida farzandlarning nazoratsiz qolishlari, tele-video ko'rsatuvlar orqali axloqsizlik, zo'ravonlik, vahshiylikni targ'ib qiluvchi filmlarni tomosha qilishlari, ularning axloqiga yomon ta'sir ko'rsatmoqda. Yoshlar bo'sh vaqtlarini oilada samarali o'tkazishlarini tashkil etish muhim boʻlib qolmoqda, ayollar jamiyatning barcha sohalarida faol ishlamoqdalar, shu bilan birga oilaning reproduktiv funksiyasini bajarib, farzand ko'rib, uni parvarishlash, tarbiyalash, uy-ro'zg'or yumushlari ham ularning zimmasiga tushmoqda. Natijada ular jismonan, ruhan charchab toliqmoqdalar. Bugungi kunda erkaklarning yashash umri tobora qisqarayotgani g'oyat achinarli hol. Bu ijtimoiy muammolar oiladagi muhit, munosabat va axloqiy tarbiyaga ta'sir ko'rsatishini atroflicha tadqiq etish, konstruktiv-ratsional amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish jamiyatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Ko'rinib turibdiki, qadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aqlli, farosatli, tafakkuri chuqur – bir so'z bilan aytganda, ijtimoiy faol farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. Xalq bunday xayrli ishda o'z kuchini ayamagan fazilatli insonlarni, ota va onalarni sevadilar, e'zozlaydilar va hurmat qiladilar. Bunday tafakkurga boy, kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. Oila ana shunday tabarruk qal'adir. U qanday qurilishi lozim. Oila oʻzi nima, uning maqsad va vazifalari nimadan iborat bo'lishi kerak.
Oila – voyaga yetgan ikki jinsning sevish, ardoqlash, hurmat qilish asosida, ixtiyoriy ravishda, qalb og'ushi ila tuzilgan qonuniy ittifoqidir. Moʻjazgina bir qal'a qurildi. Endi bu qal'ada bekinmachoq o'ynalmaydi. Yoshlikdagi o'yinqaroqlik, beboshlik, erkalik, loqaydlik o'rnini sezgirlik, mas'uliyat, andisha, javobgarlik kabi fazilatlar egallay boshlaydi. Bunga har bir yosh tayyorlanib, mas'uliyat ko'nikmasini his qilib, oila maqsadi va vazifalarini tushunib, uqib bormog'i lozim. Oila maqsadi ikki jinsning o'zaro kelishuvi asosida – farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta'minlash.
Oila vazifasi er-xotinning birgalikda xoʻjalik yuritish – asosida oilani ham ma'naviy, ham iqtisodiy jihatdan ta'minlash hamda jamiyatga sog'lom, aqlli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash.
Oila va uning o‘ziga xosliklari. Oila shaxs tarbiyasida, boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda, eng muhim vazifalarni bajaradi. Chunki aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy me’yorlar shakllanadi. Oila omili insonga bugun umri davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy maqomlarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o‘z-o‘zini belgilab olishiga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi.

“Oilaviy munosabatlar — oliy qadriyat” deb hisoblangan bizning respublikamizda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda baland bo‘lib, u o‘z mavqeini hozirgacha sakdab kelmokda. O‘zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko‘nikmalar avloddan- avlodga o‘tib kelmokda. Ko‘p bolali o‘zbek oilalarida patriarxat tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan. Biroq bugungi kunda oila inqirozi ko‘pgina oilalar, shu jumladan, o‘zbek oilapariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmokda. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan, oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormokda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagoglar yordamiga muhtoj bo‘lib qolgan.
Oila ikki yo‘nalishda mavjud bo‘ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda, oila qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan qamjamiyat bo‘lsa, ikkinchi holatda esa, insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir.
Jamiyatda oila bir nechta funksiyalarni bajaradi:

Yüklə 73,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin