Elektr energetikasi


Masala Energetic nuqtai nazaridan 5 daqiqa davomida 1 xil haroratli suvda vanna qabul qilish yoki dush qabul qilish foydaliroq? Yechish



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə10/31
tarix20.06.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#133255
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Elektr energetikasi

4.4. Masala
Energetic nuqtai nazaridan 5 daqiqa davomida 1 xil haroratli suvda vanna qabul qilish yoki dush qabul qilish foydaliroq?
Yechish
Vannaning hajmi 200 l ni tashkil qiladi. Foydalilik nuqtai nazari – sarflangan suv miqdoridir. Vanna uchun bu 200l. Dush uchun sarflangan suyuqlik miqdori:
W= AVt,
Bu yerda, W – suyuqlik hajmi, m3;
A – 0.785 d2 teng quvur kesim yuzasi,m2;
d – quvur diametric, m;
V – suyuqlik oqish tezligi, m/s;
t- berilgan hajmda oqadigan vaqt,sek.
Suyuqlik oqish tezligini quyidagicha aniqlash mumkin.

Bu yerda, g= 9.81m/s2 – erkin tushish tezligi;
h- suyuqlik ustunining balandligi, masalan h=10m. suv bosimi 10m, dush quvur kesim diametric 0.005m bo`lganda 5 daqiqa davomida suv sarfi quyidagini tashkil etadi.

0,2 : 0,082 = 2,5.
Demak, dush 2.5 marta tejamli.


4.5. Masala
Dvigatelning ichki qizishida har 4l benzinda 2l azot ishqori hosil bo`ladi. Agar o`rtacha 100km da 15l sarflagan holda kuniga 40 ming km yursa,har bir avtomobil 1 yilda shahar atmosferasiga qancha azot ishqorini chiqaradi. Shaharda 10000 avtomobil ro`yxatga olingan.


Yechish
Har bir avtomobil yiliga: 40000*15/100=6000l benzin sarflaydi.
Bunda (6000/4)*2=3000l azot ishqaori yoki yil davomida:
3000*10000=30000000 azot ishqorini atmosferaga chiqaradi.


4.6. Masala
Podyezdlarda va zinalarda o`rnatilgan yoritish uskunalari - bu elektr energiyaning sezilarli darajadagi tejamkorlik rezervidir.
Yechish
Taxminan hisoblaymiz. Siz yashayotgan zina katakchalarida quvvati 40 Vt bo`lgan elektr cho`g`lanma lampalari yonib turibdi deb tasavvur qilamiz. Ayrim uylarda lampalar uzluksiz yonadi. Bunday lmpalar 1 sutkada:
0.04kVt*24soat=0.96kVt*soat/sutka
Agar uy 10 qavatli bo`lsa, unda iste`mol energiyasi har bir podyezdda:
0.96kVt*soat*9=8.64 kVt*soat/sutka
6 podyezdli uylar uchun:
8.64 kVt*soat*6=51.84 kVt*soat/sutka bo`ladi.
6 podyezddan iborat 10 qavatli uylarda podyezdlarini yoritishga yiliga :
51.84 kVt*soat*365kun=18921.6 kVt*soat/yil=19 mVt*soat/yil energiyani iste`mol qiladi.
0.7 rub/kVt*soat tarifida iste`mol qilingan energiya narxi 19000 kVt*soat/yil*0.7 rub/ kVt*soat= 13300rub/yil ni tashkil etadi.



Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin