Elektr energetikasi



Yüklə 319,3 Kb.
səhifə25/50
tarix13.07.2023
ölçüsü319,3 Kb.
#136473
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Elektr energetikasi-hozir.org

AMALIY ISH №4

Mavzu: Transformatorlarni parallel ishlashini o’rganish.
.

Ishning maqsadi: Uch fazali transformatorlar parallel ishlash shartlarini urganish.
Ikki (yoki undan ko’p) transformatorlarning birlamchi chulg’amlari bitta elektr tarmog’idan (manbaidan) energiya bilan ta’minlanib, ikkilamchi chul-g’amlari esa umumiy iste’molchiga (yoki tarmoqqa) ulangan holdagi ishini transformatorlarning parallel ishlashi deyiladi.
Transformatorlarni parallel ishlatish iste’molchilarni elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlashda katta amaliy ahamiyatga egadir. Masalan, parallel ishlayotgan transformatorlardan birortasida avariya holati sodir bo’lsa yoki ta’mirlash uchun uni manbadan ajratganda ham energiya ta’minoti uzilmaydi, chunki bu holda iste’molchilar elektr energiyani parallel ishla-yotgan boshqa transformator(lar)dan oladi.
Podstantsiyaning umumiy yuklamasi oshganda parallel ishlayotgan trans-formatorlarning soni oshirilib, yuklama kamayganda esa transformator-larning bir qismi tarmoqdan ajratib qo’yiladi. Transformatorlar yukla-masining shu tarzda optimallanishi, ularning energetik ko’rsatkichlari (FIK va cos)ni yaxshilaydi.
Transformatorlarni parallel ishlashga ulash shartlari. Transfor-matorlarni parallel ishlashga ulashda ularning chulg’amlarida tenglashti-ruvchi toklarning vujudga kelmasligi va umumiy yuklama parallel ulangan transformatorlarning quvvatiga mos holda taqsimlanishi zarur bo’ladi. Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi talab qilinadi:
1) parallel ulanadigan va ishlab turgan transformatorlarning birlamchi nominal kuchlanishlari o’zaro teng (U1.N(I)= U1.N(II)= …) va ikkilamchi nominal kuchlanishlari ham teng bo’lishi, ya’ni liniyaviy transformatsiyalash koeffitsientlari (k) bir xil bo’lishi lozim:
kl.I  kl.II  kl.III  ... (6.5)
2) parallel ulanadigan va ishlab turgan transformatorlarning qisqa tutashuv kuchlanishlari bir xil bo’lishi kerak, ya’ni
uqt. I  uqt. II  uqt. III  ... (6.6)
3) transformatorlar chulg’amlarining ulanishi bitta guruhga taalluqli bo’lishi lozim.
I kkita bir fazali kuch transformatorlarini parallel ishlashga ulash
sxemasi 6.5,a-rasmda va parallel ishlashga ulangan ikkita uch fazali kuch transformatorining sxemasi 6.5,b-rasmda ko’rsatilgan.
Transformatsiyalash koeffitsientlari kl, ularning o’rta-cha arifmetik qiymatlaridan farqi  0,5 foizgacha, qisqa tutashuv kuchlanishlari uqt esa
(10) foizgacha farqli bo’lgan hollarda ham transformatorlarni parallel ishlatish mumkinligi standartda belgilangan. Undan tashqari parallel ish-laydigan transformatorlar nominal quvvatlarining farqi uch martadan osh-masligi kerak, chunki transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi uqt uning nominal quvvati va kuchlanishi oshgan sari oshib boradi.



Yüklə 319,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin