Elektr energetikasi


Mavzu: Mustaqil va parallel kuzgatishli uzgarmas tok mashinalarining tuzilishi bilan tanishish



Yüklə 319,3 Kb.
səhifə28/50
tarix13.07.2023
ölçüsü319,3 Kb.
#136473
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Elektr energetikasi-hozir.org

Mavzu: Mustaqil va parallel kuzgatishli uzgarmas tok mashinalarining tuzilishi bilan tanishish

Ishning maqsadi. Mustaqil va parallel quzg’atishli o’zgarmas tok generatorining tuzilishi va asosiy xarakteristikalari bilan tanishish; salt yurish va tashqi xarakteristikalarni olish.

Nazariy qism. O’zgarmas tok generatori mexanik aylanma harakatni (energiyani) elektr energiyaga aylantirib beradi, u ko’zgalmas qism-o’zgarmas tok elektr magnitli mashina asosidan, mexanik energiya keltiriladigan va unda o’zgaruvchan EYuK induksiyalanadigan aylanidigan yakordan hamda o’garuvchan EYuK ni o’zgarmas EYuK ga aylantirib beradigan cho’tkalari bo’lgan kollektordan iborat. Parallel kuzgatishli generator shunisi bilan harakterlanadiki, uning kuzgatish chulg’ami asosiy qismlariga parallel, ya’ni yakor chulg’amiga parallel ulangan. Generator qismlaridagi kuchlanishni rostlash uchun kuzgatish tokiga bog’liq bo’lgan mashinaning magnit oqimini o’zgartirish kerak. Magnit oqimi esa reostat yordamida yoki birlamchi dvigatel aylanish tezligi (chastotasi) ni oshirib yoki kamaytirib o’zgartiriladi. Parallel kuzgatish generatorlarni sinashda salt yurish va tashqi xarakteristikalar olinadi. Salt yurish xarakteristikasi-yuklama toki bo’lmaganda (I=0), ya’ni tashqi zanjir uzik va o’zgarmas nominal aylanish tezlikda (chastotasida) generator EYuK Ye0 ning kuzgatish toki Iu ga borlikligidir. Bu xarakteristikani olishda (8.1-rasm) sinaladigan generator yakoridan kuzgatish chulg’amini uzib ko’yish va kuzgatish tokini boshqa o’zgarmas tok manbaidan o’tkazish tavsiya etiladi. Natijada mustakil kuzgatish hosil bo’ladi. Salt yurish xarakteristikasini olish uchun generatorni yordamchi elektr dvigatel vositasida yurgizib yuborish (8.2-rasm) va uning aylanish tezligini (chastotasini) o’zgartirmasdan saklab turish lozim.

8.1-rasm. Kuzgatish chulg’ami tashqi manbaiga ulangan parallel kuzgatishli o’zgarmas tok generatorining salt ishlash xarakteristikalarini olish uchun o’lchash asboblarini ulash sxemasi: Y-generator yakori, S-generatorni kuzgatish chulg’ami, ru-kuzgatish zanjiridagi reostat, Ru-kuzgatish zanjiradagi ulagich.
Salt yurish xarakteristikasini olishni ulagich Ru ni ajratib ko’yib, ya’ni generator kuzgatish chulg’amida elektr toki bo’lmaganda boshlash lozim.
Voltmetr yakor chulg’amidagi qoldiq magnetizmning magnit oqimi hosil kilgan generator EYuK ini ko’rsatadi:


Ye0=kΩF,
bunda k=rN/(2 a) - o’zgarmas tok mashinasi doimiysi, r -juft qutblar soni; N-yakor chulg’ami aktiv simlari (o’tkazgichlari) soni; a-juft parallel tarmoqlar soni, -aylanish chastotasi ga 2 n/60 teng, 1/sek.
SHundan keyin Ru ulagich ulanadi, generatorning kuzgatish chulg’ami zanjiridagi ru qarshilik asta-sekin kamaytirila boriladi, natijada kuzgatish toki orta boradi va xarakteristikaning ko’tariluvchi tarmogi hosil kilinadi. Generator chiqishlaridagi kuchlanishni 1,2·Un ga yetkazgandan keyin generator reostatining qarshiligi ru oshiriladi, buning okibatida salt yurish xarakteristikasining pasayuvchi tarmogi olinadi. Generatorning aylanish chastotasi (tezligi) taxometr bilan o’lchanadi. Salt yurish xarakteristikasini olishda reostat surgichini faqat bir tomonga surish mumkin: xarakteristikaning ko’tariluvchi tarmogini olishda qarshilik ru kamaytiriladi, pasayuvchi tarmogini olishda esa qarshilik oshira boriladi.


Yüklə 319,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin