Yirik agregatlardan foydalanish mumkinligi. Energetika tizimida o‘rnatiluvchi agregatlarning maqsadga muvofiq bo‘lgan eng katta quvvati tizimning umumiy yuklamasi bilan belgilanadi. Shu sababli kichik tizimlarda foydalaniluvchi agregatlarning quvvatlari ham nisbatan kichikdir. Tizimning kattalashishi bilan unda foydalaniluvchi agregatlarning quvvatlarini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Boshqa tomondan, katta quvvatli bitta agregatni qurish va undan foydalanish xarajatlari umumiy quvvati unga teng bo‘lgan bir nechta agregatlarni qurish va foydalanish xarajatlariga nisbatan kichikdir.
6.4. Elektr energiyaning sifati
Elektr energiyaning sifati, avvalo, tarmoqdagi kuchlanish va chastotani ularning me’yorlangan qiymatlariga mos kelish darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi. Odatda, texnik va iqtisodiy nuqtayi nazaridan barcha elektr iste’molchilari va apparatlarining nominal parametrlarda ishlashi (fnom, Unom, Inom) maqsadga muvofiq hisoblanadi. Boshlang‘ich bosqichlarda elektr energiyaning sifat muammosi tarmoqdagi kuchlanish va chastotani
ularning nominal qiymatlariga yaqin darajada tutib turishdan iborat edi. So‘nggi yillarda ko‘p miqdordagi yuklamasi tez o‘zgarib turuvchi, shuningdek, yuklamasi fazalar bo‘yicha bir tekis taqsimlanmagan va nosinusoidal kuchlanish hamda tokni hosil qiluvchi noan’anaviy elektr qabul qilgichlar (EQQ) paydo bo‘ldi. Ular qatoriga prokat stanlari, yoyli po‘lat erituvchi pechlar, to‘g‘rilagich qurilmalar, elektrlashtirilgan transport vositalari, elektroliz qurilmalari kabilar kiradi. Bunday EQQlar elektr energiyaning sifatini buzilishiga olib keladi.
Hozirgi davrda 50 Gs chastotali uch fazali va bir fazali umumfoydalaniladigan elektr tarmoqning EQQlar yoki iste’molchilar ulanadigan nuqtalarida elektr energiya sifatiga bo‘lgan talabni belgilovchi davlat standarti amal qiladi.
Elektr energiyaning sifat ko‘rsatkichlari (EESK) ikki guruhga bo‘linadi: asosiy EESK va qo‘shimcha EESK.
Asosiy EESKga kuchlanishning og‘ishi, kuchlanish diapozoni, kuchlanish tebranishlarining dozasi, kuchlanish egri chizig‘ining nosinusoidallik koeffitsiyenti, -chi garmonik tashkil etuvchi koeffit-siyenti, kuchlanishlarning ketma-ketlik koeffitsiyenti, kuchlanishlarning nol ketma-ketlik koeffitsiyenti, chastotaning og‘ishi kiradi.
Qo‘shimcha EESKlar boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarda foydalaniluvchi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
Chastotaning og‘ishi butun energetika tizimi uchun bir xildir, chunki, uning ayni vaqtdagi qiymati generatorlarning aylanish chastotasi bilan belgilanadi. Normal turg‘un holatlarda barcha generatorlar sinxron chastotaga egadir. Shu sababli, chastotaning og‘ishi elektr energiya sifatining umumtizimiy ko‘rsatkichidir. Kuchlanish tarmoqning turli nuqtalarida turlicha qiymatlarga ega. Shu sababli, kuchlanish elektr energiya sifatining lokal ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Elektr tarmoqlarning real holatlarida kuchlanishlar doimo nominal kuchlanishdan farq qiladi. Bu farqni bir qator – kuchlanishining og‘ishi, kuchlanishning o‘zgarish diapazoni, kuchlanish tebranishining dozasi kabi EESK xarakterlaydi.
Kuchlanishning og‘ishi – bu kuchlanishning haqiqiy U va tarmoq
uchun nominal Unom qiymatlari orasidagi farqdir.
|
|
Agar U va U nom volt yoki kilovoltlarda ifodalansa,
|
u holda
|
kuchlanish og‘ishi shu birliklarda quyidagicha aniqlanadi:
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |