Elektr enyergiyasi sanoati


Talimarjon issiqlik elektr



Yüklə 451,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix02.01.2022
ölçüsü451,38 Kb.
#38489
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
elektr energiyasini ishlab chiqarish

6.Talimarjon issiqlik elektr 

 

       Energetika  sohasi  har  qanday  mamlakat  iqtisodiyotining  muhim  bo´g´ini 

hisoblanadi.  Moddiy  ne´matlar  ishlab  chiqarish  quvvatlarining  oshishi  va  aholi 



 

22 


turmushi  darajasining  yuksalishi  ko´p  jihatdan  uning  rivojiga  bog´liq. 

Iqtisodiyotimiz  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichida  aholining  elektr  energiyasiga 

muttasil  o´sib  borayotgan  talabini  samarali  qondirish,  mavjud  elektr  stansiyalari  va 

tarmoqlarini  modernizasiya  va  rekonstruksiya  qilish,  yuqori  texnologiyalar 

negizida  ishlovchi  yangi  quvvatlarni  qurib  foydalanishga  topshirish  dolzarb 

ahamiyat 

kasb 

etmoqda. 



          2004-yilning  oxirida   Talimarjon  issiqlik  elektr  stansiyasida  quvvati  800 

MVtli  energoblokning  ishga  tushirilishi  mamlakatimiz  hayotida  muhim  voqea 

bo´ldi.  Ushbu  inshoot  o´z  ko´rsatkichlari  bo´yicha  Markaziy  Osiyo  mintaqasida 

yagonadir.  Mazkur  elektr  stansiyasining  aynan  bizning  viloyatimizda  qurilishi 

nafaqat  gaz  konlarining  borligi,  balki  kimyo  va  neftni  qayta  ishlash  sanoatining 

ancha 


taraqqiy 

etgani 


bilan 

izohlanadi. 

         Stansiyada 

ishlab 


chiqarilayotgan 

elektr 


energiyasi 

qudratli 

nasos 

stansiyalarini  harakatga  keltirish,  shuningdek,  Sho´rtan  va  Ko´kdumaloq  gaz-



kimyo  majmualari  kabi  yirik  sanoat  korxonalarining  uzluksiz  ishlab   turishiga 

imkon 


yaratmoqda. 

       ―O´zbekenergo‖  davlat  aksiyadorlik  kompaniyasidan  olingan  ma´lumotlarga 

ko´ra,  Talimarjon  issiqlik  elektr  stansiyasi  faoliyati  yo´lga  qo´yilganidan  to  shu 

kunga  qadar  54  milliard  kVt/soatdan  ko´proq  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarilgan.  

         Hozirgi  vaqtda  mamlakatimizda  energetika  tarmog´ini  rivojlantirishga 

yanada  keng  e´tibor  qaratilmoqda,  xususan,  tegishli  ob´ektlarni  modernizasiya 

qilish  bo´yicha  investisiyaviy  dasturlar  amalga  oshirilmoqda.  Bundan  ko´zlangan 

maqsad  mahsulot  tannarxini  kamaytirish,  elektr  stansiyalarining  ishonchli  va 

tejamkor  ishlashini  ta´minlash,  uning  atrof-muhitga  zararini  keskin  pasaytirishdan 

iborat. 


           Prezidentimizning  2013-yil  7-martdagi  tegishli  qaroriga  asosan,  shu 

kunlarda  Talimarjon  IESda  har  birining  quvvati  450  MVtli  2  ta  bug´-gaz 

qurilmasini  barpo etish bo´yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu qurilmalar   

2016-yilning  3-  va  4-choraklarida  ekspluatasiya  qilinishi  ko´zda  tutilgan. 

        Hozirgi  vaqtda  loyiha  bosh  pudratchisi  –  Janubiy  Koreyaning  «Hyundai 



 

23 


Engineering  and  Construction‖  va  ―Daewoo  International  Corporation‖ 

kompaniyalari  konsorsiumi  tomonidan  mahalliy  subpudratchi  tashkilotlar  bilan 

hamkorlikda 

qurilish-montaj 

ishlari 

bajarilayapti. 

       Bug´-gaz  qurilmasi  ikkala  blokining  ishga  tushirilishi  elektr  energiyasi  ishlab 

chiqarishga  sarflanadigan  yoqilg´i  va  unga  ketadigan  xarajatlarini  kamaytirish, 

shuning  hisobidan  butun  energotizim  tejamkorligini  oshirish  imkonini  beradi. 

          Shuningdek, O´zbekiston Respublikasi Prezidentining  2011-yil   

27-avgustdagi  qarorida  belgilangan  216  kilometr  uzunlikdagi  500  kVli  havo 

liniyasini  qurish  bo´yicha  salmoqli  ishlar  amalga  oshirildi.  Xususan,  mazkur  loyiha 

doirasidagi  qurilish-montaj  ishlari  to´liq  yakunlandi.  Natijada  Talimarjon  IESdagi 

500  kVli  ochiq  taqsimlash  uskunasi  Samarqand  viloyatidagi  ―So´g´diyona‖ 

nimstansiyasiga 

ulandi. 


       Ushbu loyihaning  asosiy maqsadi mamlakatimiz  energetika  tizimining   

Janubi-G´arbiy  va  Janubiy  qismlari,  respublikamizning  Janubi-G´arbiy  mintaqasi 

yangi  kiritilgan  iste´molchilarini  elektr  energiyasi  bilan  samarali  ta´minlashga 

erishish  va  elektr  energiyasini  tashishda  yo´qotishlarni  kamaytirish  hisoblanadi. 

Talimarjon  issiqlik  elektr  stansiyasida  yangi  quvvatlar  ustida  ish  olib  borilayotgani 

va 


mavjud 

uskunalarning 

rekonstruksiya 

qilinishidan 

tashqari, 

yangi 


texnologiyalarni  qo´llash  va  ekologik  xavfsizlik  masalalariga  ham  alohida  e´tibor 

qaratilmoqda.  Hozirgi  vaqtda  korxonada  zararli  moddalarning  atmosferaga 

chiqishini 

kamaytirish 

imkonini 

beruvchi 

texnologiyalardan 

keng 


foydalanilayotgani  ahamiyatga  molik. 

 

 



 

 

 



 

 



 

24 



Yüklə 451,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin