Elektr enyergiyasi sanoati


Issiqlik elektr markazlari



Yüklə 451,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix02.01.2022
ölçüsü451,38 Kb.
#38489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
elektr energiyasini ishlab chiqarish

Issiqlik elektr markazlari 

          Bu  turdagi  elektr  stansiyalari  sanoat  korxonalari  va  shaharlarni  issiqlik 

hamda 


elektr 

energiyasi 

bilan 

markazlashgan 



usulda 

taminlash 

uchun 

mo‘ljallangan.  Ular  ham  KES  lar  kabi  issiqlik  stansiyalari  bo‘lib,  turbinalarda 



―ishlatib  bo‘lingan‖  bug‘ning  issiqligidan  sanoat  ishlab  chiqarish  ehtiyoji, 

shuningdek,  isitish,  havoni  konditsionerlash  va  issiqlik  suv  bilan  ta‘minlash  uchun 

foydalanilishi  bilan  KES lardan  farq qiladi.  

         Energiyaning  ma‘lum  turi  elektr  energiyaga  aylantirilishiga  ko‘ra  elektr 

stansiyalar  uch  uch  guruhga  :  issiqlik,  gidroelektrostansiyalari  va  atom  elektr 

stansiyalariga  bo‘linadi. 

 

4-rasm 


          Issiqlik  elektr  stansiyalarida  yoqilg‘ining  yonish  issiqligi  elektr  energiyaga 

aylantiriladi.  Bu  stansiyalar  o‘z  navbatida,  bug‘  turbinali  va  ichki  yonuv  divigatelli 

stansiyalarga  bo‘linadi. Bug‘ turbinali  stansiyalar  keng tarqalgan. 

          Issiqlik  –  bug‘  elektr  stansiyalarida  yoqilg‘ining  ximiyaviy  energiyasi  bug‘ 

qozonlarida  bug‘ning  kinetik  energiyasiga  aylanadi,  so‘ngra  bu  energiya  turbina 

bilan  umumiy  valga  o‘rnatilgan  generatorda  elektr  energiyaga  aylanib, 

stansiyaning  taqsimot  qurilmasi  shinalariga  beriladi.  Turbinada  o‘z  ishini  bajarib 

bo‘lgan  bug‘  oqar  suv  bilan  sovutiladigan  kondensatorga  keladi  va  isigan 

kondensat  issiq  suv  tarzida  qozonga  qaytadi.  Issiqlik  elektr  stansiya  (IES)  larda 



 

energiyadan  tashqari,  bug‘  issiq  suv  tarzida  issiqlik  ishlab  chiqariladi.  Bu  xolda 



turbinada  o‘z  ishini  bajarib  bo‘lgan  bug‘dan  isitish  tarmoqlarida  yoki  sanoat 

korxonalarida  texnologik  jarayonlarda  foydalaniladi.  Shuning  uchun  IES  larning 

energetik  foydali  ish  koeffitsiyenti  kondensatsion  elektr  stansiyalarnikidan  hamma 

vaqt  yuqori  bo‘ladi.  Ma‘lumki,  kondensatsion  elektr  stansiyalarida  issiqlik 

energiyasining  bir  qismi  kondensatorlarda  sovituvchi  oqar  suvga  beriladi  va  hech 

qancha foyda bermaydi. 

        Ichki  yonuv  dvigatelli  issiqlik  elektr  stansiyalarida  yoqilg‘ining  dvigatel 

silindrida  yonish  jarayonida  uning  ximiyaviy  energiyasi  bevosita  mexanik 

energiyaga  va shundan so‘ng generatorda elektr energiyaga  aylanadi.   

        Odatda organik yoqilg‘i va yadro yoqilg‘isida ishlaydigan  asosan kuchli  

IES  lar,  issiqlik  bilan  ta‘minlaydigan  atom  stansiyalari  va  katta-katta  qozonlar 

qurish hisobiga issiqlik  bilan  ta‘minlashni  yanada markazlashtiradi. 

         Issiqlik  elektr  stansiyasi  issiqlik  dvigatellari,  bug‘  turbinalari,  ichki  yonuv 

qurilmalaridan  iborat  bo‘ladi.  Sharoitga  qarab  issiqlik  elektr  stansiyasida  gaz, 

ko‘mir,  mazut,  torf  yoqiladi.  Issiqlik  elektr  stansiyasi  ikkiga  bo‘linadi: 

kondensatsion  elektr  stansiyasiga  (faqat  elektr  energiyasi  hosil  qiladi)  va  issiqlik 

elektr  markazi  (IES)  ga  (unda  elektr  energiya  hosil  qilinadi,  issiq  bug‘ va issiq suv 

ishlab  chiqariladi).  Issiqlik  elektr  stansiyasi  yagona  elektr  sistemalariga 

birlashtirilishi  yoki alohida  ishlatilishi  mumkin.   

 

         Mustaqil  respublikamizda  Toshkent,  Farg‘ona,  Quvasoy,  Angren,  taxiatosh 



va  boshqa  shahar  hamda  viloyatlarida  bir  necha  issiqlik  elektr  stansiyalari  ishlab 

turibdi,  yangi  stansiyalar  qurilmoqda. Toshkent GRESning quvvati 1920 ming kVt, 

Sirdaryo  GRES  ning  quvvati  4  mln.  400  ming  kVt.  Hozigi  vaqtda  qozon 

agregatlarida  yoqilg‘ining  yonish  jarayonlarini  qozonning  suv  bilan  taminlanishini 

boshqarish, tok kuchlanishi  va chastotasini sozlash to‘la avtomatlashtirilgan.   

         Endilikda  issiqlik  elektr  stansiyalarida  kuchli  energoblok  sistemasi  (200,  300, 

500  va  800  ming  kVt)  qo‘llanilmoqda.  Undagi  bug‘ning  bosimi  240-250  atm., 

xarorati  esa 550-560

0

C. 



 

10 


         Quyidagi rasmda IES ning texnologik  sxemasi ko‘rsatilgan. 

 

 



 


Yüklə 451,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin