Elektr enyergiyasi sanoati


Kondensatsion issiqlik elektr stansiyalari



Yüklə 451,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix02.01.2022
ölçüsü451,38 Kb.
#38489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
elektr energiyasini ishlab chiqarish

Kondensatsion issiqlik elektr stansiyalari 

 

        Issiqlik 

elektr 

stansiyalarida 

yondirilayotgan 

yoqilg‘ining 

ximiyaviy 

energiyasi  bug‘  generatori  (qozon)  da  turboagregat  (generator  bilan  biriktirilgan 

bug‘  trubinasi)  ni  aylantiruvchi  suv  bug‘i  energiyasiga  aylanadi.  Aylanishning 

mexanik  energiyasi  generatorda  elektr  energiyasiga  o‘zgaradi.  Elektr  stansiyalari 

uchun  yoqilg‘i  sifatida  ko‘mir,  torf,  yonuvchi  slaneslar,  shuningdek,  gaz  va 

mazutdan foydalaniladi. 

         KES  ning  asosiy  xususiyatlari  quyidagilar  :  ular  elektr  energiyasining 

bevosita  istemolchilaridan  ancha  uzoqda  joylashgan  bo‘ladi,  shu  sababdan  asosan 

yuqori  va  o‘ta  yuqori  kuchlanishdagi  quvvat  berish  va  stansiyani  blok  prinsipida 

qurish  imkoniyatini  beradi.  Zamonaviy  KES  ning  quvvati  shundayki,  ularning  har 

biri  mamlakatning  yirik  bir  hududini  elektr  energiyasi  bilan  taminlaydi.  Bu  tipdagi 

elektr  stansiyalarni  davlat  rayon  elektr  stansiyasi  –  GRES deb atalishi sabablaridan 

biri  ham shundadir.  



 

 



1-rasm 

        1-rasmda  zamonaviy  KES  ning  umumiy  ko‘rinishi,  2-rasmda  esa  KES 

blokining  soddalashtirilgan  texnologik  sxemasi ko‘rsatilgan. 

 

 



2-rasm 

 



 

        Blok  go‘yo  asosiy  va  yordamchi  asbob-uskunalarga  hamda  boshqarish 



markazi  –  blokli  shitga  ega  bo‘lgan  aloxida  elektr  stansiyani  tashkil  etadi.  Odatda, 

texnologik  liniya  bo‘yicha  qo‘shni  bloklar  o‘rtasida  bog‘lanish  ko‘zda  tutilmaydi. 

Stansiyani  blok  prinsipida  qurish  quyidagi  keltirilgan  ma‘lum  texnik  iqtisodiy 

afzalliklarni  beradi : 

 

bug‘  quvurlari  sistemasi  eng  sodda  bo‘lishi  tufayli  yuqori  va  o‘ta  yuqori 



parametrli  bug'dan  foydalanish  osonlashadi,  bu  esa  katta  quvvatli 

agregatlarni  o‘zlashtirishda ayniqsa juda muhimdir; 

 

stansiyaning  texnologik  sistemasi  soddalashadi  va  ancha  aniq  bo‘lib  qoladi, 



buning  natijasida  ishlashning  ishonchliligi  ortadi va ishlatish  osonlashadi; 

  rezerv  yordamchi  issiqlik  –  mexanik  asbob-uskunalar  soni  kamayadi,  ayrim 

hollarda  esa butkul bo‘lmasligi  ham mumkin; 

  qurilish  va montaj  qilish  ishlari  hajmi  qisqaradi;   

  elektr  stansiyalari  qurishga ketadigan  kapital  xarajatlar  kamayadi; 

  elektr  stansiyalarni  bloklar  bilan  qulay  holda  kengaytirish  taminlanadi, 

bunda  yangi  bloklar  zaruriyatiga  qarab  oldingilariga  qaraganda  o‘z 

pametrlari  bilan  farqlanishi  mumkin. 

       KES  ning  sxemasi  bir  nechta  sistemadan    :  yoqilg‘i  uzatish,  yoqilg‘i 

tayyorlash,  bug‘  generatori  va  turbina  bilan  birgalikda  asosiy  bug‘-suv  konturi, 

sirkulyatsion  suv  bilan  ta‘minlash,  suv  tayyorlash,  ko‘l  tutish  va  uni  chiqarib 

tashlash tizimlaridan  va nihoyat  elektr  qismlaridan  tashkil  topgan. 

 



 

 



3-rasm 

 

       Bu  elementlarning  hammasining  normal  ishlashini  ta‘minlovchi  mexanizm  va 



ustanovkalar  stansiyaning  o‘z ehtiyojlari  sistemasi tarkibiga  kiradi. 

       KES  dagi  eng  katta  energetik  isroflar  asosiy  bug‘-suv  konturida,  hususan 

kondensatorda hosil bo‘ladi. 

        U  yerda  qozonda  bug‘  hosil  qilish  uchun  sarflangan  issiqlikning  ancha 

qismini  o‘zida  saqlagan  ishlab bo‘lgan bug‘ uni sirkulyatsion suvga beradi. Issiqlik 

sirkulyatsion  suv  bilan  suv  havzasiga  o‘tib  ketadi.  Bu  isroflar  asosan  elektr 

stansiyasining  FIK ni aniqlab,  hatto eng zamonaviy  KES da ham ko‘pi bilan   

40-42% ni tashkil  qildi.   

        Elektr stansiyasi hosil qilayotgan  elektr  energiyasi  energosistemaga   

110-750  kV  kuchlanishda  uzatiladi  va  juda  kam  qismigina  stansiyaning  o‘z 

ehtiyoji  uchun  shu  stansiyaning  o‘z  ehtiyoji  uchun  shu  stansiyaning  o‘ziga  xizmat 

qiladigan  transformator orqali  olinadi,  u generatorning  chiqishiga  ulangan  bo‘ladi. 

         Hozirgi  KES  lar  asosan  200-800  MVt  quvvatli  bloklar  bilan  jihozlanadi. 

Yirik  agregatlardan  foydalanish  stansiya  quvvatini  tez  o‘stirish,  elektr  energiyaning 

ma‘qul  keladigan  tannarxiga  erishish,  shuningdek,  o‘rnatilgan  quvvat  kilovattining 

qiymatini  100-150  so‘m/kVt ga pasaytirish imkoniyatini  beradi. 

 



 




Yüklə 451,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin