1. Elektr energiyasi sanoati
Elektr energiyasi sanoati elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni
iste`molchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat. Ushbu tarmoq mamlakat yoki
iqtisodiy rayon miqyosida sanoatni joylashtirishga muhim ta`sir ko`rsatadi. Bu
ta`sir ikki yo`nalishda sodir bo`ladi. Birinchi yo`nalish elektr energiyani katta
masofaga uzatishdan iborat. Bu esa mamlakatning barcha xududlarida s anoatni
rivojlantirishga imkon beradi. Ikkinchi yo`nalish mo`l-ko`l va arzon elektr
energiyasi ishlab chiqaradigan xududlarda energiyani ko`p talab qiladigan sanoat
tarmoqlarini joylashtirishdan iborat. Elektr energiyasini ko`p talab qiladigan sanoat
tarmoqlariga titan, alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik
ammiak ishlab chiqarish kiradi. Bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60 ming
kVt/soat, magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab chiqarish uchun esa 20
ming kVt/soat elektr energiyasi sarf bo`ladi. Demak, ishlab chiqarilgan maxsulot
tan narxining asosiy qismini energetika harajatlari tashkil qilsa, bunday ishlab
11
chiqarish ko`p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Elektr
energiyasini
kamroq
talab
qiladigan
tarmoqlarga
qora
metallurgiya
(elektrometallurgiyadan tashqari), soda va qog`oz ishlab chiqarish, mashinasozlik,
mebel, fanera va to`qimachilik sanoati kiradi. Elektr energiyasi sanoatini
joylashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi: a) yoqilg`i va gidroenergetika
resurslari; b) ishlab chiqarishdagi va elektr energiyani uzatishdagi texnika
taraqqiyoti; v) iste`molchining joylashishi. Ushbu tarmoqning asosiy hususiyati
shundan iboratki, elektr energiya ishlab chiqarish uni iste`mol qilish bilan bir
vaqtga to`gri keladi. Mamlakat xalq xo`jaligi yoki iqtisodiy rayon xo`jaligi uchun
ishlab chiqarilgan energiya tannarxining past bo`lishi katta ahamiyatga ega. Elektr
energiyaning tannarxi elektr stantsiyalarda ishlatiladigan yoqilg`ini qazib olish va
tashib kelishga ketadigan harajatga bog`liq. Shu sababli, elektr stantsiyalarni qurish
uchun joy tanlanayotganda yoqilg`ini tashib kelishga va elektr energiyani
iste`molchiga yetkazib berishga ketadigan harajatlar hisobga olinadi. Agar
yoqilg`ini tashib kelish harajati elektr energiyani o`zatish harajatidan ortiq bo`lsa,
elektr stantsiyani yoqilg`i manbaiga yaqin, agar energiyani uzatish qimmatga
tushsa, uni iste`molchiga yaqin quriladi. Ayrim xollarda, elektr energiya juda ko`p
talab qilinadigan joylarda elektr stantsiyalar boshqa joydan keltiriladigan
yoqilg`iga mo`ljallab quriladi. Hozirgi paytda elektr energiyasini uzatish mumkin
bo`lgan masofa yildan-yilga uzayib bormoqda. Elektr energiyani uzoq masofaga
uzatish mumkinligi uni yoqilg`ining boshqa turlariga qaraganda afzalroq qilib
qo`ymoqda. Bu esa quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: — yoqilg`ining
maxalliy turlaridan to`la va har tomonlama foydalanishga; — yirik va qudratli
elektr stantsiyalar qurishga; —xo`jalikning hamma tarmoqlarida elektr energiyadan
foydalanishga. Elektr energiyasi issiqlik elektr stantsiyalarda (IES), gidroelektr
stantsiyalarda
(GES),
issiqlik
elektr
markazlarida
(IEM),
atom
elektr
stantsiyalarida (AES) va noan`anaviy elektr energiyasi olish stantsiyalarida ishlab
chiqariladi. Jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 70 foizdan ortig`i
IESlarda ishlab chiqariladi. Ular ancha tez va arzon quriladi. Ularning quvvatini 6
mln kVt dan oshirish mumkin. IESlarni qurishda elektr resurslari, ishlab chiqarish
12
va transport sharoitlari, qurilish harajatlari va muddatlari hamda stantsiyani
ekspluatatsiya qilish nazarda tutiladi. Ko`pchilik IESlarda elektr energiya bilan
birga issiqlik energiyasi ham ishlab chiqariladi. Bunday elektr stantsiyalar issiqlik
elektr markazlari (IEM) deb ataladi. Ularda elektr energiya ishlab chiqarish vaqtida
isigan suvni issiqxonalarni, binolarni isitishga va ishlab chiqarish extiyojlariga
yuboriladi. Ammo isigan suvni faqat 20 km gacha bo`lgan masofaga jo`natish
mumkin, shuning uchun IEMlar asosan sanoat korxonalari yaqinida va yirik
shaharlarda quriladi. Bu soha bo`yicha Rossiya jahonda yetakchi hisoblanadi.
Gidroelektr stantsiyalarda (GES) energiya ishlab chiqarish to`xtovsiz oqib
tushadigan suv oqimi kuchiga asoslanadi. Shuning uchun ham ularda ishlab
chiqarilgan elektr energiyaning tan narxi past bo`ladi. GESlar suv oqimi
energiyasini elektr energiyaga aylantirib beradigan inshootlar va jixozlar
majmuidir. Tekislik va tog` oldi daryolarida suvning to`xtovsiz oqimi asosan
to`gonlar tufayli hosil qilinadi. GES binosi to`gon yonida, yoki ichida, ba`zi
xollarda to`g`ondan pastda joylashadi. Tog` daryolarida ko`pincha derivasion
GESlar orqali hosil qilinadi. GES binosi to`g`ondan ancha pastda, ayrim xollarda
yer tagida joylashtiriladi. Daryo oqimi yil bo`yi energiya olishda, to`la foydalanish
maqsadida suv omborlar qurish orqali tartibga solinadi. Yirik GESlar qurilganda
daryo suvlaridan transport va irrigatsiya maqsadlarida ham, suv ta`minoti uchun
ham foydalaniladi. Bunday inshootlar gidrouzellar deb ataladi. Gidrouzellar elektr
energiyani ishlab chiqarish, yerlarni sug`orish, xo`jaliklar va aholini suv bilan
ta`minlash, kemachilik va baliqchilikni rivojlantirish masalalarini xal qilishga
imkon beradi. Hozirgi paytda GESlarning yangi turi bo`lgan gidroakkumulyativ
elektr stantsiyalar (GAES) ham qurilmoqda. Ular energiya tizimlarida elektr
energiyadan notekis foydalanish sababli quriladi. GAESlar boshqa GESlar ishlab
chiqargan energiyani to`playdi (akkumulyatsiya qiladi), bunda ular stantsiyadan
yuqorida joylashgan xavzaga suvni nasoslar bilan ko`tarish uchun qurilgan
tizimlardagi ortiqcha elektr energiyasidan foydalanadi (masalan, tunda). Elektr
energiyaga extiyoj oshganda bu xavzadagi suv ochib yuboriladi va hosil bo`lgan
oqim kuchi tufayli GAESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi. Bitta daryoning
13
o`zida bir nechta elektr stantsiyalar pog`onasini (kaskad) vujudga keltirish
mumkin. U suv resurslaridan ko`p marta foydalanishning eng yaxshi
imkoniyatlarini yaratib beradi. Masalan, Chirchiq daryosida 19 ta, Volga daryosida
esa 12 ta elektr stantsiyalar pog`onasi qurilgan. Gidroenergetika resurslarining 65
foizi rivojlanayotgan mamlakatlarga to`g`ri keladi, ammo ulardan foydalanish
darajasi past. Gidroenergetika resurslaridan foydalanish darajasi AQSH, Rossiya
va Norvegiyada juda yuqori. Norvegiyada elektr energiyaning 99,5 foizi GES larda
ishlab chiqariladi. Bu yerda GESlarning asosiy qismi (200 dan ortiqrog`i) yer
tagida joylashgan. Jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 20 foizi
GESlarda ishlab chiqariladi. Atom elektr stantsiyalarida (AES) jahonda ishlab
chiqariladigan elektr energiyaning 15—17 foizi ishlab chiqariladi. AESlar o`zining
energetika manbai bo`lmagan va yoqilg`i qimmat, lekin elektr energiya ko`p talab
qilinadigan joylarda quriladi. Uning xom ashyosi bo`lib uran hisoblanadi. AESlar
hozir 30 dan ortiq davlatlarda qurilgan. Birinchi AES Rossiyada (Obninsk AESi)
qurilgan.
Dostları ilə paylaş: |