Elektr enyergiyasi sanoati


Issiqlik elektr stansiyasi – barqaror energiya manbai



Yüklə 451,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix02.01.2022
ölçüsü451,38 Kb.
#38489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
elektr energiyasini ishlab chiqarish

3.Issiqlik elektr stansiyasi – barqaror energiya manbai 

 

       Prezidentimizning  mamlakatimizni  2014-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlari  va  2015-yilga  mo‗ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor 

yo‗nalishlariga  bag‗ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma‘ruzasida 

elektr  ta‘minoti  tarmoqlariga  ulanishda  yangicha  tamoyillar  tobora  kengayib 

borayotgani  va  iqtisodiyotni  yanada  rivojlantirish  uchun  hali  ishga  solinmagan 

ko‗plab 

imkoniyatlar 

mavjudligi 

alohida 


ta‘kidlandi.  

       Iqtisodiyot  tarmoqlarining  rivojlanishi,  aholi  ijtimoiy  hayotining  yanada 

yaxshilanib  borishi  yoqilg‗i-energetika  resurslariga  bo‗lgan  talabni  oshirmoqda. 

Mutaxassislarning  ta‘kidlashicha,  ishlab  chiqarish  kuchlarining  imkoniyatlarini 

yanada oshirishda ko‗p energiya sarflaydigan, jismonan va ma‘nan eskirgan asbob-

uskunalarni 

texnologik 

jihatdan 

zamonaviy, 

energotejamkor 

uskunalarga 

almashtirish,  mavjud  texnologiyalarni  optimallashtirish  va  yangilarini  joriy  qilish 

muhim 

ahamiyat 



kasb 

etadi.  


         Prezidentimiz 

rahnamoligida energetika 

tizimida modernizatsiya 

jarayonlarini  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish, sanoat  ishlab  chiqarishi,  kichik 

biznes  va  xususiy  tadbirkorlik,  shuningdek, iste‘molchilarning  tobora  oshib 

borayotgan  ehtiyojlarini  to‗la  qondirishga alohida  e‘tibor  qaratilmoqda.  

         ―Navoiy  issiqlik  elektr  stansiyasi"  ochiq  aksiyadorlik  jamiyatida  amalga 

oshirilayotgan  modernizatsiya va  rekonstruksiya  ishlari  bunga  yorqin  misol  bo‗la 

oladi.  

        Jismonan  va  ma‘nan  eskirgan energo  qurilmalar o‗rnini ixcham  va  tejamkor 

zamonaviy texnologiyalarga  asoslangan bug‗-gaz  qurilmalari  egallamoqda,  –  deydi 

"Navoiy  issiqlik  elektr  stansiyasi"  ochiq  aksiyadorlik  jamiyati  direktori  Qahramon 

G‗aniyev.  – Korxonada  bug‗-gaz  stansiyasi  barpo  etilishi  viloyatdagi iqtisodiyot 

tarmoqlarining  rivojida  muhim  omil  bo‗layotir.  




 

17 


      Jumladan, 2009-2012-yillarda  quvvati 478 megavatt  bo‗lgan zamonaviy   

bug‗-gaz  qurilmasi  loyihasi  muvaffaqiyatli  amalga  oshirildi  va  ayni 

paytda energetika  tizimiga  barqaror  ravishda  elektr  energiyasi  yetkazib  bermoqda.  

        Darhaqiqat,  dastlab  Navoiy  kon-metallurgiya  kombinati  tarkibida  ish 

boshlagan  stansiya Qizilqum  yer  osti  boyliklarini  o‗zlashtirish,  tog‗-kon  sanoati  va 

ishlab 


chiqarish 

majmuasini barpo 

etishda 

muhim o‗rin 

tutdi.  

Atigi  25  ming  kilovatt  quvvatli  stansiya  bilan  ish  boshlagan  korxona  bugun 

batamom  yangi  tizimga  o‗tmoqda.  Dastlab  478  megavatt,  ikkinchi  bosqichda  450 

megavatt 

quvvatli zamonaviy 

bug‗-gaz 

qurilmasi loyihasi 

amalga 


oshirilayotir. Navoiy 

kon-metallurgiya 

kombinati, 

―Navoiyazot‖, 

―Qizilqumsement‖ 

aksiyadorlik 

jamiyatlari 

kabi 


yirik 

korxonalar, 

iqtisodiyotimizda  salmog‗i  tobora  oshib  borayotgan kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  subyektlarining kelajakdagi samarali  faoliyati aynan  shu  stansiyada 

amalga 

oshirilayotgan 

investitsiya 

loyihalariga 

bevosita bog‗liq.  

        Muddatini  o‗tab  bo‗lgan yoki samaradorligi ishchi kuchi va xarajatga nisbatan 

kam 

foizni 


tashkil 

etadigan 

mavjud 

quvvatlar o‗z-o‗zidan 

yangi,  tejamkor  texnologiyalarga  asoslangan loyihalar  ustida ishlashga  undaydi.   

1  ming  725  kishi  mehnat  qilayotgan  korxonada  ayni  shu  jihatlarga  alohida  e‘tibor 

qaratilmoqda.  Eski  stansiyada  1  kilovatt-soat  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish 

uchun o‗rtacha 360-400 gramm  shartli  yoqilg‗i  sarflangan  bo‗lsa, zamonaviy  

bug‗-gaz  qurilmasida  bu  ko‗rsatkich  220-235  grammni  tashkil  etmoqda.  Yangi 

qurilmaning  ishga  tushirilishi  natijasida korxonada 2013-2014-yillarda  700  million 

kubometrdan 

ortiq 


tabiiy 

gaz 


yoqilg‗isi 

iqtisod 


qilindi.  

Albatta,  yangilanish  jarayonlari  o‗z  samarasini  uzoq  kuttirmadi.  2014-yilda 

korxonada  8  milliard  871  million  kilovatt-soat  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarishga 

erishildi.  

       Ayni  paytda  yangi  texnologiyalarga  asoslangan  loyihalarni  joriy  etish  bilan 

birga, 


mavjud 

quvvatlarni 

rekonstruksiya 

qilishga 

ham 

ustuvor 


ahamiyat qaratilmoqda. Stansiyaning  1980-81-yillarda  ishga  tushirilgan  har  biri 

210  megavatt  quvvatli  11-  va  12-energobloklarining  aylanma  suv  sovutish  tizimi 




 

18 


O‗rta  Osiyo  iqlim  sharoiti  va  Zarafshon  daryosi  suvi  tarkibining  minerallashish 

darajasi  yetarlicha  hisobga  olinmagani  sababli  belgilangan  miqdorda  energiya 

bermay  qolgan  edi.  Bu  nosozliklarni  bartaraf etish maqsadidaaylanma suv sovutish 

tizimini rekonstruksiya 

qilish investitsiya loyihasi ishlab  chiqildi.  Qiymati  6,9 

million  AQSh  dollari  miqdoridagi  ushbu  loyihaning  amalga  oshirilishi  natijasida 

korxona  bo‗yicha  yiliga  200-220  million  kilovatt-soat  qo‗shimcha  elektr  energiyasi 

ishlab 


chiqariladi.  

         Bugungi  kunda  issiqlik  elektr  stansiyasida  450  megavatt  quvvatdagi  yangi 

loyihani  barpo  etish  borasida  izchil  ishlar  olib  borilayotir. 547  million  AQSh 

dollari  miqdoridagi  mazkur  qurilma  loyihasini  amalga  oshirish  orqali  stansiyada 

elektr 

energiyasi 

ishlab 

chiqarish 

hajmi 

yanada 


ortadi.  

         Korxona  nafaqat  elektr  energiyasi  ta‘minoti, balki  aholi  va  iqtisodiyot 

tarmoqlariga  issiqlik energiyasiham  yetkazib  beruvchi  asosiy  manbadir.  Xususan, 

2014-yilda korxonada 8  milliard 660 million  kilovatt-soat  elektr  energiyasi ishlab 

chiqarilib,  126  ishlab  chiqarish  korxonasi  va  tadbirkorlik  subyektiga  shartnoma 

asosida qariyb  2  million  gigakaloriya  issiqlik energiyasi  yetkazib  berildi.  

        Ayni  paytda barqaror ishlayotgan 478  megavatt  quvvatli  bug‗-gaz  qurilmasida 

soatiga  40  gigakaloriya  issiqlik  energiyasi  ishlab  chiqariladi.  450  megavatt 

quvvatli  ikkinchi  bug‗-gaz  qurilmasi esa soatiga  200  gigakaloriya issiqlik 

energiyasi  ishlab  chiqarish imkoniyatini  beradi.  Bu  stansiyaning  o‗z  resurslarini 

o‗tab  bo‗lgan  issiqlik  quvvatlarini  tiklash,  shuningdek,  viloyatda  issiqlik 

energiyasiga 

tobora 

oshib 


borayotgan 

ehtiyojni 

to‗la 

qondiradi.  



Innovatsion  loyihalarni  amalga  oshirayotgan  kichik  biznes  va  xususiy tadbirkorlik 

subyektlarining  issiqlik  energiyasiga  bo‗lgan  ehtiyojini  qondirishda  korxona 

muhim  ahamiyat  kasb etayotir.  


Yüklə 451,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin