Elektr o‘lchov asboblarining turlari va qo‘llanilish sohalari. Elektr o‘lchov asbobining xatoliklari. Elektr o‘lchov asbobining sinflari. Reja



Yüklə 58,92 Kb.
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü58,92 Kb.
#165519
1   2   3   4   5
Davlat uchun boshlang’ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon milliy (davlat) etalon deb ataladi.

Analogli asboblar. Analogli asboblarda ularning ko’rsatishi o’lchanadigan kattalikning uzluksiz o’zgarish funksiyasiga bog’liq bo’ladi.
Analogli asboblar yuqori tezkorlikka ega, bundan tashqari asbobning ko’rsatishi bo’yicha o’lchanadigan kattalikning o’zgarishi (raqamliga qaraganda) psixologik jihatdan oson qabul qilinadi (kuzatiladi). Lekin, analogli (asosan strelkali) asboblarning aniqligi uning shkalasi bo’yicha kuzatish xatoligi bilan cheklanadi (xatolik odatda 0.05-1% dan kichik bo’lmaydi).
Raqamli asboblar. Raqamli o’lchash asbobi deb, o’lchash borasida uzluksiz o’lchanadigan kattalikning natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi qurilmada diskret tarzda o’zgartirilib, indikasiyalanadigan asboblarga aytiladi. Raqamli asboblar, diskret o’lchash usuliga asoslangan bo’lib, asbobning ko’rsatishi raqam ko’rinishida bo’ladi, shu sababli ularning ko’rsatuvlari osongina qayd qilinadi, ularni EHM ga kiritish juda qulay. Elektr o’lchash asboblarini qayd qiluvchi, o’ziyozar, bosmalovchi, integrallovchi va jamlovchi turlari ham mavjud.
Qayd qiluvchi elektr o’lchash asboblarda – ko’rsatuvlarni yoki diagrammali qog’ozda
yozib olish yoki raqamli tarzda qayd etish ko’zda tutiladi.
Integrallovchi elektr o’lchash asboblari – berilgan (o’lchanadigan) kattalikni vaqt bo’yicha yoki boshqa mustaqil o’zgaruvchi ko’rsatkich bo’yicha integrallash xususiyatiga ega.
Bunga misol qilib elektr energiya hisoblagichini ko’rsatish mumkin.
Jamlovchi elektr o’lchash asboblarda – ko’rsatishlar turli kanallar orqali berilgan ikki yoki bir necha kattaliklarning yig’indisi bilan funksional bog’langan bo’ladi. Bunga bir necha generatorlar quvvati yig’indisini o’lchash uchun mo’ljallangan vattmetrlar misol bo’la oladi. O’lchash asboblari ishlatilishi xususiyatiga ko’ra, ko’chma va ko’chirib yuritilmaydigan (statsionar) asboblarga bo’linadi.
O’lchanadigan kattalik turiga qarab, elektr o’lchash asboblari ampermetr, vol’tmetr, vattmetr, ommetr, fazometr, chastotomer va shu kabi asboblarga bo’linadi.

Yüklə 58,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin