Elektr signallar shaklini kuzatish va taxlil qilish. Signalning chastota-vaqt parametrlarini o‘lchash va spektrni taxlil qilish. O‘lchov signallarining generatorlari



Yüklə 478,92 Kb.
səhifə17/20
tarix05.12.2023
ölçüsü478,92 Kb.
#174075
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
8 (3)

Invertirlovchi kuchaytirgich. Invertirlovchi kuchaytirgich sxemasida (4.28-a rasm) kirish kuchlanishi R1 rezistor orqali invertirlovchi kirishga beriladi, bu kirish teskari aloqa rezistori Rta orqali kuchlanish bo‘yicha parallel manfiy teskari aloqa (MТA) bilan qamrab olingan. Kuchaytirish kaskadining invertirlamaydigan kirishi yerga ulangan.

4.28-rasm. OK lardagi kuchaytirgichlar:
a) invertirlovchi; b) tokni kuchklanishga o’zgartirgich;
d) invertirlamaydigan.
Invertirlovchi kuchaytirgichning parametrlarini aniqlash maqsadida invertirlovchi kirish toklari uchun Kirxgofning birinchi qonunidan foydalanamiz: Ikir=I0+Ita. Ideal OK ning ikkinchi xossasiga ko‘ra I0=0 bo‘lganligi uchun Ikir=Ita. Тoklarni ularga mos kirish kuchlanishlari orqali ifodalab, quyidagini hosil qilamiz:

Ideal OK ning birinchi xossasi bo‘yicha U0=0 va Ukir/R1= = –Uchiq/Rta. U holda invertirlovchi kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti:
. (4.45)
Bu formulaga muvofiq, teskari aloqa qarshiligi Rta ning qiymatini o‘zgartirish bilan invertirlovchi kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyentini rostlash mumkin.
Invertilovchi kuchaytirgichning kirish qarshiligi OK ning xusu­siy kirish qarshiligidan jiddiy kichikdir. Invertirlovchi kuchaytir­gichning kirish va chiqish qarshiliklari quyidagicha ekanligini ko‘rsatish mumkin:
. (4.46)
R1=RtaKi=–1 da 4.28-a rasmdagi sxema invertirlovchi takrorlagichga (invertorga) aylanishini qayd etamiz.
Invertirlovchi kuchaytirgichni tokni kulanishga o‘zgartirgichga aylantirish mumkin (4.28-b rasm). Bu R1=0 da bo‘ladi. U holda Ikir=Ita = –Ukir/Rta va chiqish kuchlanishi Uchiq=–IkirRta.

Yüklə 478,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin