Nazorat savollari 1. Induksion kanal pechlarining ishlash prinsipi qanaqa?
2. Po‘lat o‘zakli induksion pechlar.
3. Induksion qizdirish pechlari necha xil ?
4. Issiqlik effekti nima?
5. Qisish effekti nima?
6. Uyurma effekti nima?
MAVZU -6
Induksion qizdirishning afzalliklari.
REJA: 1. Induksion qizdirish qurilmalari turlari.
2. To‘liq induksion qizdirish qurilmalar.
3. YUzalarini induksion qizdirish qurilmalari.
Tayanch so‘zlar va iboralar: To‘liq induksion qizdirish qurilmalari, yuza induksion qizdirish qurilmalari, Induksion kizdirish kurilmalarining manbadan iste’mol qilayotgan aktiv quvvati, qizdirish uchun optimal chastota, davriy rejim to‘liq induksion qizdirish qurilmalari, uzluksiz rejimda to‘liq induksion qizdirish qurilmalari, induksion qizdirish, induktor, aktiv quvvat, optimal chastota.
6.1. Induksion qizdirish qurilmalari turlari Induksion qizdirish qurilmalari mashinasozlik va sanoatning boshqa yo‘nalishlarda keng qo‘llanilib, asosan ikki turga bo‘linadi :
- kesim yuza bo‘yicha to‘liq induksion qizdirish qurilmalari
- kesim yuza bo‘yicha yuzalarini induksion qizdirish qurilmalari
To‘liq induksion qizdirish qurilmalar detallarga plastik ishlov (shtamplash, presslash, prokatka qilish kabilar) berishdan oldin amalga oshiriluvchi issiqlik ishlovi berish uchun mo‘ljallangan.
Detallarga to‘liq issiqlik ishlovi berish uchun quyidagi shart bajarilishi talab qilinadi:
(1)
bu erda:
r0 - qizdirilayotgan detal radiusi ;
z.iss- qizdirilayotgan metallga tokning sizib kirish chuqurligi.
Po‘lat detallarga to‘liq induksion issiqlik ishlovi berish uchun manbaning tok chastotasi quyidagi tenglamaga ko‘ra tanlanadi.
[Gs] (2)
bu erda
d0 - qizdirilayotgan detal diametri.
Ishlov berilayotgan detallarning geometrik o‘lchovidan va materialidan kelib chiqib, induksion qizdirish qurilmalar 50 - 10000 Gs chastotali manbalardan iste’mollanadilar.
Ishlash prinsipiga ko‘ra to‘liq induksion qizdirish qurilmalar davriy rejim va uzluksiz rejim induksion qizdirish qurilmalariga bo‘linadi.
Davriy rejim to‘liq induksion qizdirish qurilmalarida faqat bitta detalga yoki uning ma’lum qismiga issiqlik ishlovi beriladi.
Uzluksiz rejim to‘liq induksion qizdirish qurilmalarida esa induktor magnit maydoniga kiritilgan bir nechta detallarga bir paytning o‘zida issiqlik ishlovi beradi.
Bunday qurilmalarning induktorlari detallarning formasi va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lib, shaklan aylana (doira), oval, kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak formasidagi konstruksiyaga ega bo‘ladi.