14.2. Rudnotermik pechlarning asosiy belgilari
Rudnotermik pechlarning asosiy xarakteristikalari:
1. SHixtaning solishtirma elektr qarshiligi harorat o‘zgarishi bilan sezilarli o‘zgaradi (sovuq holatdagi shixta o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lmaydi, lekin erigan holatda u ionli qorishma bo‘lib, qorishmaning o‘tkazuvchanligi ham haroratga bog‘liqdir).
2. SHixtani boshqa shaklga keltirish (masalan, erigan qorishma shakliga) harorati 1200 - 2200K ga tengdir.
3. Rudnotermik pechlar 1-2 yil davomidagi uzluksiz ish rejimida ishlashga mo‘ljallangan.
4. Rudnotermik pechlar nisbatan sokin ish rejimiga (Po‘lat eritish yoy pechlaridagi kabi eksplutatsion qisqa tutashuvlar rudnotermik pechlarlarda kuzatilmaydi) egadirlar.
Rudnotermik pechlarda qayta ishlov berilayotgan maxsulotlar kimyoviy tarkibining ko‘p turli va murakkabligiga ko‘ra, ularning konstruksiyalari ham ko‘p turlidir. Ulardan quyidagi besh asosiy turdagi jarayon va pechlarni alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir:
1. SHlaksiz yoki kam shlakli jarayon va ularni amalga oshiruvchi rudnotermik pechlar (ferroqorishmalar, kalsiy karbidini olish).
2. Ko‘p shlakli jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi rudnotermik pechlar (fosfor va shu kabilarni olish).
3. Rafinatsiya qilish pechlari.
4. Blok jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi rudnotermik pechlar (elektrokorund va ferrovolfram olish).
5. YUqori haroratlarga (o‘tga) chidamli materiallar olish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi rudnotermik pechlar.
Rudnotermik pechlarda uch xil ko‘rinishdagi elektrodlar qo‘llaniladi, ya’ni ko‘mirdan yasalgan va diametri 1200 - 1400 mm bo‘lgan elektrodlar; diametri 800 mm gacha bo‘lgan grafitlangan elektrodlar va diametri 2000 mm yoki (3200 x 850)mm o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchak kesim yuzali o‘zidan uzaytiriluvchi (samospekayuhiesya) elektrodlar.
14.3. Rudnotermik pechlarning elektr xarakteristikalar
Rudnotermik pechlarning elektr xarakteristikalari pechning ishchi muhitidagi tok taqsimoti xususiyatlari va unga mos keluvchi pech ulanadigan elektr manbasi sxemasi xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Elektrodlar va pech tubi o‘rtasidagi tajriba yo‘li bilan aniqlangan pech vannasining qarshiligi:
(1)
Amaldagi rudnotermik pechlarlarda o‘tkazilgan o‘lchovlar pech kuchlanishi va toki o‘rtasidagi aloqa, qoidaga ko‘ra chiziqli bo‘lib Om qonuniga bo‘ysunishini ko‘rsatadi. Simmetrik rudnotermik pech qurilmasining almashtirish sxemasi 14-rasmda keltirilgan (Po‘lat eritish yoy pechlari misolida keltirilgan tushuntirishlar mazkur xolat uchun ham o‘rinli).
14-rasm
rk, xk - pech qurilmasining mos ravishda to‘la aktiv va induktiv qarshiliklari.
rb, xb - pech vannasining aktiv va induktiv qarshiliklari
U2f- manbaning faza kuchlanishi
Upf- pech vannasidagi faza kuchlanishi
Pech xarakteristikalarini (asosiy parametrlari) hisoblash uchun quyidagi tenglamalardan foydalaniladi.
; ;
Pel.y.f=; Ppech.f==Pa-f-Pel.y.f;
.
Pechning to‘liq quvvat qiymatlarini topish uchun, bir faza uchun topilgan quvvatlar qiymati uch barobar ko‘paytiriladi. Pech transformatorining birlamchi kuchlanishi 6;10;35 kV ga teng. Misol tariqasida ayrim pechlarning xarakteristikalari quyida keltiriladi:
1. PKO-2,5N2 tipidagi pech uchun:
Rnom=2,5MV•A; I elektrod.max=13kA;
U2=17889B
2. RK3-72F-M1 tipidagi pech uchun:
Rnom=72MV•A;(3x24); Ielektrod.max = 92,5kA;
U2=649 149B
Eng ko‘p miqdordagi energiya yo‘qolishi (60;65%) qisqa tarmoqqa to‘g‘ri keladi. Pech qurilmasining quvvat koeffitsienti sos qiymatini oshirish uchun avtomatik boshqariluvchan kondensator batareyalari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |