13.2 Po‘lat eritish yoy pechning texnologik ( ishchi ) xarakteristikalari Po‘lat eritish yoy pechning texnologik ( ishchi ) xarakteristikalari esa quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanadi .
(10)
(11)
(12)
bu erda: q - 1 soatdagi pech ishlab chiqaruvchanligi ;
- 1 tonna po‘lat ishlab chio‘ish uchun sarf bo‘ladigan elektr energiyasining nazariy qiymati;
- 1 tonna po‘lat ishlab chiqarish uchun sarf bo‘ladigan elektr energiyasining amaldagi qiymati.
16 – rasm
16 - rasmda pechning energetik va ishchi xarakteristikalari keltirilgan. Xarakteristikalar taxlili shuni ko‘rsatadiki, tokning oshishi bilan Rel. tokning kvadratiga proporsional ravishda ortib boradi, yoydagi quvvat Ryoy va aktiv quvvat o‘z qiymatlarining maksimumigacha ortib boradi va undan so‘ng (tokning ortib borishiga qaramay) kamayib boradi. Tokning I qiymatida energiya sarfi o‘z qiymatining minimumiga, foydali ish koeffitsienti esa o‘z qiymatining maksimumiga teng. SHunday qilib, tokning I qiymati pechning minumum elektr energiyasi sarf qilish optimal rejimini belgilaydi.
13.3. Po‘lat eritish yoy pechning ishlash rejimi Tokning I’’ qiymatida yoydagi quvvat Ryoy o‘z qiymatining maksimumiga, ishlab chiqaruvchanlik o‘zining maksimum qiymatiga va 1 tonna po‘lat ishlab chiqish uchun ketgan vaqt t o‘z qiymatning minimumiga teng. SHunday qilib, tokning I’’ qiymati pechning maksimal ishlab chiqaruvchanlik bo‘yicha optimal rejimini belgilaydi. Odatda I’’>I’. Pech o‘zining optimal energetik rejimiga optimal ishlab chiqaruvchanlik rejimidagi tokdan kichik bo‘lgan tok qiymatida erishar ekan.
SHunday qilib, agar korxona elektr energiyasini defitsiti sharoitida ishlayotgan bo‘lsa, unda pech optimal energetik rejimda ishlashi maqsadga muvofiq. Agarda maksimal ishlab chiqaruvchanlik talab qilinsa, unda pechning I’’ kattalikdagi tok rejimida ishlagani maqsadga muvofiqdir.
Po‘lat eritish yoy pechlari elektr energiyasi iste’molchisi sifatida elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha ikkinchi gurux kategoriya iste’molchisi hisoblanadi. Ularning birlamchi quvvati katta bo‘lib, 0,4-80 MvA ga, quvvat koeffitsenti cos = 0,85-0,89 (DSP-5) yoki cos = 0,7 (DSP-200) ga teng. Pechning ish rejimi - davriy keskin o‘zgaruvchan va sutka davomida surunkali.
Elektr yoyi nochiziqli aktiv qarshilik hisoblanib, yonish sharoitiga bog‘liqdir.