YOy quvvatini manba kuchlanishi orqali boshqarish kanday sodir bo‘ladi?
YOy kuvvptini qanday usullar orqali boshkarish mumkin?
O‘zgaruvchan tok elektr yoyi nima?
YOyni yonishida qanday elementdan foydalaniladi?
MAVZU -12
Elektr yoy pechlari umumiy tushunchalar vasanoatda kullanilishi.
REJA:
Elektr yoy pechlari va turlari
Bilvosita ishlovchi elektr yoy pechlari
Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari
Tayanch so‘zlar va iboralar: Bilvosita ishlovchi elektr yoy pechlar, bevosita ishlovchi elektr yoy pechlar ,qarshilik elektr yoy pechlari, vakuum yoy pechlari, plazmali pechlar va plazmali-yoy eritish qurilmalari, elektr yoy pechlarning elektr ta’minoti bosh zanjiri va uning sxemasi, bilvosita ishlovchi elektr yoy pechning tuzilishi, bevosita ishlovchi elektr yoy pechning tuzilishi, elektrodlar, qisqa tarmoq, ekspluatatsion qisqa tutashuv.
Elektr yoy pechlari va turlari
Elektr yoy pechlari metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va sanoatning boshqa jabhalarida qo‘llaniladilar. Ular quyidagi turlarga bo‘linadilar:
1. Bilvosita ishlovchi elektr yoy pechlari - ularda elektr yoyi issiqlik ishlovi berilayotgan (eritilayotgan) metall ustida joylashgan elektrodlar o‘rtasida hosil qilinadi va bunda elektr yoyi va metall o‘rtasidagi issiqlik almashuvi - nurli issiqlik almashuvi usuli orqali amalga oshiriladi.
2. Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari - ularda elektr yoyi elektrodlar uchi bilan metall o‘rtasida yonadi va bunda yoydagi issiqlik metallga nurli issiqlik almashuvi, konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali uzatiladi.
3. karshilik elektr yoy pechlari - bunday pechlarda yoy elektr o‘tkazuvchan shixta qatlami ostida yonadi, bunda issiqlik qisman yoy razryadida va qisman shixta orqali tok oqib o‘tishi oqibatida eritilayotgan materialda ajralib chiqadi va pech xajmiga uzatilayotgan issiqlik-issiqlik o‘tkazuvchanlik, nurli issiqlik almashuvi va qisman konveksiya usullarida amalga oshiriladi.
4. Vakuum yoy pechlari - ularda elektr yoyi inert gazlarda yoki elektrod va suyuq metall vannasi o‘rtasida kichik bosim ostida eritilgan material (metall) parlarida hosil qilinadi (yonadi).
5. Plazmali pechlar va plazmali - yoy eritish qurilmalari - bunday qurilmalarda metallarga issiqlik ishlovi berish, elektr yoyi va u bilan biriktirilgan inert gazining plazma oqimi yordamida amalga oshiriladi.