«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org
10.2 Elektr yoy turlari Elektr yoyining uchchala bo‘lagida ham yoy razryadi shu muhitni ionizatsiyalash va deionizatsiyalash jarayonlari oqibatida namoyon bo‘ladi.
Agar elektr yoyining katodoldi bo‘lagida ionizatsiyalash elektronlar emissiyasi oqibatida amalga oshsa, yoy ustunida esa zaryadlangan zarrachalar energiyasi juda kichikligi oqibatida ionlar va elektronlarning harakatlanishi asosan issiqlik ionizatsiyasi ta’sirida amalga oshiriladi. Bunda ko‘plab ikki atomli gazlar ionizatsiyasi haroratining 6*103 K miqdorida boshlansa, metallar parlari nisbatan kichikroq, ya’ni 3000 - 4000 K ga teng haroratlarda boshlanadi.
YOyning anodoldi bo‘lagi o‘zidagi kichik kuchlanish tushishi ( 5 - 10 V ) bilan xarakterlanib, kuchlanish tokka bog‘liq xolda o‘zgaradi.
YOy hosil bo‘layotgan elektrodlarning uchidagi yoy tayangan nuqtalari katod va anod dog‘ideb yuritilib, ushbu nuqtalar yuqori miqdordagi haroratga va tok zichligiga ega.
Elektr tokining turiga ko‘ra elektr yoyi o‘zgarmas tok elektr yoyi va o‘zgaruvchan tok elektr yoyiga bo‘linadi.
10.3 O‘zgarmas tok elektr yoyi
O‘zgarmas tok elektr yoyiningasosiy xarakteristikasi uning volt - amper xarakteristikasi . hisoblanib, u o‘zidan yoy kuchlanishi va toki o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi.
9-rasm Elektr yoyi - ballast qarshilik - elektr manbasi tizimining volt-amper xarakteristikasi 9- rasmda keltirilgan.
Elektr yoyining uzoq muddatda barqaror (turg‘un, o‘chmay) yonishini ta’minlash uchun uning volt-amper xarakteristikasini elektr manbasining xarakteristikasi bilan uyg‘unlashtirish talab etiladi. Agar elektr yoyi cheksiz quvvatga ega bo‘lgan manbaga ulangan bo‘lsa, uning toki yoyning yonish sharoitiga ko‘ra belgilanib, to yoy v.a.x.si manbaning tashqi xarakteristikasi bilan kesishmaguncha ortib borishi mumkin yoki boshqacha aytganda yoy toki cheksizga qarab intiladi.
YOy tokining qiymatini cheklash maqsadida, yoy zanjiriga, unga ketma-ket qilib qarshilik ulanadi (9 - rasm). Bunda, cheklangan qiymatdagi quvvatga ega manbaning kuchlanishi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi.
[V] (1)
bu erda
Ud - yoydagi kuchlanishi, V;
Id - yoy toki, A;
R - qarshilik, Om;
L - induktivlik, Gn.
(Uist-IdR) to‘g‘ri chizii v.a.x. ni A va V nuqtalarda kesib o‘tadi. Ushbu kuo‘talardagi toklar qiymati Ia va Ib larga to‘g‘ri keladi. V.a.x. ning A nuqtadan chap tomoni yoyni batamom o‘chirish zonasi, xarakteristikaning A va V nuqtalari o‘rtasidagi qismi - yoyning yonish zonasi va V nuqtadan o‘ngdagi qismi - yoy tokini cheklash zonasi hisoblanadi. YOy, tokning Ib qiymatidagina barqaror yonishi mumkin, A nuqtada tokning kichik qiymatga ega ekanligi sababli yoy beqaror yonadi, Ik - zanjirning qisqa tutashuvi xolatidagi tokini ko‘rsatadi.