«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Induksion kanal pechlarining kuvvat koeffitsenti



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə25/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

8.3. Induksion kanal pechlarining kuvvat koeffitsenti
SHuningdek, quvvat koeffitsienti (cos ) turli metallar uchun turli qiymatlarga ega:
- alyuminiy eritish induksion kanal pechlari uchun cos  = 0,2 - 0,4
- latun eritish induksion kanal pechlari uchun cos  = 0,6 - 0,8
quvvat koeffitsientini kattalashtirish uchun (yoki iste’mol qilayotgan reaktiv quvvatini kompensatsiya qilish uchun) sxemalarda kondensator batareyalarini ulash usuli qo‘llaniladi. Pechni sos  qiymati ma’lum bo‘lganda kondensator batareyasining quvvati va sig‘imi quyidagicha aniqlanadi:

[kvar] (11)

[f] (12)
(11) va (12) tenglamalardan bir metall eritish jarayonidan aynan shu pechda boshqa metall eritilishiga o‘tishda pech quvvati va boshqa parametrlarini aniqlash uchun foydalaniladi.

Nazorat savollari

1. Induksion kanal pechlari deb nimaga aytiladi?

2. Induksion kanal pechlarining ekspluatatsion parametrlari.

3. Induksion kanal pechlar ulanadigan manbalar .

4. Induksion kanal pechlarining kuvvat koeffitsenti nechaga teng?

MAVZU -9

Induksion tigel pechining ishlash prinsipi.

REJA:
1. Induksion tigel pechlari va uning turlari.

2. Induksion tigel pechlarning elektr jihozlari va ulanish sxemalari.

3. Induksion tigel pechlarning afzalliklari va asosiy parametrlari.

Tayanch so‘zlar va iboralar: Induksion tigel pechlari, po‘lat o‘zaksiz induksion pechlar, chastotasiga ko‘ra induksion tigel pechlar turlari, induksion tigel pechlar geometrik o‘lchovlari o‘rtasidagi munosabatlar, induksion tigel pechlarning tuzilish, induksion tigel pechlarning ekspluatatsion parametrlari, induksion tigel pechlarning ulanish sxemalari, tigel, chastota o‘zgartirgichlar, induktor.




9.1. Induksion tigel pechlari va uning turlari.
Induksion tigel pechlar po‘lat o‘zaksiz induksion pechlar bo‘lib, ularning asoosiy xususiyatlari ushbu pechlarda qizdirilayotgan elektr o‘tkazuvchi jismlar o‘zgaruvchan elektromagnit maydon hosil qilayotgan induktor bilan birgalikda ikkita o‘zaro induktiv bog‘langan tokli konturni tashkil qiladi.
5-rasmda induksion tigel pechlarning sxemasi keltirilgan. Induksion tigel pechlar tarkibida o‘zgaruvchan tok manbasiga ulanuvchi induktor-(1), eritilayotgan metall-(2) va yuqori haroratlarga bardosh beruvchi tigel-(3) ko‘rsatilgan. Rasmdagi belgilanishlar: Nu - induktor balandligi; Du - induktor diametri; du - induktorning kesim yuzasi bo‘yicha diametri; dm - tigel diametri; hm- tigel balandligi.

- rasm
ITP lar manbadan iste’mol qilayotgan tok chastotasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

1. Sanoat chastotasida ishlovchi induksion tigel pechlar [50 Gs], manbaga pasaytiruvchi transformatorlar orqali ulanadi ;
2. Baland chastotalarda ishlovchi induksion tigel pechlar [500 Gs-10000 Gs], manbaga mashinali generatorlar orqali ulanadi;
3. YUqori chastotalarda ishlovchi induksion tigel pechlar [50 - 400 kGs] , manbaga lampali generatorlar orqali ulanadi.
Induksion tigel pechlar tomonidan iste’mol qilinayotgan tokning minimal chastotasi qizdirilgan metallning solishtirma elektr qarshiligi ““ (om.sm) va magnit singdiruvchanligi ““ larni hisobga olgan holda tigel diametri dm qiymatiga ko‘ra quyidagi tengsizlik orqali aniqlanadi.

[Gs] (1)


Induksion tigel pechlar ning turi, pechning sig‘imi va ishlab chiqaruvchanligini aniqlash metallni eritilishi bo‘yicha texnologik jarayon oldiga qo‘yilgan vazifa va eritilishi zarur bo‘lgan metall miqdori bilan aniqlanadi. Pechning quvvati esa IKP larning ekspluatatsion xarakteristikalarini yoritish uchun belgilangan paragrafdagi (4) - (8) tenglamalardan foydalangan holda aniqlanadi.
Tigelning foydali hajmi:

[sm3] (2)


bu erda
- 1 soatdagi ishlab chiqaruvchanlik [t / soat ] ;

- metallni yuklash va eritilgandan so‘ng to‘kish uchun ketgan vaqt


- eritilgan metallni solishtirma og‘irligi
Induksion tigel pechlar elementlarining o‘lchov razmerlari o‘rtasida quyidagi munosabatlar aniqlangan:

(3)
Bunda ko‘rsatilgan raqamlarning kichik qiymatlari sig‘imi 500 kG gacha bo‘lgan va katta qiymatlari esa sig‘imi 3 tonnagacha bo‘lgan induksion tigel pechlarga mansubdir.


nisbatining aniq qiymati ma’lum bo‘lganda, tigel diametri quyidagi tenglama bilan aniqlanadi.


[sm] (4)
Induksion tigel pechlarning f.i.k.si induktor va metall orasidagi masofaga bog‘liq va umumiy f.i.k. qiymati:
=eliss (5)
bu erda:
el - elektrik f.i.k; el =0,60,8
iss- issiqlik f.i.k; iss=0,480,68
Induksion tigel pechlar uchun ga teng bo‘lib, reaktiv quvvatni iste’molini kompensatsiya qilish uchun elektr sxemada kondensator batareyalarni ulash ko‘zda tutilgan.
Induksion tigel pechlar konstruksiyasiga kiruvchi induktor ko‘p hollarda suv bilan sovutiluvchi, kesim yuzasi doira, oval yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi mis trubkalaridan yasaladi. Mis trubkaning devori qalinligi 1,3  ga teng deb olinadi (bu erda  - elektr tokining mis o‘tkazgichga sizib kirish chuqurligi).
Metallarni eritish jarayonida f.i.k. ning qiymatini kattalashtirish maqsadida, pechning tigeli kichik elektr qarshiligiga ega bo‘lgan, tok o‘tkazuvchan materialdan yasaladi (po‘lat, grafit). Po‘latdan yasalgan tigel qalinligi 30 - 40 mm, grafitdan yasalgan tigel qalinligi esa 30 - 70 mm ni tashkil qiladi.


Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin