«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Induksion tigel pechlarning elektr jihozlari va ulanish sxemalari



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə26/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

9.2. Induksion tigel pechlarning elektr jihozlari va ulanish sxemalari
Baland chastotada (500 - 10 000 Gs) ishlaydigan induksion tigel pechlarning ulanish sxemasi umumiy holda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.

6-rasm
Baland chastotada ishlaydigan induksion tigel pechlar sxemasi.

Sxema tarkibiga kiruvchi asosiy jihozlar quyidagilar:
- dvigatel D va generator G tizimidan iborat elektr mashinali chastota o‘zgartirgich. (amalda VEP, OPCH va VPCH seriyadagi o‘zgartirgichlar qo‘llaniladi);
- dvigatelni manbaga ulovchi magnit ulagich PM ;
- S1 va S2 dan iborat kondensator batareyasi. Eritilayotgan metall va shu metallni eritishdagi quvvat koeffitsienti miqdoridan kelib chiqib kondensator batareyasi tarkibidagi sig‘imni o‘zgartirish imkoni bor (ushbu sxemada KT kontaktorining kontakti orqali qo‘shimcha sig‘imni zanjirga ulash yoki uni zanjirdan uzish ko‘zda tutilgan).
- chiziqli kontaktorlar KG ;
- ajratgich ( raz’edinitel) ;
- o‘lchov asboblari va boshqaruv jihozlari;
- kuchlanish transformatori TN va tok transformatori TT.
Sxemada U1 va U2 orqali birinchi va ikkinchi pechning induktorlari ko‘rsatilgan. Mashinali chastota o‘zgartirgichdan foydalanish effektivligini oshirish maqsadida bitta chastota o‘zgartirgich zanjiriga navbatma navbat P1 va P2 pereklyuchatellar yordamida birinchi va ikkinchi pechlarni ulash imkoniyati bor. Pechlar chastota o‘zgartirgich zanjiriga bir pechda erigan metallni to‘kish va yangi metall bilan to‘ldirish davrida ulanadi.
Kuyida sanoat chastotasida ishlovchi induksion tigel pechlar sxemasi keltirilgan.

7-rasm


Sxema tarkibiga kiruvchi asosiy jihozlar, bular elektr manbasi (1); bir fazali pechni manbaga ulash zarurati uchun kondensator( 3) va drossel (4) dan iborat uchala fazadagi yuklamani muvofiqlashtiruvchi simmetrlash qurilmasi; kondensator batareyasi (5); pech (6); kommutatsion shkaf (8); pechni og‘diruvchi gidravlik qurilma (7); pech induktorlarini sovutishga mo‘ljallangan sirkulyasion qurilma (10); kontaktor (2) va havo xaydash qurilmasi (9).
Mazkur sxema bo‘yicha ishlovchi induksion tigel pechlar asosan malum sig‘imdagi pechlarga mansub bo‘lib, cho‘yan eritishda 0,8- 8 tonnagacha va rangli metall yoki engil qorishmalarni eritishda 0,6 dan 3 tonnagachani tashkil qiladi.
7 - rasmda keltirilgan pechning umumiy narxi 6 rasmda keltirilgan induksion tigel pechlar ning faqat elektr mashinali o‘zgartirgichi narxiga nisbatan 70 - 90 foizni tashkil qilib, elektr energiyasining behuda sarfi baland chastotadagi induksion tigel pechlar ga nisbatan 10 foizga kamdir.
Induksion tigel pechlarning uchinchi turi - yuqori chastotalarda ishlovchi induksion tigel pechlar bo‘lib, ular lampali generatorlar orqali manbaga ulanadilar.
Ular asosan kichik gabaritli pechlar bo‘lib, asosan kichik miqdordagi metall yoki qorishmalarni eritish orqali, laboratoriya sharoitida yangi markadagi metall (qorishma) olish uchun ishlatiladi.

Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin