«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Bilvosita ishlovchi elektr yoy pechlari



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə33/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

12.2 Bilvosita ishlovchi elektr yoy pechlari
12-rasm

Bilvosita elektr yoy pechning sxemasi 12 - rasmda keltirilgan. Bir fazali bilvosita elektr yoy pechlarning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1- ichki qismi yuqori haroratlarga (o‘tga) chidamli material bilan futerovkalangan gorizontal vanna; 2-gorizontal vannaning qarama - qarshi devorlariga o‘rnatilgan elektrodlar. Elektrodlar sarf bo‘lib borishi mobaynida maxsus mexanizm yordamida bir-biriga qarab siljitib boriladi; 3 – eritilayotgan material. Ushbu material vannaga pech korpusi 5 ning yon darchasi orqali yuklanadi; 4-elektr yoyi.


Elektrodlar kuchlanish manbasiga ulangandan so‘ng maxsus mexanizm yordamida uchlari bir-biriga tutashtiriladi va buning oqibatida elektrodlar zanjirida tok hosil bo‘lgach, bir-biridan uzoqlashtiriladi va natijada yoy hosil bo‘ladi. YOyda hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi o‘zlashtirilishi hisobiga metallarga issiqlik ishlovi beriladi yoki eritiladi. Metall eritib bo‘lingach, og‘dirish mexanizmi yordamida pech og‘diriladi va eritma maxsus idishlarga thkiladi. Pech quvvati manba tokini va elektrodlarni yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish natijasida yoy uzunligini o‘zgartirish hisobiga boshqariladi.
Pechning asosiy elektr jihozlarini pech transformatori, boshqarish reaktori va elektrodlarni uzatish mexanizmining elektr yuritmasi tashkil etadi.
Bilvosita EYOP lari 0,25 t va 0,5 t sig‘imiga ega. Ular mos ravishda quvvati 175 - 250 va 250 - 400 kV*A ga teng transformatorlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bunday pechlarda grafitlashtirilgan elektrodlar qo‘llaniladi.

12.3 Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari
Bevosita elektr yoy pechlar asosan keyinchalik prokat sexlarida quyma yombi olish uchun mo‘ljallangan po‘lat eritish uchun belgilangan. SHuningdek, olingan po‘lat mahsuloti mashinasozlik zavodlarida fasonli quyish orqali metallurgik xom ashyo olish uchun ishlatiladi.
Bevosita elektr yoy pechlarining tuzilishi va ishlash prinsipini po‘lat eritish yoy pechlari misolida ko‘ramiz. Po‘lat eritish yoy pechining sxemasi 13-rasmda keltirilgan.

Pechning tuzilishi :

13-rasm

1 - po‘lat kojux;


2 - yuqori haroratga ( o‘tga) chidamli futerovka;
3- o‘tadigan pechning svod qismi
4- elektrodlar
5-elektrodlarni ko‘tarish mexanizmi;
6 - elektr yoyi.
Po‘lat eritish yoy pechlari, shuningdek, metallni kimyoviy tarkibini rostlashga mo‘ljallangan elektromagnit usulda qorishtirish qurilmasi, eritmani to‘kish uchun mo‘l-jallangan pechni og‘dirish mexanizmi, pech svodi (qopqog‘i) ni ko‘tarish va burish hamda elektrodlarni uzatish va ko‘tarish mexanizmlari bilan ta’minlangan.
Elektrotexnik po‘latni eritish jarayoni quyidagi jarayonlar ketma - ketligidan iborat:
- metallom (ruda, skrap) ni eritish;
- qorishmani turli qo‘shilma va gazlardan tozalash;
- metall raskisleniesi(metallni kisloroddan tozalash);
- qorishmaga legirlovchi komponentlar qo‘shish;
- rafinatsiya jarayoni(tozalash,oqlash);
- eritmani avval maxsus chhmichga (kovshga) va undan tegishli formalarga quyish.
Katta xajmdagi pechlarda eritish jarayoni 4-6 soat davom etib, undan 1,5 - 2,5 soati eritishga, 2-4 soati metallni oksidlash va rafinatsiya qilish uchun sarflanadi.
Po‘lat eritish yoy pechning elektr ta’minoti bosh zanjirining sxemasi quyida 14-rasmda keltirilgan. Ushbu sxema bosh zanjir va yordamchi zanjirlardan (boshqarish, o‘lchov asboblari, himoya qilish va avtomatika zanjiri ) iborat. Bosh zanjir birlamchi va ikkilamchi zanjirlardan iborat bo‘lib, birlamchi zanjirni o‘zaro ketma-ket ulangan o‘tkazgichlar, yuqori kuchlanish apparatlari, drossel va pech transformatorlarining birlamchi chulg‘ami tashkil qiladi.
Ikkilamchi zanjirni esa o‘zaro ketma-ket ulangan pech transformatorining ikkilamchi chulg‘ami, qisqa tarmoq o‘tkazgichlari, elektrodlar va elektr yoyi tashkil etadi.

14 – rasm


Bunda pech transformatorining ikkilamchi chulg‘amidan elektrodlargacha bo‘lgan o‘tkazgichlar qisqa tarmoqni tashkil etadi. 14 - rasmda keltirilgan belgilanishlar, bular,
1 - yuqori kuchlanish shinalari;
2 - raz’edinitel (ajratgich) ;
3 – vыklyuchatellar(ulab- uzgichlar) ;
4 - reaktor ;
5 - pech transformatori (kuchlanishi 6,10,35 kV va quvvati katta pechlar uchun 110 kV );
6 - qisqa tarmoq (tok qiymati 110 kA va undan yuqori) ;
7 - Po‘lat eritish yoy pech
Po‘lat eritish yoy pechga, jumladan uning elektr ta’minoti tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- pech quvvatini ravon boshqarish imkoniyati;
- pech sig‘imida tiklanuvchi muhitni hosil qilish imkoniyati;
- pech elektr jihozlarining pechda tez - tez takrorlanuvchan ekspluatatsion qisqa tutashuvlarini tez va aniq bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘lish kabilardir.
Po‘lat eritish yoy pechlarining asosiy ko‘rsatkichlarini quyidagi misolda ko‘ramiz:
- pechni tipi DS - 0.5 .. DSP- 200
- nominal quvvati 400 -45000 [kV.A]
- birlamchi kuchlanish 6;10 ..……. 35 [kV]
- ikkilamchi kuchlanishni rostlash chegarasi 213-110 ..…. 591,5 - 164,1[V]
- ikkilamchi chulg‘amdagi tok 1,085 .………… 43.9 [kA]
- elektr energiyasining solishtirma sarfi 650 ..... 400 [kVt.soat/t]


Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin