«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə36/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

Nazorat savollari
1. Po‘lat eritish yoy pechning ishlash rejimi qanday?
2. Po‘lat eritish yoy pechning texnologik xarakteristikalari qanaqa?
3. Po‘lat eritish yoy pechlarning energetik xarakteristikalari.
4. Transformatsiyalash koeffitsienti kaysi formuladan topiladi?
5. Po‘lat eritish yoy pechlari elektr energiyasi iste’molchisi sifatida nechanchi gurux istemolchisiga kiradi?

MAVZU -14

Rudnotermik pechlar

REJA:
1. Rudnotermik pechlar hakida ma’lumot.

2. Rudnotermik pechlarning asosiy belgilari.

3. Rudnotermik pechlarning elektr xarakteristikalari.



Tayanch so‘zlar va iboralar: Rudnotermik pechlarining asosiy belgilari va xususiyatlari, rudnotermik pechlarning elektr xarakteristikalari, simmetrik rudnotermik pechning almashtirish sxemasi, rudnotermik pechlarda olinadigan mahsulotlar, rudnotermik pechlarning ish rejimlari, rudnotermik pech elektrodlari turlari, quvvat koeffitsienti va uni boshqarish, pechning nominal parametrlari, pech transformatorining parametrlari.



14.1. Rudnotermik pechlar hakida ma’lumot
Rudnotermik pechlar kimyo sanoati va metallurgiyaning asosiy texnologik agregatlari hisoblanadi. Ular yuqori birlamchi quvvatga ega bo‘lib, elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha ikkinchi guruh kategoriya elektr iste’molchilari hisoblanadilar.
Rudnotermik pechlarda par yoki gaz, suyuq eritma va yombi shaklidagi butun qattiq jism ko‘rinishida mahsulot olinadi. Tegishli metallar oksidlarini tiklovchilar, ya’ni uglerod, kremniy, alyuminiy kabilardan foydalangan holda tiklash yo‘li bilan temir bilan kremniy, marganets, volfram va boshqalarning ferroqorishmalari (masalan, ferrovolfram, ferromolibden, ferrovannadiy, ferrotitan va b.) olinadi.
Rudnotermik pechlardan foydalanish sohalarida, oyna mahsulotlari pechlari va metallurgiya agregatlari futerovkasini qurish uchun ishlatiladigan va elektroeritish usulida olingan yuqori haroratlarga chidamli materiallar ishlab chiqish muhim o‘rin tutadi. Bunda xom ashyo sifatida tuproq, sirkon, kvarsli qum kabilar ishlatilib, ochiq yoy bilan eritish usulida olinadigan korund, bakor kabi yuqori haroratlarga chidamli (o‘tga chidamli) materiallar yuqori darajada tarkiban toza va yuqori zichlikga ega. Ushbu jarayonlarda elektr energiyasining sarfi N =1800 - 2300 kVt*soat /tonna ni tashkil etadi.

Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin