Nazorat savollari 1. Rudnotermik pechlar nechanchi gurux istemolchilari?
2. Rudnotermik pechlarning asosiy belgilari.
3. Rudnotermik pechlarning elektr xarakteristikalari.
4. Pechning to‘liq quvvat qiymatlarini topish kaysi formulada xisoblanadi?
5. Quvvat koeffitsienti sos qiymatini oshirish uchun kanday element ulanadi?
MAVZU -15
Vakuumli yoy pechlari
REJA:
1. Pechning asosiy elementlari.
2. Vakuum yoy pechlarining elektr jihozlari.
3. Parametrik tok manbalari.
Tayanch so‘zlar va iboralar: Pech konstruksiyasining asosiy elementlari (ishchi kamera, shitok, elektrod ushlagich, arflanuvchi elektrodlar, kristallizator, poddon, solenoid), vakuumli yoy pechlarning belgilanishi, vakuumli yoy pechlarning elektr jihozlari va ulanish sxemasi, vakuumli yoy pechlarning elektr manbalari.
Boshqa ko‘rinishdagi pech yoki qurilmalarda (masalan, po‘lat eritish yoy pechlarida) olingan metallar sifatini oshirish maqsadida, mahsulot kichik bosim ostida vakuum yoy pechlarida qayta eritiladi va buning natijasida metall tarkibidagi zararli qo‘shilmalar va qorishib ketgan gazlar metall tarkibidan chiqarib yuboriladi (ma’lum miqdorda tozalanadi). Vakuum yoy pech lari asosan yuqori reaksion hisoblangan metallar, ya’ni titan, niobiy, volfram, sirkoniy, tantal, molibden kabilar va shuningdek, yuqori sifatli po‘latlarning quyma yombilarini qayta eritish uchun ishlatiladi. Pech ishchi kamerasida bosim 1.0 - 0.001 Pa ni tashkil qilib, zamonaviy vakuum yoy pechlarida vazni 50 kG dan 60 tonnagacha bo‘lgan quyma yombilar olinadi.
15.1 Pechning asosiy elementlari
Pechning asosiy elementlarini ishchi kamera, shtok-elektrodqotirgich (elektrod ushlagich), sarflanuvchi elektrodlar, kristallizator, poddon va solenoidlar tashkil etadi.
Ishchi kamera - o‘zidan silindr shaklidagi suv bilan sovutiluvchi payvandlangan konstruksiyani ifoda etadi. Uning yuqori qismida yoyning yonishi va eritish jarayonini kuzatib borish uchun maxsus yoritish qurilmasi va kuzatish darchasi mavjud. Masofadan turib kuzatuvchilar uchun ishchi zonadagi jarayon maxsus periskop yordamida ekranga tushirib beriladi. Ishchi kameraning pastki flanetsiga kristallizator qotiriladi.