«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə41/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

16.1. Payvandlash turlari

Payvandlash deb, tarkib jihatidan birlikni hosil qilishni ta’minlovchi ajralmas tutashtirish usuliga aytiladi. Payvandlashda tutashtirilayotgan yuzalar erish haroratigacha qizdiriladi. Bunda “xamirsimon” darajagacha keltirilgan metall atomlari katta harakatlanuvchanlikka kelib, 1 va 2 metall yuzalarni tutashtirish orqali hosil qilingan nuqtalar A, V, va S larda umumiy kristallar hosil qiladi. Agar ushbu yuzalarga tashqi R kuch bilan ta’sir etilsa, bunday nuqtalar soni ko‘payadi. Bunday usulda metallar yuzalarini tutashtirish usuli plastik payvandlash deb yuritiladi. Bunday usulda hosil qilingan tutashmaning mustahkamligi juda kichik bo‘lib, qator kamchilikka ega, shuning uchun XX - asr boshlarigacha metall yuzalarini “zaklyopkalash” usulida tutashtirib kelingan. Texnika rivoji borgan sari mustahkam tutashmalar hosil qilishni talab etishi oqibatida payvandlashning yangi usullari ishlab chiqilgan. Bundaylardan biri 1882 yilda rus fizik - mu’andisi V.V. Benardos tomonidan ishlab chiqilgan eritish bilan payvandlash usulidir. Bunda ishlatilayotgan energiya turiga ko‘ra payvandlash usullari asosan ikki guruxga, ya’ni kimyoviy va elektr payvandlash usullariga bo‘linadi. Elektr payvandlash esa o‘z navbatida quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:


Elektr payvandlash usullaridan elektr yoy payvandlash va kontaktli (qarshilik) usulida payvandlash eng keng tarqalgandir.


Metall elektrod yordamida payvandlash 1888 yilda N.G. Slavyanov tomonidan taklif etilgan bo‘lib, u payvandlash jarayoni uchun maxsus payvandlash generatori va yordamchi jihozlarni ishlab chiqqan.
XIX asrning oxirlariga kelib butun dunyoda 100 ga yaqin payvandlash qurilmalari bo‘lib, ulardan taxminan 10 tasi Rossiyaga to‘g‘ri kelgan. 1924 yilga kelib, Sankt-Peterburg “Elektrik“ zavodida payvandlash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan.
16.2. Elektr yoy payvandlash qurilmalarining energiya manbalariga talablar.
Elektr payvandlash usullaridan eng ko‘p tarqalgan usul elektr yoy payvandlash usuli hisoblanadi.
Elektr yoy razryadi uchun issiqlik ionizatsiyasi muhim rol o‘ynab, u ionizatsiyalash potensiali kattaligi vj bilan xarakterlanadi.
1 - rasm
1 - rasmda X = f (T) bog‘lanish grafigi keltirilgan, bu erda X – gazlarning ionizatsiyalanish darajasi, T - absolyut harorat. Marganets, magniy, temir va kremniylar uchun Vj=7,3 B ni va vodorod, kislorod, azot, argon gazlari uchun Vj=15B ni tashkil etadi. Vj kattaligini turli qorishma hosil qilgan holda o‘zgartirish mumkin. Misol uchun Vj=4,33B bo‘lgan 5 % kaliy pari va Vj=7,3 B bo‘lgan 95 % temir paridan iborat qorishmaning effektiv Vj kattaligi kaliyning ionizatsiyalash potensiali qiymatiga yaqindir. Normal bosimda yonayotgan elektr yoyi ustunidagi absolyut harorati: T=810Vj



Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin