«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org
16.3 Payvandlash qurilmalarining xarakteristikalari. Odatdagi elektr payvandlash yoy ustunida Vj=510V ga teng bo‘lgan metall parlari mavjudligi inobatga olinsa, payvandlash yoyidagi harorat 5000 – 8000 K ni tashkil qilishi extimoldan yiroq emas.
Payvandlash qurilmalari tok manbalarining asosiy xarakteristikasi uning tashqi xarakteristikasi bo‘lib, ushbu xarakteristika o‘zidan manba kuchlanishi bilan yuklamadagi tok o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. O‘z o‘rnida payvandlash yoyi o‘zidan yuklamani ifodalab, yoy kuchlanishi bilan payvandlash toki o‘rtasidagi bog‘lanish – statik xarakteristikasi bilan xarakterlanadi.
Kattiq xarakteristika (1) ga ega bo‘lgan yoy tok manbasining tashqi xarakteristika (2,3) lari 2 – rasmda keltirilgan.
Kattiq statik xarakteristika (1) ga ega bo‘lgan qo‘l elektr yoy payvandlash qurilmasi manbasining tashqi xarakteristikasi (2) yumshoq pasayuvchan bo‘lishi lozim. Tashqi xarakteristikaning ishchi zonasidan xarakteristikaning krutiznasi (o‘iyaligi) qancha ata bo‘lsa (K nuqtasi) yoy uzunligining ancha-muncha o‘zgarishi oqibatidagi tokning o‘zgarishi shuncha kam bo‘ladi.
2 – rasm
3-rasm Umuman elektr yoy payvandlash qurilmalarining tok manbalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Manba tashqi xarakteristikasi va yoy statik xarakteristikasining bir – biriga to‘g‘ri kelishi.
2. Salt yurish kuchlanishi yoyni yondirish kuchlanishidan katta bo‘lishi kerak (Us.yu. > Uyo.yo.). Metall elektrod bilan doimiy tokda payvandlashda Uyo.yo. = 30 – 40 V, ko‘mir elektrodlar uchun Uyo.yo .= 45 – 55 V. O‘zgaruvchan tokda payvanlashda esa Uyo.yo. = 50 – 60 V.
3. Tok manbasi, payvandlash tokini boshqarish imkoniyatini berishi kerak.
4. Payvandlash tok manbasi qator tashqi xarakteristika olish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur. Bunda talab qilingan payvandlash tokini olish uchun, yoy uzunligini o‘zgartirish orqali u yoki bu tashqi xarakteristika (1) da ishlash imkoniyati bo‘ladi.
5. YOy uzilgan xolatlarda kuchlanish tezlik bilan salt yurish kuchlanishigacha tiklanishi va qisqa tutashuv xolatlarida esa kuchlanish keskin nolgacha kamayishi shart. Kuchlanishning nol qiymatidan yoy kuchlanishi qiymatiga erishish uchun ketgan vaqt 0.03 sekunddan oshmasligi kerak.
Payvandlash qurilmalari o‘zlarining spetsifik yuklamaning takrorlanuvchan – qisqa muddatli rejimi bilan xarakterlanadi. Bunda yoyni maksimal yonish vaqti ata elektrodning to‘liq yonishi uchun ketgan vaqtga teng deb va ish jarayonidagi minimal tanaffus vaqti – elektrodni almashtirish va yoyni qayta yondirishga sarf bo‘lgan hamda payvandlanayotgan maxsulotni jildirish, payvandlovchining bir erdan ikkinchi erga ko‘chishiga sarf bo‘lgan vaqtlarga teng deb qabul qilinadi.
Payvandlash qurilmasining takrorlanuvchan – qisqa muddatli ish rejimi, yuklama tokini iste’mol qilish vaqti bilangina emas, balki ulangan holat davomiyligi t1 va tanaffus vaqti t2 lar bilan ham xarakterlanadi. (4-rasm). nisbati % larda ifodalanib, takrorlanuvchan – qisqa muddatli rejim davomiyligi PR yoki ulanish davomiyligi PV deb ataladi.
4-rasm
Agar qurilma pasportida tok 250A ga va PV q 50 % ga teng deb berilgan bo‘lsa, bu yozuv, t1/ (t1k t2) nisbat 0,5 dan ata bo‘lmagandagina ishlash mumkinligini ko‘rsatadi.
Davrning umumiy davomiyligi ts – ixtiyoriy qiymatga ega bo‘la olmaydi, chunki qurilma g‘altaklarining haroratiga t1 vaqtning absolyut qiymati ta’sir ko‘rsatadi.
Bir postli odatdagi yoy bilan payvandlash qurilmasining nominal rejimi deb, ts q 5 min va PR q 60, 65% bo‘lgan rejim hisoblanadi.
Ko‘p postli qurilmalar manbalari PR q 100% li rejimga hisoblanib loyihalanadi.
Avtomatik yoy payvandlash qurilmalari manbalari PR q 50 va 60% ga hisoblangan ( bunda ts q 10 min).
Manbalar o‘zgarmas tok va o‘zgaruvchan tok manbalariga, bir postli va ko‘p postli manbalarga va konstruksiyasiga ko‘ra statsionar va harakatga keltiriluvchan manbalarga bo‘linadi.