17.2. Bir postli payvandlash generatorlari
Ko‘p postli generatorlardan o‘zining tashqi xarakteristikasi va konstruksiyasi bilan farq qiladi. Bir postli generatorlarda ballast reostatlardan foydalanilmasligi sababli, ular yumshoq pasayuvchan (krutopadayushaya) xarakteristikaga ega.
Eng oddiy bir postli payvandlash generatori o‘zidan yakor chulg‘amiga ketma-ket ulangan magnitsizlantirish chulg‘amiga ega generatorni ifodalaydi. (3 - rasm).
3-rasmda :
NO - mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘ami;
RO - magnitsizlantirish chulg‘ami;
Fn - NO chulg‘ami oqimi
Fro - RO chulg‘ami oqimi
Fn va Fr oqimlari bir biriga qarama - qarshi yo‘nalgan. Salt yurishda Fr = 0 va Uo=s.Fn. YUklama rejimida yoy kuchlanishi:
Ud=C(Fn-Fr)-IRg
Fr oqimi yuklama tokiga proporsional bo‘lganligi sababli yuklama tokining ortishi Fr oqimining ortishiga olib keladi va yumshoq pasayuvchi tashqi xarakteristikada ishlashni ta’minlaydi. Salt yurish kuchlanishini qo‘zg‘atish chulg‘ami zanjiridagi reostat yordamida rostlanadi, qisqa tutashuv tokini esa (mos ravishda payvandlash tokini) magnitsizlantirish chulg‘ami RO ning o‘ramlar sonini o‘zgartirish orqali rostlanadi.
a) b)
4- rasm
4-rasmda bir postli generatorning tashqi xarakteristikalari keltirilgan, jumladan 4,a - rasmda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amining turli toklari uchun olingan xarakteristikalar, 4,b - rasmda esa magnitsizlantirish chulg‘amining turli o‘ramlar sonida olingan xarakteristikalar ko‘rsatilgan.
17.3 O‘zgaruvchan tok payvandlash agregatlari
Texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarni va talab qilingan payvandlash sifatini ta’minlagan hollarda o‘zgaruvchan tokda payvandlash o‘zgarmas tok agregatlarida payvandlashga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
5- rasm
1. O‘zgaruvchan tok payvandlash agregatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri manbaga ulanishlari munosabati bilan, payvandlash toki manbasining nisbatan arzonligi va shuningdek, payvandlanayotgan mahsulot birligiga ko‘ra amortizatsiya sarflarining kichikligi.
2. Qurilmaning sodda tuzilishi, yuqori darajadagi ishonchlilik va ta’mirlash hamda xizmat ko‘rsatish ekspluatatsion sarflarning kichikligi.
3. Payvandlanayotgan mahsulot birligiga sarf bo‘layotgan elektr energiyasi miqdorining kichikligi. O‘zgaruvchan tok bilan payvandlashda manba sifatida kuchlanishi 220 yoki 380 V bo‘lgan maxsus payvandlash transformatorlardan foydalaniladi.
Ular tuzilishiga ko‘ra ikki ko‘rinishda ijro etiladi.:
1) normal magnit tarqalishni ta’minlovchi;
2) yuqori magnit tarqalishini ta’minlovchi.
5-rasmda keltirilgan alohida drosselli payvandlash transformatorlari hozirgi kunda chiqarilmaganiga qaramay foydalanishda ko‘plab STE-22; STE--23; STE-32; STE-34; seriyali 250;300;450;500 A payvandlash tokiga ega transformatorlardan foydalanilmoqda ( PR q 60 % ).
Bunday transformatorlarda payvandlash tokining miqdori drosseldagi mavjud havo bo‘shlig‘i ni o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi, bunda maksimal payvandlash toki (zazor) ning eng katta qiymatiga to‘g‘ri keladi.
6 - rasm.
6 - rasmda STN tipidagi payvandlash transformatori (Nikitin transformatori deb yuritiladi) ko‘rsatilgan bo‘lib, unda ikkilamchi chulg‘am II dan tashqari umumiy magnit o‘tkazichga qo‘shimcha reaktiv chulg‘am IIk joylashtirilgan. Transformatorning ikkilamchi kuchlanishi II va IIk chulg‘amlar e.yu.k. larining yig‘indisi bilan aniqlanadi. Payvandlash toki havo bo‘shlig‘i ni o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Katta tok olish uchun (zazor) ni kattalashtirish talab qilinadi.
Saonatda PR = 65% bo‘lgan STN-500, STN-700 transformatorlari keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Ularning payvandlash toki mos ravishda 500 va 700 A ga teng, manba kuchlanishi 220 yoki 380 V ga teng.
7-rasm
Transformatorlarni katta toklarga rostlashda ular kichik miqdordagi salt yurish kuchlanishiga ega, kichik toklarda esa salt yurish kuchlanishi qiymati kattalashtiriladi (7-rasm). Bunday tizimda boshqarish maqsadga muvofiqdir, chunki yoy muhitining sezilarli deionizatsiyasi tufayli pasaygan payvandlash tokida yoyning barqaror yonishini ta’minlash uchun yoyni yoqish kuchlanishining katta qiymatiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |