«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org
K1 - kontakt materialiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient (0,00067 - 0,00076);
Fk - kontaktga berilayotgan siqish kuchi;
m - tutashtirilayotgan yuzalar shakliga bog‘liq bo‘lgan daraja ko‘rsatgichi; (tekislik - tekislik” shaklidagi yuzalar uchun m = 1; chiziqli kontaktlar uchun m = 0.5).
Kt - kontakt haroratini hisobga oluvchi koeffitsient, o‘z o‘rnida:
bu erda:
- kontakt materialining harorat qarshilik koeffitsienti, S-1
t- kontakt harorati, S (qizdirilmagan kontaktlar uchun Kt = 1).
18.2 CHokli payvandlash CHokli payvandlash. Bunday usulda payvandlashda tutashtirilayotgan detallarning uchlari o‘zaro birlashtirilgach, detallar chokni payvandlash haroratini ta’minlovchi miqdordagi, katta tok manbasiga ulanadi va undan so‘ng detallarga tegishli sikish kuchi bilan ta’sir etib ajralmas chok hosil qilinadi. Bunday usul bilan payvandlashning ikki turi mavjud bo‘lib, undan biri eritmay payvandlashva ikkinchisi eritib payvandlash deb yuritiladi (svarka bez oplavleniya va svarka s oplavleniem). Birinchi usulga ko‘ra payvandlash, tok kuchi 5-10 kA ga va payvandlanayotgan detalning kesim yuzasi bo‘yicha solishtirma quvvat 10 - 15 kV*A/sm2 ga teng bo‘lganda amalga oshiriladi. Ikkinchi usulga ko‘ra payvandlash, uch bosqichda olib borilib, bunda detallar dastlabki qizdirish haroratigacha qizdiriladi, so‘ngra erish darajasigacha etkaziladi va undan so‘ng uzil-kesil payvandlash amalga oshiriladi.
CHokli payvandlash qurilmalari belgilanishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) payvandlash usuliga ko‘ra - qarshilik usulida payvandlash va eritib payvandlash;
2) belgilanishiga ko‘ra - universal va maxsuslashtirilgan;
3) uzatish mexanizmining tuzilishiga ko‘ra prujinali, richagli, vintli, gidravlik, pnevmatik yoki elektr yuritmali uzatish mexanizmiga ega qurilmalar;