Mayatnikli soat mexanik avtotebranish sistemasi sifatida. Golland fizigi X.Gyuygens 1657-y. ixtiro qilgan mayatnikli soat eng ko`p tarqalgan mexanik atotebranish sistemasi hisoblanadi.
Mayatnikli soatlarning asosiy elementlari (2.3- a rasm):
1 — «Yer-mayatnik» tebranish sistemasi, 2 — ko'tarilgan yuk (yoki buralgan prujina) — energiya manbayi, 3 anker va 4yurituvchi g'ildirakdan iborat «kiapan» — soat tepkisi. Ankerning 5 qismlari palettalardeyiladi.
Mayatnikning boshlang'ich turtki bilan hosil qilingan tebranishlarida, unga berilgan energiya ishqalanish tufayli qaytarib bo'lmaydigan energiyaga aylanadi va u, erkin tebranishlar taktiga moslab turtib turilmasa, albatta to'xtaydi.
Mayatnikni turtib turish ankerning palettalari orqali amalga oshiriladi.
Buning qanday yuz berishini ko'raylik.
Yuk (yoki prujina) yurituvchi g'ildirakni aylanishga majbur etadi. Ammo g'ildirakning aylanishiga ankerning
2.3-rasm
palettalari to'sqinlik qiladi, ulardan biri (bizning holda chapkisi) yurituvchi g'ildirak tishlari orasiga kirgan bo'ladi (2.3-a rasm). Mayatnik chapga og'a boshlaganda (2.3-b rasm), u chapki palettani yurituvchi g'ildirak tishlari orasidan chiqaradi, natijada g'ildirak chapga bir tishga aylanish imkoniyatini oladi. Yurituvchi g'ildirak aylanganda uning tishi chap palettaning qiyaligi bo'yicha sirpanib, uni yuqoriga va u bilan birga mayatnikni chapga itaradi. Bu momentda mayatnik muvozanat holatdan o'tadi.
Mayatnik chapdan o'ngga harakatlanib, muvozanat holatdan o'tishida (2.3-d rasm), o'ng palette tishlar orasidan chiqadi va yurituvchi g'ildirak yana bir tishga buriladi. Yurituvchi g'ildirak aylanishida uning tishi o'ng palettaning yon qiyaligi bo'yicha sirpanib, uni yuqoriga va u bilan birga mayatnikni o'ngga itaradi. Ko'ramizki, mayatnik bir davr ichida ikki marta chap palettadan chapga va o'ng palettadan o'ngga turtki olib, deyarli erkin harakatlanadi.