Elektravtotebranish sistemasi: Hozirgi zamon texnikasida elektr avtotebranish sistemalari keng tarqalgan. Misol tariqasida sinusoidal
elektr tebranishlar avtogeneratorini ko'raylik. Bunday generatorlar doimiy tok energiyasini har xil chastotali o'zgaruvchan tok energiyasiga aylantirib beradi.
Generatorning elektr sxemasi.Sinusoidal elektr tebranishlar avtogeneratorlarining sxemalari ko'p bo'lishiga qaramay, ularning ishlash prinsipi bir xil.
Quyidagi 2.4-rasmda soddalashtirilgan sxemasi keltirigan avtogeneratorda
«klapan» rolini tranzsitor bajaradi. Sxemadan ko'rinadiki, tebranish konturi doimiy tok manbayiga transistor bilan ketma-ket ravishda ulanadi. Tranzistorning emitter o'tishi 𝐿𝑏 g'altak orqali tebranish konturi bilan induktiv bog'langan. Bu g'altak teskari bog'lanish g'altagi deyiladi. Generatorni ulab, elektron ossillograf yordamida tebranish konturida elektr tebranishlari hosil bo'lganini osongina ko'rish mumkin (2.5-rasm).
Avtogeneratorning ishlash prinsipi. Avtogeneratorning ishlashini quyidagicha tushuntirish mumkin. Zanjir ulanganda tranzistor orqali 𝑖 tok impulsi o'tib, tebranish konturining 𝐶𝑘 kondensatorini zaryadlaydi, natijada konturda
𝜈 = 1 2𝜋√𝐿𝐶 chastotali erkin elektr tebranishlar yuzaga keladi. Agar kontur izolatsiyalangan bo'lganda edi, konturga berilgan
2.4- rasm 2.5- rasm
2.6- rasm
Energiyaning qaytarib bo'lmaydigan ichki energiyaga aylanishi tufayli, undagi tebranishlar so'nar edi. Ammo kontur 𝐿𝑏teskari bog'lanish orqali tranzistorning emitter o'tishi bilan bog'langan. Shuning uchun kontur g'altagidan oquvchi 𝑖 tokning o'zgaruvchi magnit maydoni teskari bog'lanish g'altagida (transformatorning ikkilamchi o'ramidagi singari) 𝑈𝑒 o'zgaruvchi kuchlanish induksiyalaydi (2.6-rasm). Bu kuchlanish ta'sirida emitter o'tishning elektr maydoni goh kuchayadi, goh susayadi, tranzistor esa goh ochiladi, goh berkiladi.
Tranzistor ochiq bo'lgan vaqt oralig'ida undan davomiyligi tranzistorning ish rejimiga bog'liq bo'lgan tok impulslari o'tadi (2.6-b rasmda konturdagi tebranishlarning yarim davri ichida davom etuvchi tok impulslari ko'rsatildi). Tranzistordan o'tuvchi tok impulslarining chastotasi konturdagi tebranishlar chastotasi bilan bir xil va ular konturga undagi kondensator zaryadlanayotgan momentlarda yetib keladi (2.6-b rasm). Shuning uchun tranzistordan o'tuvchi tok impulslari kondensatorni qo'shimcha zaryadlaydi va kontur energiyasini to'ldiradi. 2.6-d rasmdagi shtrixlangan yuzlar har tebranish davrida konturga beriladigan energiyaga proporsionaldir. Manbadan konturga beriladigan energiya
undagi energiya sarfini kompensatsiyalaydi, shuning uchun konturdagi tebranishlar so'nmaydi.
2.7- rasm