Real tebranish sistemasida yuzaga keluvchi erkin tebranishlar hamma vaqt so'nadi. Buning sababi shundaki, tebranish sistemasining qarshiligi tufayli energiyaning bir qismi qaytarib bo`lmaydigan ichki energiyaga aylanadi va atrof fazoga sochiladi. Agar qandaydir usul bilan tebranish sistemasidagi, uning qarshiligi tufayli kamaygan energiyani to`ldirish mumkin bo`lganda edi, unda so'nmas tebranishlar yuzaga kelar edi. Buni qanday amalga oshirish mumkinligini ko'raylik.
Avtotebranishlar haqidagi dastlabki ma'lumotlar
Avtotebranish sistemalari. Ravshanki, tebranish sistemasining kamaygan energiyasini to'ldirib turish uchun qandaydir manba bo'lishi kerak. Bunda ikkita shartning bajarilishi muhim ahamiyatga ega:
manbadan tebranish sisternasiga bir davr ichida keluvchi energiya ana shu vaqt ichida energiyaning boshqa turlariga aylanuvchi energiyaga aniq teng bo'lishi kerak;
energiya tebranish sisternasiga «takt» bilan, ya'ni sistemada yuz beruvchi erkin tebranishlar fazasiga moslashgan tarzda berilishi kerak.
Bu shartlarning bajarilishi uchun tebranish sistemasiga energiya berilishini boshqaruvchi maxsus qurilma bo'lishi kerak. Bu qurilma shartli ravishda klapan deb ataladi.
2.2-rasm
So'nmas tebranishlar bo'lishi mumkin bo'lgan qurilmaning blok-sxemasi 2.2- rasmda tasvirlangan. Bunday qurilmalar avtotebranish sistemalari, ularda yuzaga keluvchi tebranishlar esa avtotebranishlar deb nomlangan.
Har qanday avtotebranish sistemasi uch qismdan iborat:
tebranish sistemasining o'zi;
energiya manbayi;
d) «klapanlar».
«Klapan»ning ishini tebranish sistemasi boshqaradi. Tebranish sistemasi bilan «klapan» oraisdagi bog'lanish «teskari bog'lanish» deb yuritiladi. Avtotebranishlar nazariyasi L.I.Mandelshtam, N.D.Papaleksi, A.A.Andronovlar va ularning shogirdlarining ishlarida ishlab chiqiigan. «Avtotebranish»,
«Avtotebranish sistemalari» terminlari fanga akademik A.A.Andronov tomonidan kiritilgan.