Tadqiqotning ob’ekti. Kurs ishining tadqiqod ob’yekti sifatida mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikalarining o`qitish metodikasini yaratish qo’yilgan.
Tadqiqot predmeti. Kurs ishisining predmeti– maktab, litsey va oliy o`quv yurtlari talabalarining shu mavzuga bo`lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo`lib, mavzuda mavjud muammolarni nazariy fizikada uslibiy jihatdan talqin qilib berish uning ishonchliligini metodik yoritish .
Kurs ishining maqsadi.Bugungi fan-texnikaning rivojlanish jarayonida yosh avlod bilimli va yuksak qudratga ega bo`lishi uchun ularga mavzuning mohiyatini yetkazish umumiy maqsadini tashkil etadi.
Kurs ishining vazifalari. Mexanik tebranishlarni ko`z bilan ko`ra olish mumkin, lekin elektromagnit tebranishlarni esa ko`z bilan ko`rib bo`lmaydi va o`quvchilar uni o`z ko`zi bilan ko`rmagandan keyin tasavvur qila olmaydi. Shuning uchun ham mavzuni mexanik tebranishlar orqali qiyosiy rivojlantirish bilan tushintirish.
Tadqiqodning ilmiy va amaliy ahamiyati.Bajarilgan Kurs ishining natija va xulosalari, bundan tashqari tadqiqotning ilmiy va amaliy tavsiyalari, mavjud statistik ma’lumotlari oliy o`quv yurtlari hamda akademik litsey va o`rta maktabning o’quv jarayonini amalga oshirishda ko’mak beradi.
I BOB. ELEKTRTEBRANISHLAR 1.1.ERKIN VA MAJBURIY ELEKTR TEBRANISHLAR Erkin elektromagnit tebranishlar. Mexanik tebranishlarni o'rganishdan bizga ma'lumki, tashqi davriy ta'sirlarga uchramagan tebranish sistemasida, uni turg'un muvozanat holatdan og'dirish natijasida yuzaga keladigan tebranishlar erkin (yoki xususiy) tebranishlar deyiladi.
Misol uchun, agar ipga osilgan sharcha muvozanat holatidan chiqarib, so'ngra qo'vib yuborilsa, u erkin tebranishlar qiladi. Erkin tebranishlar elektr zanjirlarida ham bo'lishi mumkin. Erkin tebranishlarni o'rganishda Siz, birinchidan, tebranishlar nazariyasining asosiy tushuncha va atamalari bilan, ikkinchidan, tebranishlarni ifodalovchi asosiy matematik munosabatlar bilan tanishasiz. Birinchisi ham, ikkinchisi ham butun fizikaning keying kurslarini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun atamalarni shoshmasdan tushunib oling va formulalardan cho'chimang, ular — sodda. Hamma joyda Sizga tanish va umumiy bo'lgan narsalarni ko'rishga harakat qiling.
2.1-rasm
uchta formula bir qarashda Sizga har xildek tuyulsa ham, sinchiklab qaraganingizdan so'ng, amalda bitta formula uch qayta yozilganligini ko'rasiz.
Ammo keyingi ikki yozilishida 𝜑 burchak 𝜔0𝑡 va 𝜔0𝑡 + 𝜑0 ga almashtirilgan, demak, 𝜑 = 𝜔0𝑡 + 𝜑0 ekan.
Matematik hisoblarga diqqat bilan chuqur o'ylab yondashishingiz materialni tez va puxta o'zlashtirishingizga yordam beradi.