Motorlar uchun quyidagi himoyalar ishlatiladi:
1).O’ta yuklanishdan-issiqlik relesi va tok qiymatiga teskari boьliq xarakteristikali maksimal rele bilan;
2).Ichki qisqa tutashuvlardan-saqlagichlar yoki avtomatlarning bir lahzada ishlovchi uzuvchisi bilan;
3).Tarmoq kuchlanishining pasayishidan-magnit yurgizgichlar yoki kontaktorlarning ushlab turuvchi ьaltaklari bilan.
Sinxron motorlar uchun qo’shimcha ravishda sinxronizmdan tushishdan himoya ishlatiladi. Bu himoya tarkibiga kuchlanish 0.85 Un gacha pasayganda qo’zьatish forsirovkasini ulovchi va kuchlanish pasayganda motorni sinxronizmda ushlab turuvchi kuchlanish relesi hamda sinxronizmdan tushganda motorni o’chiruvchi maksimal tok relesidan iborat.
O’ta yuklanish (O’Yu) dan himoya issiqlik relesi bilan amalga oshirilib, uning ishlash printsipi quyidagi hodisalarga bog’liq :
2). Metall plastinkani chiziqli uzayishi;
3). Oson eruvchi metallning erib ketishi;
Issiqlik relesi motor bilan bir xonada joylashuvi kerak.
Hozirgi paytda issiqlik himoyasi o’ta yuklanishsiz ishlovchi motorlar uchun yoki doimo kuzatish ostidagi motorlar uchungina ishlatilmaydi. Qolgan hollarda issiqlik himoyasi majburiydir. Bu himoyani aniq to’ьrilash-moslash qiyin bo’lsa ham avariyalarni kamaytiradi. Elektr apparatlari alohida xonalarda o’rnatiladigan portlash havfi bor xonalarda issiqlik himoyasini motorga moslash qiyinlashadi.
Qisqa tutashuv toklaridan eruvchan saqlagichlar va avtomatlarning maksimal uzuvchilari himoya qiladi.