Elektromexanik turdagi asboblarning ishlanishi, xususiyatlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/5
tarix16.09.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#144393
  1   2   3   4   5

Elektromexanik turdagi asboblarning ishlanishi, xususiyatlari va ular yordamida elektr kattaliklarini o’lchash
Reja:



  1. Magnitoelektrik o’lchash asboblari.

  2. Elektromagnit tizimli o’lchash asboblari

  3. Elektrodinamik o’lchash asboblari.

  4. Elektrostatik o’lchash asboblari.

  5. Induktsion tizimli o’lchash asboblari



1. Magnitoelektrik o’lchash asboblari


1-rasm. Magnitoelektrik o’lchash asbobi.
Magnitoelektrik o’lchash asbobi 1-doimiy magnit; 2-magnit qutb uchliklari; 3-o’zak; 4chulg’am (qo’zg’aluvchan ramka); 5, 6-o’q; 7, 8-spiralsimon prujinalar; 9-strelka; 10posongilardan tuzilgan.
Ramkadan o’tayotgan tok bilan doimiy magnit maydonining o’zaro ta’sirida ramkani harakatga keltiruvchi juft kuch F=BIlw hosil bo’ladi. Ifodadagi V-qutb uchliklari va tsilindrsimon o’zak oralig’idagi magnit induktsiyasi; w-ramkaning o’ramlar soni; l- magnit maydonida joylashgan ramka faol qismining uzunligi; I-ramkadan o’tadigan tok. Bu kuchlarning yo’nalishi chap qo’l qoidasiga binoan topiladi va ular hosil qilgan aylantiruvchi moment quyidagicha ifodalanadi:
, (1)
bu yerda b-ramkaning kengligi; s-ramkaning yuzasi.
Aylantiruvchi moment ta’sirida ramka o’q atrofida aylanganida spiralь prujinalar buralib
teskari ta’sir etuvchi moment Mα –hosil qiladi.

Мα = -W ·α, (2)


bu yerda W-solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment bo’lib, spiral prujinaning materiali va o’lchamlariga bog’liq; α - ramkaning burilish burchagi (asbob ko’rsatkichining shkala bo’ylab surilishini ko’rsatadigan burchak yoki bo’laklar soni.)
Ramkaga ta’sir etayotgan ikki moment (aylantiruvchi va teskari ta’sir etuvchi) o’zaro tenglashganda (M=Mα) ramka harakatdan to’xtab, muvozanat holatida bo’ladi (yoki bu holatni asbob qo’zg’aluvchan qismining turg’un muvozanat holati deyilali)
BswI =Wα , (3)
bundan
(4)
Oxirgi ifoda magnitoelektrik o’lchash asboblarining shkala tenglamasi deb ataladi. Agar magnit induktsiyasi B ni, ramkaning yuzasi S ni, uning o’ramlar soni w va solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment W larning o’zgarmasligini hisobga olib, Bsw/W=SI desak, u holda SI ni o’lchash mexanizmini tok bo’yicha sezgirligi deyiladi, ya’ni SI=const. SHuni hisobga olib, (8.7) ni quyidagicha yozish mumkin:
α= SII, (5)
ya’ni ramkaning burilish burchagi α o’lchanadigan tokning qiymatiga to’g’ri proportsional, bundan chiqadiki, tokning yo’nalishi o’zgarsa, α ning ham yo’nalishi o’zgaradi. SHu sababli magnitoelektrik o’lchash asboblari o’zgarmas tok zanjirida ishlatiladi va ularning shkalasi bir tekis darajalanadi.
Magnitoelektrik o’lchash mexanizmlari ampermetr, volьtmetr, ommetr va galьvanometrlar sifatida ishlatiladi.
Afzalliklari:

  • shkalasi to’g’ri chiziqli;

  • sezgirligi yuqori;

  • o’lchash xatoligi kichik.

Kamchiliklari:

  • faqat o’zgarmas tok zanjirlaridagina ishlay oladi; • bevosita katta qiymatdagi toklarni o’lchay olmaydi;

  • tannarxi baland.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin