Elektron biznesda marketing tadqiqotlari. Reja: Internet orqali birlamchi ma`lumot olish usullari


Internetda marketing faoliyati samaradorligini baholash



Yüklə 73,66 Kb.
səhifə4/7
tarix12.10.2022
ölçüsü73,66 Kb.
#64959
1   2   3   4   5   6   7
Elektron biznesda marketing tadqiqotlari

3. Internetda marketing faoliyati samaradorligini baholash.
Internetda marketing faoliyati samaradorligini baholash kompaniya marketing maqsadi bo`lgan narsani baholash muhimdir. Strategik vazifa savdo markasini ilgari surish deb belgilangan bo`lsa, bannerga javob berganlar soni emas, maqsadli auditoriya tomonidan qurilgan uning namoyishlari sonini hisoblash muhimdir. Maqsad sotuvchilarni oshirish bo`lsa, kompaniya samaradorligi o`tish miqdorining siz taklif etayotgan tovarlarga qiziqqan odamlarga banner ko`rsatilishi miqdoriga nisbat kabi qo`pol baholanishi mumkin. Siz taklif etayotgan tovarlarga qiziqqan server tashrifchilarning foizini so`rov yordamida baholash mumkin. Reklama kompaniyasi samaradorligi to`g`risidagi ma`lumotlarni turli yo`llar bilan olish mumkin, uning shakllanish hisobot chuqurligi, aniqligi va batafsilligi qo`yilgan talablarga bog`liq bo`ladi. Tahlil usullari orasida quyidagilarni ajratish mumkin.

  • texnologik manitoring tomonidan statistik ma`lumotlar to`planish va tahlili (hisoblagichlar, log fayllar, panel o`rganishlari, Spy LOA tizimi);

  • internet foydalanuvchilari orasidagi sotsiologik so`rovnomalar;

  • reklama kompaniyalaridan oldin va keyin «fokus guruhlar» o`tkazilishi;

  • reklama kompaniyasi davomida va uning tugashi bilan sotuvlar dinamikasini baholash.

Baholashning birinchi ob`ekti – saytga kiruvchanlik. Uning grafigi reklama kompaniyasi o`tish davrida, hamda undan keyingi ma`lum davr ichida odatda shunday ko`rinishda bo`ladi. Reklama kompaniyasi davomidagi o`tish davri undan keyingi davrga nisbatan tez kechadi. O`rtada, lekin reklama kompaniyasiga nisbatan o`rtacha kiruvchanlikning darajasi ancha yuqori bo`ladi. Bunday grafik kompaniya tashrifchilarni jalb etish masalasini muvaffaqiyatli hal etganini anglatadi. Bunday kiruvchanlik samaradorlikni o`lchashning adekvat vositasi emasligini tushunish muhim. Shunga qaramay, u sayt ahvolini baholash vositasidir.
Baholashning keyingi obyekti – trafik sifati, ya`ni maqsadli tanlashga qo`yilgan, reklama maydonchasidagi auditoriya adekvatligi darajasi trafik sifatida reklama joylashtirilgan saytlarda tahlil qilinadi, bunda firmaning reklama kompaniyasiga ma`lumotning boshqa manbalari ham jiddiy hissa qo`shishi mumkin, ularda reklama joylashttirilmagan bo`lsa ham. Ayniqsa bu reytinglar va kataloglarni izlash mashinalariga tegishli, chunki izlash mashinalaridan kelgan tashrifchilar orasida boshqa tashrifchilarga nisbatan xaridorlar sezilarli ko`proq.
Trafik sifatini aniqlash reklama kompaniyasi tahlilini majburiy qismi emas, lekin keyingi reklama aksiyalarini o`tkazish uchun zarur. Virtual do`kon uchun trafik sifati mezoni oddiy: buyurtma sahifasigacha qancha ko`p kiruvchilar yetib borsa, trafik sifati shunchalik yaxshi ma`lum vaqtdan keyin saytga qaytuvchi foydalanuvchilarni hisobga olgan holda, bunday foydalanuvchilar foizi 60 % gacha yetishi mumkin. Kontent loyihalar uchun trafik sifati ikki ko`rsatkichlar bilan belgilanadi. Qaytishlar foiz va o`rganishlar chuqurligi bilan. Har bir alohida holda, sifatning kaysi ko`rsatkichi kata rol uynashni aniqlash uchun resursning eksport baholashni o`tkazish kerak. Trafikni tahlil qilishning eng oddiy usulogik texnologiyasi hitlar sonining tashrifchilar soniga nisbati kabi hisoblanuvchi tashrifchilarning shartli faolligini hisoblashdir. Aniqroq usul – ma`lum, manbadan kelgan tashrifchilar marshrutlarini o`rganishdir. Uchinchi usul – ma`lum saytdan kelgan tashrifchilar yo`llarini aniqlash, bunda ularning borgan vaqt oraligida saytga qaytishlari hisobiga olinadi.
Uzoq muddatli munosabatlar zamonaviy marketingi jihatidan doimiy auditoriyani baholash foydali – ma`lum davriylikda aniq tarmoqli resursga kiruvchi tashrifchilar. Qo`llanuvchi usulikaga qarab, sayt mavzusi va uning yangilashib turishi tezligiga qarab turli oraliqda saytga qaytuvchi foydalanuvchilarning bir necha guruhini ajratish lozim. Doimiy auditoriyaning o`sishi – saytning muvoffaqiyatli rivojlanishining yaxshi ko`rsatkichi, shu jumladan reklama kompaniyasini yetkazish paytida ham doimiy auditoriyaning o`sishi ayniqsa sotuvlar hajmi yoki qayd etish soniga ega bo`lmagan aniq indikatorlari bo`lmagan kontent – loyihalar yoki servislar uchun ko`rgazmali namunadir. Doimiy auditoriya o`sishining reklama kompaniyasi bilan nisbati doimiy auditoriya qatoriga bir foydalanuvchini jalb etish narxini beradi. Bu, o`z navbatida butun korxona rentabelligini ko`rsatadi.
Reklama kompaniyasi natijasida brend o`rnining o`zgarishini kuzatib aniqlash ham muhimdir. An`anaviy fokus – guruhlardan tashqari, bunda brend o`sishining texnologik monitoringini zamonaviy Internetning o`z imkoniyatlaridan foydalanib o`tkazish mumkin. Savdo markasining ahamiyatli ko`rsatkichi type – ih trafik kattaligidir. (ya`ni brauzer manzil satridan sayt manzilini bevosita tergan yoki unga zakladka bo`yicha kelgan tashrifchilar soni), Reklama kompaniyasi davomida bu ko`rsatkich doimiy o`sib boradi va ba`zi loyihalar uchun butun tashrifchilar orasida 80 yoki undan ham ortiq foizni tashkil etadi. Eng avvalo yirik , kataloglar, tarmoq servislari, elektron pochta, ommabop yangilik resurslari va internetga kirishning boshqa nuqtalari resurslari bo`ladi.

Yüklə 73,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin