Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining predmeti reja


Axborotli va kommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 23,47 Kb.
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü23,47 Kb.
#168559
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining predmet-fayllar.org

Axborotli va kommunikatsion texnologiyalar-axborotga ishlov beruvchi turli xildagi qurilmalar, mexanizmlar, usullar, algoritmlarni tasvirlovchi umumlashtirilgan tushuncha. Axborotli va telekommunikatsion texnologiyalarning muhim zamonaviy qurilmalari bo‘lib, mos ravishdagi ta’limot bilan ta’minlangan kompyuter va o‘zida joylashtirilgan axborotlar bilan birga telekommunikatsion vositalar hisoblanadi.

Axborotli ob’ekt-turli xildagi ob’ektlarni, ya’ni tovush, tasvir, matn, son va majmuaviy tuzilgan elementlar, jadval, gipermatn, gipermediani tasvirlovchi umumlashtiruvchi tushuncha bo‘lib, ular bevosita yoki algoritmli ko‘rinishlarda tasvirlanishi mumkin.

Axborot –inson tomonidan og‘zaki (nutq shaklida), yozma (matn, jadval, rasm, chizma, shartli belgilar ko‘rinishida) yoki boshqa usulda (masalan, tovushli yoki yorug‘lik signallari, elektrik yoki asabli impulslar yordamida) uzatiladigan ma’lumotlar birikmasi. XX asr o‘rtasidan boshlab –insonlar, inson va avtomatika o‘rtasida ma’lumot almashish, hayvonot va o‘simlik olamida signal bilan almashishni o‘z ichiga oladigan umumilmiy tushuncha.

Mezon-muhokama uchun mo‘ljallangan vosita bo‘lib, uning asosida biror ob’ekt, maxsulot yoki jarayonni baholash, aniqlash yoki sinflashni amalga oshirilishi mumkin.

Mantiqiy urg‘u-foydalanuvchi diqqatini kompyuter ekranidagi ma’lumot ob’ektiga qaratish uchun yo‘naltirilgan psixologik apparatli usul.

Model-kompyuter texnikasi vositalari yordamida matematik uslublar asosida ifodalangan, vizuallashtirish mumkin bo‘lgan loyihaviy ko‘rinish.

Modellashtirish-ob’ektlarining kompyuterli modellarida izlanishlar olib borish, real mavjud bo‘lgan narsalar, mavjudot va loyihalanayotgan ob’ektlar kompyuterli modellarini qurish va o‘rganish.

Multimediali vositalar-turli tipdagi axborotlarni: matn, rasm, sxema, jadval, diagramma va boshqalarni yaratish, saqlash, ishlov berish va raqamlashtirilgan ko‘rinishida amalga oshirishning kompyuterli vositasi.


Yüklə 23,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin