Elektron muharrir-yaratilgan, o‘zgartirilgan, birlashtirish, ajratish, uzoqlashtirish, saqlash, vizuallashtirish va boshqa vertual olam ob’ektlariga ishlov berish turlarini amalga oshirish imkonini beruvchi elektron muhit. Matn, grafik, video, animatsion va fototasvir, tovush, musiqa, gipermedia va hokazo muharrirlari keng tarqalgan.
Tarmoqli vositalar-o‘quv jarayonining telekommunikatsion komponentlarini qo‘llab quvvatlash uchun, shuningdek elektron o‘quv nashrlarni yaratishda telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Tarmoqli vositalar tarkibiga telekommunikatsiyaning standart vositalari kiradi va ularning yordami bilan joylashish o‘rnini ko‘rsatish yo‘li bilan o‘quv materiali sifatida lokal va global kompyuter tarmoqlarining axborot resurslari jalb qilinishi mumkin.
Bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni pedagogik testli nazorat qilish tizimi – test nazoratida harakatga keltirilgan pedagogik, uslubiy, texnikaviy, tashkiliy resurlar birligi.
Gipermatnning ma’lumotli (axborotli) maqolasi –maqola mavzusi, matnning o‘zi va tegishli axborot maqolalariga giper jo‘natish ro‘yxati belgilangan sarlavhadan tuzilgan gipermavzuli hujjatning komponenti.
Elektron nashr sahnasi-mazmunida alohida tuzilish komponentlari aniq bo‘lgan mazmuniy, mantiqiy jixatdan foydalanuvchi bilan elektron nashr o‘zaro harakatining dasturiy rejasi.
Atama – berilgan fan sohasiga moslashtirilgan va yirik ilmiy aniqlovchiga ega bo‘lgan maxsus tushunchani aks ettiradigan so‘z yoki so‘z birikmasi.
Testlashtirish-statik asoslangan shkala va me’yorga tayanadigan, miqdoriy baho bilan yakunlanadigan testlar asosida o‘lchash yoki shakllantirilgan baholash.
Test topshirig‘i-testning minimal tashkil etuvchi birligi bo‘lib, topshiriq turiga bog‘liq ravishda tanlash uchun javoblar to‘plamiga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin.
Masofadan o‘qitish-o‘quv yurtidan uzoq masofadagi jismoniy shaxsga o‘qituvchilarning doimiy maslahat olish bilan ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydigan zamonaviy pedagogik, kompyuterli va telekommunikatsion texnologiyalar, uslublar va vositalar majmuasi.