Elektron hukumat


Elektron hukumatning asosiy prinsiplari



Yüklə 427,79 Kb.
səhifə5/8
tarix14.11.2022
ölçüsü427,79 Kb.
#69006
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektron hukumat

<<4>>
Elektron hukumatning asosiy prinsiplari.
Elektron hukumatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;

  • elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi;

  • «bir darcha» prinsipi bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish;

  • davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish;

  • elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish;

  • elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish;

  • axborot xavfsizligini ta’minlash.

<<5>>
O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimining
rivojlanish bosqichlari
Respublikamizda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabi elektron hukumatni shakllantirish va joriy etishga katta e’tibor qaratilgan. Rivojlanib borayotgan mazkur tizim davlat hokimiyati organlari, biznes sohasi, ayniqsa, fuqarolarga turli davlat xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan axborot xizmatini taqdim etishi hech kimga sir emas.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan "2012-2014 yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish va rivojlantirish dasturi", 2013 yil 27 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirib, fuqarolar tomonidan axborotni izlash, olish va tarqatish hamda axborot xizmatlaridan foydalanish tizimini takomillashtirishda muhim o‘rin tutmoqda. 2013 yil 27 iyunda qabul qilingan qaror bilan mamlakatimizda "elektron hukumat" tizimini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha bir qator loyihalar va chora-tadbirlar belgilandi, ularni amalga oshirish mexanizmlari va muddatlari aniqlandi.
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida qabul qilingan 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi tegishli me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash, aholining davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatini elektron shaklda amalga oshirishini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida “yagona oyna” prinsipini joriy etish kabi dolzarb vazifalarni o‘z ichiga olgan. SHuningdek, davlatimiz rahbarining yuqorida keltirilgan qarori doirasida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (hozirgi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) huzurida ikki yangi tuzilma — “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashkil etildi. Ushbu markazlar oldiga mamlakatimiz axborot resurslari, tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirishdek ustuvor vazifa qo‘yildi.

Yüklə 427,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin